Musurmonova M. Chirchiq davlat pedagogika instituti


"Экономика и социум" №8(87) 2021 www.iupr.ru



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix09.06.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#127347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
boshlang-ich-sinf-o-quvchilariga-uzunlik-va-yuza-o-lchov-birliklarini-o-rgatish-usullari (1)

"Экономика и социум" №8(87) 2021 www.iupr.ru
 
306 
4. Partaning, stolning eni va bo`yini, portfel` uzunligini toping. 
Agar o`lchashda detsimetr butun son marta joylashmasa, o`lchash natijasi 
taqriban ifodalanadi: 3 dm cha, 5 dm dan ozgina ortiq, yoki ozgina kam. 
Ishda navbatdagi qadam - kesmalarni santimetr, dedsimetr modellari 
yordamida yasashlar va o`lchash. Bu erda ushbu mashqlar o`rinli bo`ladi: 
1. 2 dm 4 sm necha santimetrga teng 
2. Uzunligi 7 dm (2 dm) bo`lgan kesma necha santimetr bo`ladi 
3. Uzunligi 86 sm bo`lgan kesma necha detsimetr va santimetr bo`ladi va 
hokazo. 
100 ichida nomerlash o`rganilayotganda yangi chizigqli birlik - metr 
o`rganiladi. Bu o`lchov bilan tanishtirishning yetarlicha ma`lum bo`lgan usuli 
ushbudan iborat. O`qituvchi sinfga bunday savol bilan murojaat qiladi: sinf 
xonasining bo`yi va enini santimetr yoki dedsimetr modeli bilan o`lchash 
qulaymi, nega noqulay? U bunday hollarda yirikroq chiziqli birlikdan 
foydalaniladi, buni metr deb ataladi, deydi. O`qituvchi bir metrli yog`och 
chizg`ichni ko`rsatadi va bu chizg`ich metrning modeli ekanini aytadi. Metr 
bilan tanishtirishda bolalarga bir metrli yog`och chizg`ichni ko`rsatibgina 
qolmay, u bilan qanday o`lchashni ko`rsatishni, bunda bolalarning o`zlari 
sinfning, doskaning, eshikning va hokazolarning eni va bo`yini mustaqil topa 
oladigan bo`lishi muhimdir. Buning uchun ularning har birida o`zlari (mehnat 
darsida) yasagan bir metrli qog`oz lineyka bo`lishi kerak. Metrning modelini 
hosil qilish uchun o`quvchilar o`qituvchi boshchiligida uzunligi 10 dm bo`lgan 
qog`oz lenta oladilar va dedsimetrlarga, bo`ladilar. Detsimetrga teng bo`limlar 
chizig`chalar bilan belgilanadiL Bu chizig`chalar bo`yicha poloska buklanadi va 
"garmoshka" kilib tahlab qo`yiladi. Yig`ma qog`oz metr hosil bo`ladi. Shundan 
keyin o`quvchilarga ushbu ma`lumotlarni aytish foydali: qo`llar ikki yon 
tomonga cho`zib turilganda bir qo`lning panjasidan boshqa qo`l tirsagigacha 
bo`lgan masofa bir metrga teng; poldan 8-9 yoshdagi o`quvchining ko`kragicha 
bo`lgan masofa bir metrga teng. Shundan keyin ish santimetr va detsimetrlar 
bilan tanishtirilgandagidek davom ettiriladi. Bunda ushbu ko`-rinishdagi 
mashqlar o`rinli bo`ladi: metrning qog`oz modeli yordamida uzunligi 3 m (4 m) 
bo`lgan kanop (lenta va h. k.) o`lchang, sinf polining plintusiga ko`ra uning 
bo`yini topiig, bunda har bir o`lchashdan keyin bo`r bilan belgi qo`ying. 
Bu ish o`quvchilarni qizig`tirishi uchun metr bilan o`lchamlarni ko`zda 
chamalab o`lchashga oid mashqlar bilan qo`shib olib borish kerak. Bolalar 
berilgan masofani ko`zda chamalab o`lchaydilar, so`ngra haqiqatda masofa 
qanchaligi metrda o`lchab ko`radilar. Shu yo`l bilan bolalar masofani ko`zda 
chamalash malakasinigina egallab qolmay, balki metr bilan o`lchash bo`yicha 
ham mashq qiladilar. Bunday savollar ham foydali: "Ovqatlanish stoli bir 
metrdan balandmi yoki pastmi?", "Utiriladigan stullar yoki kursilar poldan 
qancha baland (bir metrdan yuqori yoki past) qilib yasaladi?", "Oddiy 
kravotning uzunligi qancha va hokazo. 



Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin