13
birga hujayra shirasi shakar qiyomiga chiqadi. Ushbu jarayonning teng bo’lib o’tishi
murraboning sifatini belgilaydi. Agar shakar qismi mevaning ichiga bir tekis yoki hamma
qismiga singib bormasa, meva engil bo’lib qoladi. Agar hujayra shirasi juda tez qiyomga chiqib
ketsa, meva burishib, bujmayib qoladi.
Shu bilan birga murabboni sifati mevaning tashqi ko’rinishiga, ta’miga va xushbo’yligiga
bog’liq. Murabbo qilinadigan mevalarning pishib, o’tib ketishi yoki etilmagan mahsulotning
ta’mi va xushbo’yligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Mevalar murabbo tayyorlash uchun qotib
qolmasligi uchun qiyomda 3-4 soat saqlanadi. Bunda mevalar shakarni o’ziga singdirib oladi.
Olma, nok, shaftoli, gilos va o’riklardan murabbo tayyorlashda 40-60% li shakar qiyomidan
foydalaniladi.
Shakar qiyomi maxsus qozonlarda tayyorlanadi. Suv 50
0
S isitilgandan so’ng ma’lum
miqdorda shakar qo’shilish kerak. Tayyorlanadigan eritmaga 100 kg hisobidan 4 gr oziq-ovqat
albumin yoki 4 dona tuxum oqsili qo’shib qaynatiladi. Tuxum oqsili shakar iflosligini yaxshi
tozalaydi. Hosil bo’lgan ko’pik olib tashlanadi va qiyom filtrlanadi.
Murabbo qozonlarda yoki sirli kostryulkalarda qaynatiladi. Agar murabbo uzoq pishirilsa,
meva shirasi tezda qiyomga aylanib, meva donalarini burishtirib qo’yadi va murabboning ranggi
ham tiniq bo’lmaydi. Shunday bo’lmasligi uchun murabbo bir necha marotaba pishiriladi. Har
gal qiyom bir necha daqiqa (2-3, 4-8 daqiqa) qaynatilib, so’ngra bir necha soat (8-12 soat)
olovdan olib qo’yiladi va sovutiladi. Shunda qiyomdagi shakar meva ichiga singib, ularni
bujmayishdan saqlab qoladi.
Pishirish paytida murabbo ustida yig’ilgan ko’pik vaqti-vaqti bilan olib turiladi. Qaynatish
oxirida shakar qismining yopishqoqligini oshirish uchun kraxmal qiyomi qo’shiladi. Sifatli
murabbo tayyorlash uchun uning pishganligini to’g’ri aniqlash muhim hisoblanadi. Tayyor
murabbo tomizilganda yoyilib ketmaydi, qiyom ipga o’xshab cho’ziluvchan bo’ladi. Pishgan
meva idishning yuzida qalqimasdan tiniqroq tusga kirib qiyom ichida bir tekis tarqalgan bo’ladi.
Tayyor murabboning qaynash harorati 106-107
0
S atrofida bo’ladi..
Murabboda quruq modda 70-75 foiz bo’ladi. Shisha idishlarga solingan murabbolar
qopqog’i zich berkitilib 25 daqiqa 90
0
S da pasterizasiyalanadi. Murabboni quruq va salqin joyda
(10-15
0
S gacha haroratda) saqlash tavsiya etiladi.
Past haroratda saqlangan murabbo shakarlanib qolishi mumkin. Olma, nok, o’rik va shunga
o’xshash kam kislotali mevalar murabbosi ko’proq shakarlanib qoladi. Shunday bo’lmasligi
uchun bu xil murabbolarga limon kislotasi (100 kg xo’l mevaga 300 gr gacha) yoki limon
sharbati qo’shiladi.
Agar murabbo chala qaynatilgan bo’lsa, bir qancha muddatdan so’ng achib ko’piklana
boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: