12
konservalashda kam shakar qo’shib pasterizasiyalanadi. Bunda tayyor mahsulotning ta’mi
shirinroq bo’lib, shakar tagiga cho’kib qolmaydi.
Shakar qo’shib pasterizasiyalangan konservalarga murabbo, qiyom, jem, marmelad, shinni
va boshqalar kiradi.
Povidlo
– bu meva-rezavor pyuresini shakarli siropda qaynatib olingan bir tekis
konsistensiyaga ega mahsulot. Pyure – qirg’ich yoki elakdan yaxshilab o’tkazilib qaynatilgan
meva-rezavor bo’tqasi. Povidlo olma, nok, olxo’ri, o’rik yoki ularning aralashmasidan
pishiriladi. Pavidloga lat egan, uringan mayda mevalarni ham ishlatish mumkin. (18-rasm)
.
Tayyorlash tartibi:
Olma, nok, behi kabi mevalar po’sti archiladi, urug’ kamerasi olib
tashlanadi va yirik bo’laklarga bo’linib qopqog’i berk sirli idishda oz miqdordagi suvda 10-20
daqiqa qaynatib olinadi. So’ngra mevalar kartoshka ezg’ilagich vositasida yaxshilab ezilib,
elakdan ishqalab o’tkaziladi.
Danakli mevalar danagidan ajratiladi, ular ham qopqog’i berk sirli idishda oz miqdordagi
suvda 10-20 daqiqa qaynatib olinadi. So’ngra mevalar kartoshka ezg’ilagich vositasida yaxshilab
ezilib, elakdan ishqalab o’tkaziladi.
Rezavor mevalar (qulupnay, xo’jag’at, qorag’at, krijovnik) qopqog’i berk sirli idishda oz
miqdordagi suvda 10-20 daqiqa qaynatib olinadi, so’ngra elakdan ishqalab o’tkaziladi.
Shu usulda tayyorlab olingan bo’tqaning 125 qismiga 100 qism shakar qo’shiladi. Bo’tqa
ochiq qozonda yoki sirlangan kostryulkada etarlicha quyuqlikka etgunga qadar 1-1,5 soat
qaynatiladi. Povidlo pishguncha kovlab turiladi. Undagi quruq modda miqdori 68 foizgacha
bo’lib, tayyor povidlo 50
0
S gacha sovutiladi va bochkalarda yoki shisha idishlarda saqlanadi.
Uni salqin va quruq joyda 8-9 oy saqlash mumkin.
Jem
. Jem – bu shakarli qiyomda qaynatilgan meva-rezavor bo’tqasi. Uning povidlodan farqi
– mevalar elakdan o’tkazilmaydi, shu bois tayyor mahsulot bir tekis konsistensiyaga ega
bo’lmaydi.
Dostları ilə paylaş: