9
ko’plab iliq mahsulot kiritilsa, u erdagi meva va sabzavotnnng terlashiga yo’l qo’yilib, kasallik
avj olishiga sabab bo’lishi mumkin.
Shuni hisobga olib, tez sovitishga bardosh bera olmaydigan mahsulot turi va navlari avval
kameraga to’liq
joylanib, so’ngra sovitish tizimi ishga tushiriladi. Sovitish uskunalarining
qudrati aynan shu turdagi mahsulotni sovitishga mos bo’lishi kerak. Sovitgich xonalaridan
sabzavotlarni
olib chiqish paytida, ular terlamasligi hamda xarorat tez o’zgarishi natijasida
aynimasligi uchun, sovitilgan mahsulotni ham darxol issiq binoga ko’chirib bo’lmaydi, Shu
sababli qishga saqlanayotgan sabzavot va mevalarni savdo do’konlariga yuborishdan oldin
haroratning yarmicha past bo’ladigan oraliq kameralarda yoki yuk chiqarish yo’laklarida
birmuncha ilitib olinishi lozim.
Sabzavot
va mevalar sovitgichlarga, albatta idishlarda joylanadi. Hozirda qo’llab
kelinayotgan idish turlari har xil bo’lib, transportlarda tashishda va uncha uzoq turmaydigan
mahsulotlarni saqlashda foydalaniladigan kam sig’imli qutilar, o’rtacha xajmli qutilar,
urinmaydigan mevalarni saqlash va transportda tashish uchun
ishlatiladigan katta hajmli
konteynerlardan iboratdir.
Sovitgichda bir xil tagligi bo’lgan idishlardan foydalanish kameralarga maxsulot joylash
ishlarini soddalashtiradi. Andoza kattaligi 800×1200 mm keladigan ikki to’shamali tagliklar juda
qulaydir. Taglik ustiga mahsulotlar qutilarda joylanib, blok paket hosil qilinadi. Katta sig’imli
konteynerlar kartoshka, piyoz, sarimsoq, ildizmevalar karam va mevalarning ba’zi turlari uchun
juda qulaydir. Konteynerlarning afzalligi ularning dalaning o’zidayoq yuklab, hech qaerda qayta
ag’darmay bevosita saqlash joyiga etkazilishidadir.
Faqat omborxonalardagina emas, balki
dalada ham yuklash-tushirish mexanizmlari etarli bo’lsa katta tejamkorlikka erishish mumkin.
Paketlar ham, konteynerlar ham 3-5 qavat qilib bir-birining ustiga joylanadi. Bunda sun’iy
sovitiladigan mavjud kameraning hajmidan samarali va oqilona foydalanish ko’zda tutiladi. Ayni
vaqtda mahsulotning holatini nazorat qilib borish, har bir paketni
shamollatib turishga imkon
tug’iladi. Mo’’tadil havoning erkin yurib turishi uchun har bir paketning atrofidan 5 sm joy
qoldirilishi kerak. Maxsulot taxlari orasida ham shunday masofa bo’lishi lozim. Sovitish
kameralaridan mahsulot chiqarib yuklashda unda qolayotgan qismining terlashiga yo’l
qo’ymaslik kerak. Hamma
mahsulot birdaniga olinsa, harorat asta-sekin ko’tarilib, saqlash
kamerasining o’zida, qisman olinsa, kamera yo’laklarida ilitib olish kerak.
Dostları ilə paylaş: