Mustaqillik va islomiy qadriyatlarning tiklanishi


Tarixiy xotiraning tiklanishi



Yüklə 228,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix21.12.2022
ölçüsü228,54 Kb.
#77138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Teshaboyev Rustam MUSTAQIL ISHI

Tarixiy xotiraning tiklanishi. Jamiyat ma`naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar 
tarxini bilish, milliy ahloqiy qadriyat hamda an`analar va muqaddas dinimizning o`rni va 
ahamiyati katta. Biron bir xalq o`z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma`naviy merosga 
tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o`z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu bois 
mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, 
barcha o`quv maskanlarida Vatan tarixini o`qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. 
1996 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi 
Akademiyasi qoshida “O`zbekistonning yangi tarixi markazi” tashkil etildi. 
O`zbek xalqi va o`zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sohifalarini xolisona 
ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I.A. Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998 
yil iyun oyida bo`lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda qabul qilingan 
“O`zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g`risida”gi 
Qarorida 
belgilab 
berildi. 
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o`rganish masalalari partiyaviylik, 
sinfiylik yondoshuvlardan hukmron kommunistik mafkura ta`siridan xalos etildi. Necha o`n 
yillar davomida buzib ko`rsatilgan yoki so`z yuritilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, 
tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o`quv 
adabiyotlari 
yaratildi. 
Amir Temur yubileyi munosabati bilan Samarqand va Shahrisabzda o`nlab tarxiy 
obidalar ta`mirlanib, qayta tiklandi, yangi inshootlar qurildi, bog`lar barpo etildi. Samarqand 
va Shahrisabz shaharlari markazida ko`rkam Amir Temur maydonlari barpo etildi va 
ulug`vor haykallari o`rnatildi. Shuningdek, bu shaharlarga “Amir Temur” ordeni topshirildi. 
1997 yilda Buxoro va Xeva shaharlarining 2500 yilligi, 1999 yilda buyuk vatanparvar siymo 
Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi , 2002 yilda Termez shahrining 
2500 
yilligi 
nishonlandi. 
Vatanimiz ozodligi yo`lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Usmon 
Nosir va boshqa xalq ziyolilari nomi, hurmati o`z joyiga qo`yildi, asarlari nashr etildi. 
Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakachilik davri qurbonlari 
xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui bunyod etildi. 


Mazku majmua qoshida “Qatag`on qurbonlari xotirasi” muzeyi qurilib, 2002 yil 27 avgust 
kuni 
foydalanishga 
topshirildi. 
Bu yodgorliklar majmualari jamiyat ma`naviyatini yuksaltirishga, Milliy ong va milliy 
g`ururni ko`tarishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g`oyalarini 
shakllantirishga 
xizmat 
qilmoqda. 

Yüklə 228,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin