Mutaxassislikka kirish



Yüklə 226,2 Kb.
səhifə5/44
tarix16.12.2023
ölçüsü226,2 Kb.
#182029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org

Umumiy o'rta ta'lim:
9 yillik o'qishdan iborat umumiy o'rta ta'limning bu turi boshlang'ich ta'limni qamrab oladi, shuningdek o'quvchilarning fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim o'rgatish ehtiyojini asosiy o'quv ilmiy va umummadaniy bilimlarni milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy ahloqiy fazilatlarini, kasb tanlashni shakllantiradi.
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi.
Akademik litsey, davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'rta maxsus ta'lim beradi. Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta'limi asosida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi. 3 yillik dastur asosida Oliy ta'lim, O'rta maxsus kasb-hunar ta'lim negiziga asoslanadi hamda ikki bosqichga ega.
Bakalavriat.
Mutaxassisliklar yo'nalishlari bo'yicha fundamental va amaliy bilim beraligan, ta'lim muddati kamida 4 yillik tayanch oliy ta'limdir.
Magistratura.
Aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan bakalavriat negizida ta'lim muddati 2 yil davom etadigan oliy ta'lim.
2 - Mavzu: OLIY TA'LIM DARGOXI TARIXI
1. Toshkent Moliya institutining tashkil topishi
Toshkent Xalq xo'jaligi instituti mustaqil oliygoh sifatida O'rta Osiyo va Qozog'iston respublikalari uchun moliya mutaxassislarini tayyorlash maqsadida SSSR Sovet Xalq Komissarlari tomonidan 13 avgust 1931 yilda tashkil topgan edi. 1932 yilda institutga 47ta abiturient qabul qilingan edi. 1940 yilda unda o'qiyotgan talabalar soni 240taga yetdi. Ulug' Vatan urashigacha davrda institut professor-o'qituvchilarining malakasini oshirish muammolari yaxshi hal qilingan. Masalan, 1931 yilda Institutning 10 ta kafedrasida ilmiy darajaga ega bo'lmagan birorta ham o'qituvchilar bo'lmagan bo'lsa, 1941 yilga kelib 58 ta o'qituvchidan 10 ta fan nomzodi va dotsentlari, bitta fan doktori bor edi.
1946 yilda Davlat banklari sistemasiga kadrlar tayyorlash uchun kredit-iqtisod fakulteti va hisob-iqtisod fakulteti tashkil etildi. So'nggi qabul qilinuvchilardan kolxozlarda buxgalteriya hisobini yuritish uchun mutaxassislar tayyorlashga guruhlar ajratib olindi. 1947 yildan iqtisodiy sanoatga va qishloq xo'jaligiga mutaxassislar tayyorlana boshlandi. 1948 yilda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda iqtisodchilarni tayyorlash uchun kechki fakultet ochildi. 1950-1951 yillarga kelib institut 6 yo'nalish bo'yicha iqtisodchi yetkazib beradigan 5ta fakultet va 15ta kafedraga ega bo'ldi.
O'zbekistonning moliya, bank, hisob-iqtisod idoralari va xo'jalik korxonalarini malakali kadrlar bilan ta'minlashni yaxshilash maqsadida 1991 yil 13 mayda O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 3 iyun 154-sonli qaroriga binoan Toshkent Xalq xo'jaligi institutining «Moliya-iqtisod» va «Hisob-iqtisod» fakultetlari zaminida yangi institut Toshkent Moliya Instituti tashkil etildi. Toshkent Moliya Institutiga iqtisod fanlar doktori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, akademik M. Sh. Sharifxo'jaev rektor etib saylandi.
Bu oliygoh 1950-yillarda Toshkent halq xo'jaligi instituti deb atalgan. Bu institut iqtisodiyotga turli iqtisodchilarini yetkazib bergan. 90-yillarga kelib quyidagi fakultetlar bo'lgan:
  1. Moliya-iqtisod fakulteti;


  2. Savdo-iqtisod fakulteti;


  3. Reja-iqtisod fakulteti;


  4. Hisob-iqtisod fakulteti


  5. Iqtisodiy kibernetika fakulteti;


  6. Qishloq xo'jaligi-iqtisod fakulteti.


Agar, bu fakultetlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, Moliya-iqtisod va Savdo-iqtisod fakultetiga ko'plab abiturientlar hujjat topshirardi va qolaversa, bu fakultetlar yirik bo'lgan. Keyin Qishloq xo'jaligi fakulteti, Reja-iqtisod fakulteti va Hisob-iqtisod fakulteti va eng oxirida Kibernetika fakulteti turar edi.



Yüklə 226,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin