Mustaqillik yillarida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar Mundarija: Kirish Asosiy qism


Mavzuning o’rganilganlik darajasi



Yüklə 62,53 Kb.
səhifə2/8
tarix20.11.2023
ölçüsü62,53 Kb.
#162176
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqillik yillarida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ushbu mavzu bir nechta nomzodlik, magistrlik, bir nechta bitiruv malakaviy ishlar tayyorlangan va himoya qilingan va qilinmoqda. Ammo, ta’lim sohasining aynan Navoiy viloyati misolida alohida tadqiqot ob’ekti sifatida o’rganilmagan.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi islohotlarni Navoiy viloyati misolida o’rganish va istiqlolgacha bo’lgan davr bilan qiyosiy tahlil etishdan iboratdir. Ushbu masaladan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi:

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning ta’lim sohasini isloh qilish to’g’risidagi fikr va g’oyalarini o’rganish va yosh avlod ongiga singdirish;

  • CHor Rossiyasi va sovetlar hukmronligi yillarida ta’lim tizimi va islohotlar mohiyatini ochib berish;

  • O’zbekiston mustaqilligi arafasida ta’lim muammolari masalalarini tahlil qilish;

  • Mutaqillik yillarida ta’lim va tarbiya sohasidagi islohotlarning mexanizmi va istiqbolini o’rganish;

  • ta’lim to’g’risidagi huquqiy va me’yoriy hujjatlarning tahil qilish va mohiyatini hayotga tadbiq etish;

  • ta’lim tizimidagi islohotlarda mavjud muammolarni ilmiy jihatdan o’rganish va tahil qilish natijasida olingan xulosalardan kelib chiqib, ilmiy hamda amaliy taklif hamda tavsiyalar berish.

Tadqiqot ob’ekti va predmeti. O’zbekistonning istiqlolgacha bo’lgan va istiqlol yillarida ta’lim tizimidagi islohotlarnining natija va muammolarini Navoiy viloyati misolida o’rganish tadqiqot ob’ekti sifatida olingan.
Ta’lim tizimining tarbiya bilan bog’liqligi va islohotlarning huquqiy-me’yoriy jihatlarini ilmiylik, xolislik, tarixiylik jihatdan izchil o’rganish va tahlil qilish tadqiqot predmeti qilib olindi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy nazariy qoidalari hamda uning ustuvor tamoyillari, ilmiy bilishning xolislik, tarixiylik, tizimlilik prinsiplari Kurs ishining nazariy-uslubiy asosini tashkil etadi.
Tadqiqotni tayyorlashda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O’zbekistonning yangi tarixini yaratishdagi metodologik, ilmiy-nazariy va mafkuraviy ahamiyatga molik g’oyalari muhim konseptual-metodologik ahamiyatga ega bo’ldi.

Yüklə 62,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin