Mutaxassislikka kirish


O'quv jarayonini fan va texnikadagi so'nggi yangiliklarni olgan holda tashkil etish



Yüklə 226,2 Kb.
səhifə11/44
tarix16.12.2023
ölçüsü226,2 Kb.
#182029
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org

1. O'quv jarayonini fan va texnikadagi so'nggi yangiliklarni olgan holda tashkil etish
Наг bir jamiyatning kelajagi uning ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Og'ir ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy qiyinchiliklarni yengib o'tib, taraqqiyot yo'liga kirgan mamlakatimizda ilg'or texnologiyalarni joriy qilish, milliy qadriyatlarni singdirgan holda ta'lim tashkil etish, bu jarayonini puxta va samarali amalga oshirish ishlari davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bu borada 1997 yil tarixiy hujjat Respublikamizda «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindiki, ular mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asosi bo'lib, asosiy maqsadi komil inson va yetuk malakali mutaxassis tayyorlashdir.
Hozirgi zamon fan va texnikasi borgan sari yuqori darajada sifati jihatdan yangi masalalarni hal etish, ya'ni ijtimoiy amaliyotga tub yangiliklarni joriy etish. Ularni amalga oshirish jarayonlarni tub o'zgartirshga yo'naltirilgan. Shu sababli XX asr oxirida barcha rivojlangan mamlakatlarning ilmiy siyosati o'z potentsialini mustahkamlashgagina qaratilmasdan, balki uning yutuqlarini samarali amaliyotga tatbiq etishni ta'minlaydigan jarayonlarga ham qaratiladi. Hozirgi vaqtda o'qitish va tarbiyalashning yangi texnologiyalariga sifat jihatdan tez o'tish uchun ob'ektiv asos yuzaga keldi, chunki ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi innovatsion jarayonlar o'z-o'zidan ta'limda ham tub o'zgarishlarni taqozo etmoqda. Hech bir o'qituvuchi ertami-kechmi bu jarayonga qo'shilmasdan chetda qolishi mumkin emas. O'qituvchining an'anaviy ish usullari, ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, o'qitishni kompyuterlashtirish sifatlarni o'zlashtirish zarurati bularni ilmiy-metodik asoslari ehtiyojini tug'ilishida ob'ektiv omil bo'lib kelmoqda.
Keyingi yillarda adabiyotlarda turli bilim sohalarida yangi axborot texnologiyalarni yaratish va ishlatish masalalari keng yoritilmoqda. Axbortlashtirish muammolariga bunday yondashuv tasodifiy emas. Ko'plab mamlakatlarda o'tkazilayotgan tadqiqotlarni ko'rsatishicha, butun ijtimoiy ishlab chiqarish axborotni ishlab chiqarishga ko'p darajada bog'liq bo'lib, bunda eng muhim sarmoya odam bilimidir.
Hozirgi kunda maktabdanoq kompyuterlar bilan ishlash o'zlashtirilmoqda. Demak, siz o'z hayotingiz va bilim olishingiz jarayonida juda ko'p xildagi informatsion sistemalarga duch kelgansiz va ularning xizmatidan foydalangansiz. Ushbu tajribangizni hisobga olgan holda informatsion sistemalar haqida biroz tushunchaga egasiz deb o'ylaymiz? Hayotda deyarli barcha sohalarda qo'llaniladigan informatsion sistemalarning qanday turlari mavjudligini bilasizmi? Nega barcha sohalarda faqatgina bir xil informatsion sistemalarni ishlatish mumkin emas va ularning xilma-xil turlari qaysi ko'rsatgichlar orqali aniqlanadi?
Informatsion sistemalar ma'lumotlarni yig'ish, uzatish, saqlash, qayta ishlash, qidirish va natijalarni chiqarishga xizmat qiladi. Bu sistemalar inson faoliyatining
barcha sohalarida: sanoatda, transportda, bank-moliya sohalarida, ilmiy-tekshiruv, loyiha-konstruktorlik, o'qitish sistemasi va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Informatsion sistemalar o'qitish jarayonida ham keng ko'lamda qo'llanilmoqda. Misol tariqasida Illinoys universitetida bir qator mutaxassisliklar bo'yicha o'qitishga mo'ljallab yaratilgan PLATO sistemasini qisqacha keltiramiz. Bu sistemada har bir o'quvchi o'z kompyuteri yordamida elektron darslik va elektron doskaga murojaat qilishi mumkin. Ular asosiy ma'lumot manbai bo'lib xizmat qiladi. Elektron darslik mam va rasmlardan iborat bo'lib, o'quvchi talabiga ko'ra uning monitoriga istalgan matn yoki surat o'tkaziladi.
Har bir tashkilotda mavjud bo'lgan bo'limlar va ular bajaradigan vazifalarni quyidagi jadval asosida aniqlashimiz mumkin:

O'quv jarayonida monitor ekranida matn yoki grafik shakldagi turli masalalar hosil bo'ladi, turli xolatlar modellashtinladi, o'quvchi o'tkazishi kerak bo'lgan tajriba shartlari beriladi va h.k. O'quvchi javoblari va uning ish natijalari darhol kompyuterda qayta ishlanib uning bilimi baholanadi. Asosiy kursdan tashqari o'quvchi boshqa predmetlar bo'yicha ma'lumot so'rashi mumkin. Bundan tashqari o'quvchining fan materiali bo'yicha va o'qitish metodikasi bo'yicha o'z mulohazalarini bildirishi ham ko'zda tutilgan. Informatsion sistemalar faqatgina kompyuter va uning qandaydir programmaviy ta'minoti emas, balki tashkilotni boshqarishni sifat jihatidan tubdan o'zgartirib yuboradigan programmaviy-texnik-tashkiliy sistemadir. Uni samarador ishlatish uchun tashkilotni, uning boshqaravini hamda informatsion texnologiya vositalarini juda yaxshi tushunish lozim. Samarali informatsion sistemalar tashkilotning ajralmas qismidir hamda ularning o'zaro aloqasini quyidagicha sxematik ravishda ifodalash mumkin:


Asosiy tashkiliy funktsiyalar va ishlar







Yüklə 226,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin