Mustaqillik va islomiy qadriyatlarning tiklanishi


Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e`tiqod



Yüklə 228,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix21.12.2022
ölçüsü228,54 Kb.
#77138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Teshaboyev Rustam MUSTAQIL ISHI

Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e`tiqod 
qilish yoki hech qaysi dinga e`tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni 
majburan 
singdirishga 
yo`l 
qo`yilmaydi. 
^ O`zbekiston 
Respublikasining 
Konstitusiyasi, 
31-modda. 


Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida din, eng avvalo, islom dinining ham milliy, 
ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqei tiklandi, diniy ulamolarning qadr-qimmati o`z 
joyiga 
qo`yildi. 
O`zbek tili mavqeining mustahkamlanishi. Mamlakatimizda o`zbek tilining xalq va davlat 
turmushidagi asosiy ahamiyati va o`rni qayta tiklandi. O`zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining 4 sessiyasi “Davlat tili to`g`risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o`zbek tili 
o`zbek xalqining ma`anviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo`llanilishi va muhofazasi davlat 
tomonidan ta`minlanishi belgilab qo`yildi. O`zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy 
hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning 
hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o`zbek tilida yuritilmoqda. Respublikaning 
ma`muriy hududiy birliklari, maydonlari, ko`chalari, geografik o`rinlarning nomlariga 
yagona milliy shakl berildi va o`zbek tilida yozib qo`yildi. Natijada o`zbek xalqining milliy 
qadr-qimmati, mustaqil davlatimizning mavqei qayta tiklandi va mustahkamlandi. 
Shuningdek, O`zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha miilatlarning tillari, qadr qimmati 
o`z 
o`rnini 
topdi. 
2. Mustaqillik yillarida ta`lim, badiiy adabiyot, me`morchilik, amaliy san`at, kino va 
ravnaqi 
Ta`lim ravnaqi. Maorif va madaniyat barkamol insonni shakllantirishning eng muhim 
vositasidir. Shu boisdan ham mustaqil O`zbekistonda maorif va madaniyat ishlarini eng 
muhim 
va 
dolzarb 
soha 
sifatida 
rivojlantirishga 
alohida 
e`tibor 
berildi. 
1992 yil 2 iyulda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risidagi” 
qqonuni hamda 1991-1996 yillarda e`lon qilingan 30 dan ziyod Prezident farmonlari va 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ta`lim sohasida qator o`zgarishlar amalga 
oshirildi. 
Maktabgacha ta`lim tizimida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog`chalari hamda “bolalar 
bog`chasi-maktab” majmui tarmog`i rivojlandi. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy 
va musiqa san`ati, komp`yuter savodxonligi asoslarini o`rgatuvchi 800 dan ortiq guruh 
tashkil 
etildi. 
“Sog`lom avlod uchun”, “Iqtisodiy ta`lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda nuqsoni 
bo`lgan bolalarni tiklash” va boshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi hamda ta`lim 
jarayoniga 
tadbiq 
etila 
bordi. 
Oliy ta`lim sohasida ham ko`plab yangi o`quv yurtlari ochildi. 1992 yil 28 fevpaldagi 
Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi. eng 
zarur zamonaviy mutahassislar bo`yicha yangi oliy o`quv yurtlari – O`zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Qurolli kuchlar 
akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya 
instituti, Navoiy konchilik instituti, Samarqand davlat chet tillari instituti, Andijon 
iqtisodiyot va boshqaruv instituti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi agrar-iqtisodiyot 
instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti 
hamda viloyatlarda yirik universitetlarning filiallari tashkil etildi. 1997 yil boshlarida 
Respublika Oliy ta`lim tizimida 58 ta oliy o`quv yurti, shu jumladan 16 ta universitet va 42 


ta institut faoliyat ko`rsatdi. Ularda 164 ming talaba o`qidi, 18,5 ming professor-o`qituvchi 
faoliyat 
ko`rsatdi. 
Abiturientlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg`or 
usullari 
joriy 
etildi. 
Iste`dodli yoshlarni moddiy va ma`naviy rag`batlantirish, ularning chet elda o`qishini qo`llab 
quvvatlash maqsadida “Ulug`bek”, “Umid”, Respublika bolalar fondi, “Kamolot”, “Sog`lom 
avlod 
uchun”, 
“Iste`dod” 
jamg`armalari 
tashkil 
etildi. 
Ta`lim tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilsada, hali bu sohada jiddiy 
kamchiliklar 
mavjud 
edi. 
Xususan, ta`lim tizimi, kadrlar tayyorlash jamiyatda bo`layotgan demokratik o`zgarishlar, 
bozor islohotlari talablari bilan bog`lanmagan edi. O`quv jarayonining moddiy texnika va 
axborot bazasi qoniqarsiz ahvolda edi. Ta`lim muassasalarida zamonaviy o`quv adabiyotlari 
va dtdaktik materiallar etishmasdi. Yuqori malakali pedagoglar etishmasdi. Maktab 
o`quvchilarida 
mustaqil 
fikr 
shakllantirilmayotgan 
edi. 
Ta`lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o`rtasida hamkorlik, integraciya o`rnatilmagandi. 
Kadrlar tayyorlashda marketing mavjud emasdi. Amaldagi ta`lim tizimi zamonaviy taraqqiy 
topgan davlatlar darajasidan ancha orqada edi. Shu boisdan ta`lim tizimini tubdan isloh qilish 
masalasi 
ko`ndalang 
bo`lib 
qoldi. 
Prezident I. Karimov tashabbusi ta`limni isloh qilish yo`llari ishlab chiqildi. I. Karimov 1997 
yil 29 avgustda Oliy Majlisning 1X sessiyasida “Barkamol avlod-O`zbekiston 
taraqqiyotining poydevori” mavzusida ma`ruza qildi. Ma`ruzada oldimizga qo`ygan buyuk 
maqsadlarimizni ro`yobga chiqarish taqdiri, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan 
yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liq 
ekanligi 
asoslab 
berildi. 
1997 yil 27 avgust kuni Oliy MAjlis 1X sessiyasida O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim 
to`g`risida”gi yangi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan 
qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan davlatlar 
darajasida, yuksak ma`naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar 
tayyorlash 
Milliy 
tizimini 
yaratishdan 
iboratdir. 
Milliy dasturda, hayotimizning barcha sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan 
islohotlarga monand ravishda, ta`lim islohotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda 
tutilgan. 
Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy 
salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, 
kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish vazifalari 
ro`yobga 
chiqarildi. 
Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillarda) Milliy dastur to`liq ro`yobga chiqadi, mehnat 


bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga 
aniqliklar 
kiritiladi. 
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillarda) to`planga tajribani tahlil etish va 
umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq 
kadrlar 
tayyorlash 
tizimi 
takomillashtiriladi 
va 
rivojlantiriladi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxulq, umummillat 
ishiga aylandi. 2001 yilda Milliy dasturni ro`yobga chiqarishning birinchi bosqichi 
yakunlandi. 
Islohotlarga mos ravishda maktabgacha ta`lim faoliyati tubdan o`zgardi. Xususiy va xonadon 
bog`chalari tarmog`i kengaydi. Respublika bo`yicha 84 foiz maktabgacha yoshdagi bolalarni 
maktabga tayyorlash maktabgacha ta`lim muassasalarida, xo`jalik hisobidagi qisqa muddatli 
guruhlarda, maktablar qoshidagi tayyorlov guruhlari, savodxonlik va boshqa turdagi 
markazlarda amalga oshirilmoqda. 16 foizi esa oilalarda maktabga tayyorlanmoqda. 2001-
2002 yillarda Respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyat ko`rsatdi, 
ularda 608500 nafar o`g`il-qizlar tarbiyalandi, 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa 
xodimlar 
faoliyat 
ko`rsatdi. 
O`zbekiston hukumati ta`limni rivojlantirish uchun katta mablag` ajramoqda. Birgina 2001 
yilda ta`lim harajatlari davlat byudjeti sarf-xarajatlarining 36 foizini tashkil etdi. Ta`lim 
uchun 150 mln. AQSh dollaridan ziyod chet el investiciyasi sarflandi. Ular yangi ta`lim 
binolari barpo etish, ularni eng zamonaviy o`quv laboratoriya uskunalari va o`quv mebellari 
bilan jihozlash uchun sarflandi. Mustaqillik yillarida 848398 o`quvchi o`rniga mo`ljallangan 
2244 ta yangi umumta`lim maktab binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. 
Respublikamizda 9661 umumta`lim maktablarida 6 mill. Yaqin o`quvchi ta`lim-tarbiya 
olmoqda. 
Kadarlar tayyorlash milliy dasturining eng muhim O`zbekistonga xos xususiyati yangi 
turdagi 3 yillik o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimini yaratishdan iborat vazifa 
sobitqadamlik bilan amalga oshirilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi 
bosqichi – 1997-201 yillarda 216 ming o`quvchi o`rniga ega bo`lgan 44 ta akademik licey 
va 
291 
ta 
kasb-hunar 
kollejibarpo 
etildi. 
Oliy ta`lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 
2001-2002 o`quv yilida 62 ta oliy o`quv yurtida 180 mingdan ortiq bo`lajak bakalavrlar va 5 
mingdan ortiq magistrantlar ta`lim-tarbiya oldilar. 18486 nafar professor-o`qituvchilar 
mehnat qildilar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. 
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko`maklashish, qo`llab-quvvatlash 
bo`yicha davlat siyosati yuritilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikni yo`lga qo`yish muhim 
vazifalardan biridir. 1997 yilda tashkil etilgan”Umid” jamg`armasi yo`llanmasi bilan 1997-
2001 yillarda 785 nafar yigit-qiz rivojlangan davlatlarning oliy o`quv yurtlariga o`qishga 
yuborildi. Ulardan 519 davlatlarning oliy o`quv yurtlariga o`qishga yuborildi. Ulardan 519 
nafari bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi 
yo`llanmasi asosida vazirliklar, idoralar, tashkilot va korxonalarda ishlamoqda. 2002 yil 


iyulda Toshkentda Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etildi va 160 ta dastlabki talabalar 
qabul 
qilindi. 
Ta`lim muassasalarining Yevropadagi ta`lim jamg`armasi, Germaniyadagi Texnikaviy 
hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JAYKO xalqaro tashkiloti, Koreyaning KOYKA 
agentligi, YuNESKO, Jahon banki, TASIS-TEMPUS ochiq jamiyat instituti, AQSh, 
Angliya, Franciya, Yaponiya, Daniya, Xitoy, Gollandiya Oliy ta`lim vazirliklari bilan 
hamkorligi kengayib bormoqda. Ta`lim ravnaqi uchun 150 mln. AQSh dollari hajmida chet 
el investiciyalari jalb etildi. Oliy o`quv yurtlarining yuzlab professor-o`qituvchilari “Ustoz” 
jamg`armasi 
bilan 
xorijiy 
oliy 
o`quv 
yurtlarida 
malaka 
oshirib 
keldilar. 
O`zbekiston ta`lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg`otmoqda. Moskvadagi Oliy 
ta`lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V. Shukshunov O`zbekistonda ishlab chiqilgan 
bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo`q hujjat, deb ta`rifladi. 
O`zbekistonda yaratilayotgan ta`lim tizimi “Ta`limning o`zbek modeli” deb e`tirof etildi. 
Badiiy adabiyot. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy 
an`analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyot 
sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqida hukmronligi illatlaridan ozod 
bo`ldi. 
Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol 
insonni tarbiyalash, milliy o`zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo`lib qoldi. Badiiy 
adabiyot rivojiga H. Karomatovning “Qur`on va o`zbek adabiyoti”, O. Sharofiddinovning 
“Cho`lponni izlab”, B. Qosimovning “Maslakdoshlar” asarlari ijobiy ta`sir etdi. 
A. Oripov, O. Yoqubov, P. Qodirov, X. Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, p`esa va 
qissalarida ulug` bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Bobur va boshqalarning 
siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi. 
Shukrulloning “Kafansiz ko`milganlar” romanida, Nazar eshonqulovning “Qora kitob” 
povestida, O`. Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”, T. Murodning “Otamdan qolgan 
dalalar”, singari asarlarda mustabid sovet davrida xalq boshiga solingan behad kulfatlar, 
g`am- 
alamlar 
haqqoniy 
tasvirlangan. 
T. Malikning “Shaytanat”, H. Shayxovning “Tutqin odamlar” asar larida iymon va vijdondan 
ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya 
olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafrat tuyg`ulari tarannum etladi. 

Yüklə 228,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin