Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi Mudofaa vazirligi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Xalq ta’limi vazirligi
Iqtisodiyot vazirligi
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
Boshqaruv sohasidagi islohotlar
O’zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlovchi, bozor munosabatlarining faoliyati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv strukturasi yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq mahkamachilik va ma’muriy-buyruqbozlikdan huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o’zini-o’zi idora etishga o’tildi.
Ma’muriy-buyruqbozlik, to’rachilik tizimining o’zagini tashkil etgan Davlat reja qo’mitasi, Davlat ta’minot qo’mitasi, Davlat narxlar qo’mitasi, Davlat agro-sanoat qo’mitasi va boshqa qo’mitalar, vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi.
Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o’zgardi. Moliya vazirligi respublika byudjetini shakllatirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini belgilamokda, valyuta ishlarini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va uning bo’linmalari tugatildi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, ixtisoslashtirilgan aktsiyadorlik-tijorat banklari-"O’zsanoatqurilishbank", "Paxtabank", "O’zjamg’armabank", "G’allabank", "Tadbirkorbank", "Savdogarbank", xususiy va boshqa banklar tuzildi. Banklarning mustaqilligi va pul muomalasi ahvoli uchun javobgarligi oshirildi.