Mustaqillikka erishish arafasida Ozbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar


Xalqimizning eng qadimiy tarixiy an'analaridan biri va doimo e'zozlab kelgan bayrami «Navro'z» qaytadan tiklandi va dam olish kuni deb e'lon qilindi. Ro'za hayit va Qurbon hayitlariga yangi hayot baxs



Yüklə 95,13 Kb.
səhifə4/5
tarix20.11.2023
ölçüsü95,13 Kb.
#164248
1   2   3   4   5
Mustaqillikka erishish arafasida Ozbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

Xalqimizning eng qadimiy tarixiy an'analaridan biri va doimo e'zozlab kelgan bayrami «Navro'z» qaytadan tiklandi va dam olish kuni deb e'lon qilindi. Ro'za hayit va Qurbon hayitlariga yangi hayot baxsh etildi.

  • Islom Karimov respublika prokurori lavozimiga Usatovdan keyin milliy kadr tayinlanishini Markazdan talab qiladi va buni uddasidan chiqadi 1990-yil, 31-oktabrda Oliy Sovetning 12-chaqiriq uchinchi sessiyasida O’zbekiston Birinchi Prezidenti tavsiyasi bilan respublika prokurorining ittifoq prokuroriga qaramligiga barham berish va bu tizimning mustaqilligini ta'minlash maqsadida B.Mustafoyev O'zbekiston Bosh prokurori etib tasdiqlandi. Bu yurt tarixida birinchi marta respublikada prokurorning respublika Oliy organi tomonidan tasdiqlanishi edi. Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilgan bu ish respublika prokuroriga mustaqil faoliyat yuritish, prokuratura organlarini nomunosib kadrlardan tozalash imkoniyatini yaratdi.

(6)O’zbekiston Prezidentlik boshqaruvi joriy etilishi

Islom Karimov - davlat va siyosat arbobi, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentidir. U 1938-yilda Samarqandda tug'ilgan. O'rta Osiyo Politexnika instituti va Toshkent Xalq xo'jaligi institutlarini tamomlagan. 1960-yildan «Tashselmash» zavodida avval master yordamchisi, so'ngra master, texnolog bo'lib ishlagan. 1961-yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis konstruktorlik qildi. 1966-yildan O'zbekiston Davlat Plan Qo'mitasida fan vayangi texnikani joriy etish bo'liminingbosh mutaxassisi, so'ngra RespublikaDavlat Plan qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari lavozimlarida ishladi.

  • 1986-yil dekabrdan Qashqadaryo viloyati partiya ko'mitasining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan O'zbekiston KP Markaziy Qo'mitasining birinchi kotibi, 1990-yil, 24-martdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. Islom Karimov 1991 -yil, 29-dekabrda birinchi bor muqobillik asosida o'tkazilgan umumxalq saylovida O'zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasiga muvofiq u ayni vaqtda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining raisi hamdir. I.A.Karimov 1991-yil, 31-avgustda Toshkentda O'zbekiston Respublikasining mustaqilligini e'lon qildi.

Yüklə 95,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin