6
11-rasm.
Vaqtinchalik omborlarning tuzilishi va o’lchamlari
Omborxonalar ixtisosi va rejalashtirish xususiyatlari.
Ma’lumki kartoshka, ildizmeva,
karam, piyoz va mevalarni saqlashga moslashgan omborxonalar bo’lib, ularning saqlash yoki
joylashtirish sharoitlari bir xil bo’lmagani uchun turli xildagi mahsulotlar odatda birgalikda
saqlanmaydi. Masalan, kartoshkani karam bilan bir joyda saqlash mumkin emas,
piyoz va
sarimsoqni birga saqlashga yo’l qo’yiladi.
Universal omborxonalar mahsulotni aralash saqlashga mo’ljallangan. Unda asosan
idishlarga joylangan mahsulotlar, ba’zi sabzavotlarni birga saqlashga yo’l qo’yib bo’lmasligi
hisobga olingan holda qisqa vaqt ichida saqlash mumkin. bunday omborxonalarda vaqtincha
to’kib qo’yish va saralash uchun tashqi maydoni ham mavjud bo’ladi (11-rasm).
Rejalashtirish xususiyatlaridan eng muhimi transport vositalarining
kirishi va omborxona
nechog’lik er ostida chuqur joylashgani darajasidir. Zamonaviy loyixalar asosida qurilgan
omborxonalarda odatda avtotransport bir tomondan kirib, ikkinchi tomondan chiqib ketishi,
mahsulotlarni bevosita joylanadigan erigacha etkazish imkonini beradi.
Bizning sharoitimizda
kirish darvozalarini issiqlikka to’siq bo’ladigan qilib (termoizolyasiyali) qurish qiyinroqdir. Shu
boisdan ayrim kichik omborxonalarda kirish darvozasi umuman qurilmaydi va mahsulot
issiqlikka to’siq bo’ladigan tuynuklar orqali yuklanadi.
7
Erto’la omborxonaning chuqur joylanishi
birinchi galda sizot suvlar sathiga bog’liq. Sizot
suvlari er to’la tubidan kamida 2
m chuqurlikda
bo’lishi shart. Erto’la sifatidagi omborxona
qancha chuqur joylashsa, saqlash harorati va
namligi
barqaror
bo’ladi.
Chuqur
sabzavotxonalar qurishda
katta hajmda er qazish
ishlarini bajarishga to’g’ri keladi, ularda transport
uchun kirish yo’li ochish ham oson emas.
Hozirgi vaqtda kafolatli issiqlik o’tkaz-
maydigan materiallar yaratilgan. Binobarin, er
ustki xonalari Ularning devori va tomlari-ni ham
issiqdan ishonchli saqlash mumkin.
12-rasm
.
Dostları ilə paylaş: