O`zbek sirki. 1992 yilda “O`zekdavlatsirk” respublika birlashmasining tashkil etilishi sirk
san`tining rivojlanishda muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Toshkent sirki zamonaviy talablar
asosida qayta ta`mirlanadi, unga O`zbekiston xalq artisti Toshkenboy egamberdiev nomi
berildi. An`naviy sirk san`atining unitilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste`dodli yoshlarga
amaliy
yordam
berish
maqsadida
1996
yilda
estrada-yirk
koleji
ochildi.
O`zbekiston sirkchilarining chet ellarga gastrol` safarlari uyushtirildi. Misr, Irdaniya,
Falastin, Pokiston, Malaziya, Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan, eron, Birlashgan Arab
Amirligida gastrol` safarlarida bo`lgan respublikamiz sirk ustalari o`zbek milliy sirk
san`atini
namoyish
etilar.
Olimjon Toshkentboyev rahbarligidagi “O`zbekiston dorbozalari” guruhi 1996 yildan
boshlab Yevropamamlakatlarida gastrol` safarida bo`lib 2000 dan ziyod tomosha
ko`rsatdilar. 15 yoshli Karima Zaripova 1997 yil yanvarda Parijdagi Buglion sirkida bo`lgan
yosh sirk artistlarining xalqaro festivalida qatnashib “Plastik etyud” (besuyak o`yini) janirida
festivalning eng oliy mukofoti – oltin medalni qo`lga kiritdi. 1998 yida Toshkent sirkida
iste`dodli
yoshlarga
ko`maklashuvchi
bolalar
studiyasi
ochildi.
O`zbek sirkchilari 1999 yilda Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida, 1999 yilda
Saratov shahrida bo`lib o`tgan Butunrossiya sirk festivalida, 2000 yilda Xitoyning Uxan
shahrida bo`lib o`tgan sirk festivalida, 2001 yil yanvarda Belgiyaning L`ej shahrida bo`lib
o`tgan Yevropa sirklarning 10- festivalida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o`rinlarni
egalladilar. Sirkchilarimiz sa`y-harakatlari natijasida O`zek sirkiga xos turli nomer va
attrakcionlar
xalqaro
sirk
dasturlaridan
o`rin
egalladi.