5. «Bank ishi» mutaxassisligi zarurligi, ish hususiyatlari va vazifalari Bozor iqtisodiyoti sharoitida barqaror va samarali ishlovchi bank tizimini yaratish mustaqillikning birinchi kunlaridan O'zbekistonda yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning eng muhim yo'nalishlaridan bin hisoblanadi.
Bugungi kunda respublika hukumati va Markaziy banki mamlakatning mustaqil bank sohasini shakllantirishdek murakkab vazifani muvaffaqiyat bilan bajarilganligini qayd etishimiz mumkin. Hozirgi paytda biz o'z ichiga Markaziy bank va 33ta tijorat banklarini oluvchi ikki pog'onali bank tizimiga egamiz.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlarning birinchi bosqichida puxta zamonaviy qonunchilik negizini shakllantirish, islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlash mexanizmini ishlab chiqish imkonini berdi.
Bunda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat tomonidan amalga oshirila boshlangan islohotlarning asosiy bo'g'ini bank tizimini isloh qilishdan boshlanib, ushbu sohani yanada takomillashtirish maqsadida bir qator qonunlar qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti LA. Karimovning 1992 yil 8-10 dekabrda bo'lib o'tgan O'zbekiston Rsspublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida so'zlagan nutqida bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish uchun, awalombor, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xizmat qiladigan tarmoqlar, jumladan, tijorat banklari tarmog'i faoliyatini rivojlantirmay turib, ma'rifatli bozor sari aniq qadam tashlash to'g'risida so'z ham bo'lishi mumkin emasligi qayd etildi.
Asosiysi, davlat va korxonalarning mablag'lari alohida-alohida bo'lishi, korxonalar faoliyatlarini yuritishda o'z mablag'lari yoki tijorat mablag'larini banklar beradigan qarzga umid bog'lashlari lozimligi bozor iqtisodiyotiga o'tishning asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lishi kerakligi belgilab berildi.
O'zbekistonda Bank tizimini shakllantirishning ikkilamchi bosqichi milliy valyuta muomalaga kiritilgan va ikki pog'onali bank tizimining huquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996 yillarni o'z ichiga oladi.
1994 yil 1 iyulda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi respublikaning mustaqil bank va moliya tuzilmasini vujudga keltirishda sifat jihatdan yangi bosqichning boshlanishi bo'ldi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e'tiborni makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga va shu asosda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish hamda iqtisodiy o'sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi. Shu o'rinda Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida»gi 1994 yil 18 martdagi 146-sonli qarori muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur qarorda banklarning axborot infratuzilmasini tuzish va respublikada bank ishini eng yaxshi halqaro banklar ish tajribasini o'rganish va ularni milliy bank amaliyotiga tatbiq etish orqali takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Mazkur qaror asosida bank tizimini yanada takomillashtirish, pul muomalasining holati va pul-kredit munosabatlarini tartibga solishga banklarning mustaqilligi va javobgarligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Bank tizimining samaradorligini oshirish banklarda ichki o'zini o'zi tartibga soluvchi mexanizmlarni yo'lga qo'yish bilan birga bank nazorati tizimini yanada
takomillashtirishni taqozo etadi. Bozor munosabatlari sharoitida bank nazorati rejali iqtisodiyotga xos nazorat va taftish tizimidan tubdan farq qiladi. Bunda bank nazoratining bosh vazifasi - omonatchilar va kreditorlar manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash maqsadida bank tizimidagi tavakkalchilik darajasini tartibga solishdan iborat.
Bu vazifani bajarish uchun Markaziy bank tomonidan bank nazoratining huquqiy-me'yoriy bazasi Jahon Banki maslahatchilari ishtirokida Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasining «Samarali bank nazorati tamoyillari» asosida to'liq qayta ishlab chiqildi. Ushbu vazifani bajarishda Markaziy bank Jahon Banki va AQShning Xalqaro Taraqqiyot bo'yicha agentligi (USAID) tomonidan katta yordam ko'rsatildi. Mazkur halqaro tashkilotlarning ekspertlari yordamida bank nazoratini amalga oshiravchi Markaziy bank mutaxassislari o'z malakalarini oshirdilar. Shuningdek, banklar faoliyatiyai kompyuter orqali masofadan turib monitoring qilish tizimi va halqaro miqyosda tan olingan «CAMEL» tizimiga muvofiq banklarni joylarda inspektsiya qilish joriy etildi.
Shuningdek, bu davrda mamlakat bank tizimiga chet el sarmoyalarini jalb etish bo'yicha bir qator ishlarni amalga oshirilmoqda. Sayyoramizdagi Jahon Banki, Doyche bank, «Kredi kommersial de Frans» banki kabi katta-katta banklar Toshkentda vakolatxonalarini ochgan. Bugunga kelib, chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan banklar soni sezilarli darajada ko'paydi. Ya'ni deyarli har olti bankning bittasi xorijiy kapital ishtirokida tuzildi. Bu albatta ijobiy hoi. Chunonchi, chet el kapitali bilan birga mamlakatimizga zamonaviy bank texnologiyalarini va boshqarav tizimi kirib keladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan chet el kapitali ishtirokida vujudga kelgan banklar nafaqat milliy bank tizimini halqaro standartga yaqinlashtirmoqdalar, balki ularni ichki moliya bozorida raqobatni sezilarli ravishda oshirmoqdalar. Bu esa mijozlarga ko'rsatilayotgan bank xizmatlarining sifatiga ijobiy ta'sir qilmoqda. Keyingi paytlarda mamlakat iqtisodiyotida tashqi savdoning o'rni tobora kuchayib borayotganini, shuningdek, xorijiy investorlarning mamlakatimizga nisbatan qiziqishi o'sayotgani bizga xorijiy kapital ishtirokida banklar tuzish jarayoni yanada faollashadi deyishga asos bo'ldi.
Bank tizimini erkinlashtirish va ularga bo'lgan ishonchni mustahkamlashning muhim yo'nalishi davlat tasarrafidagi tijorat banklarini xususiylashtirishdan iboratdir. Hozirgi kunda xususiylashtirilishi ko'zda tutilayotgan banklar TIF MB, «Asaka banki», qatoriga «O'zsanoatqurilishbanki» va «Paxtabank»lar kiritilgan. Respublika tijorat banklari mulkchilik shakliga qarab davlat-aktsiyadorlik, aktsiyadorlik-tijorat, xorijiy sarmoya ishtirokidagi va xususiy banklarga bo'linadi. Bugungi kunda, boshida ta'kidlab o'tganimizdek, tijorat banklarining soni 33 tani tashkil etib, kapital hajmi va aktivlari bo'yicha keng farq qiladi. Ularni yirik, o'rta va kichik banklarga bo'lish mumkin.
Mustaqillik yillarida Prezidentimiz mamlakatimiz bank tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor berganliklari sababli, bank tizimini texnik jihatdan ta'minlashda chinakam inqilob amalga oshirildi. MDH davlatlari ichida O'zbekiston birinchi bo'lib elektron to'lov tizimiga o'tishni ta'minladi. Mustaqillikning 14 yilligi davomida respublikamiz bank ishida yuzaga kelgan
vaziyatni baholar va jahon darajasiga erishish yo'nalishida uning rivojlanishi yo'lini belgilar ekanmiz, kelajakka mnid va ishonch bilan qaramoqdamiz.
3-mavzu: O'QUV JARAYONE4IILMIY ASOSDA TASHKIL ETISH, O'QITISH SHAKLLARL O'QUV REJA VA DASTURLARI