Muxtorali Omonov tel: +998900751015 9-sinf Jahon tarixi 30ta. Mo’jiza o’quv markazi



Yüklə 18,23 Kb.
tarix30.01.2023
ölçüsü18,23 Kb.
#81652
9 sinf jahon tarixi 30talik


Muxtorali Omonov TEL: +998900751015
9-sinf Jahon tarixi 30ta. MO’JIZA O’QUV MARKAZI
1. Qaysi voqea AQSh prezidenti Taftning boshqaruvi oralig‘ida yuz bergan?
A) Avstriya-Vengriya Bosniya va Gersogovinani bosib oldi.
B) Bolgariya Serbiya va Gretsiyaga hujum qildi.
C) Avstriya-Vengriyada parlament tarqatib yuborildi.
D) AQSHning Meksikaga kiritgan kapitali 1,5 mlrd. dollarga yetdi.
2. 1871-yil 18-mart kuni kechasi sodir bo‘lgan qaysi voqea Parij aholisini oyoqqa turg‘azdi? A) Tyer boshchiligida yangi hukumatning tuzilishi
B) Germaniyaning imperiya deb e’lon qilinishi C) hukumat qo‘shining Milliy gvardiyaga hujum qilishi
D) Tyer hukumati Germaniya bilan yarash bitimini imzolashi
3. …dan so‘ng AQSh janubidagi shtatlarning yangi hukumatlari tarkibida qora tanli aholi ham qatnasha boshladi.
A) 1863-yilda qulchilik bekor qilingani
B) 1872-yilda Janubdagi sobiq isyonchilarga umumiy avf berilgani
C) 1870-yilgi Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilgani
D) Respublikachilar partiyasi tuzilgan
4. Parij Kommunasi amalga oshirgan tadbirlardan xatosini aniqlang.
A) mehnatkashlarning uy-joy haqini to‘lash muddatlari kechiktirildi
B) ishsizlarni ish bilan ta'minlash idorasi tuzildi
C) qiz bolalar uchun litseylar ochildi
D) egalari tashlab ketgan korxonalar shu korxona ishchilariga topshirildi
5. Germaniyada ...dan so‘ng xotin-qizlar uchun 11 soatlik ish kuni joriy qilindi.
A) GSDP 1912-yilda parlament saylovida muvaffaqiyat qozongani
B) GSDP ochiq holatda faoliyat ko‘rsata boshlagani
C) 1900-1903-yillardagi iqtisodiy inqiroz
D) Bismark kansler etib tayinlangani
6. Qaysi yillar oralig‘ida AQShda fermerlar soni 3 marta ko‘paydi?
A) 1870-1914-yillar B) 1860-1910-yillar
C) 1900-1914-yillar D) 1906-1916-yillar
7. XX asr boshlarida qaysi davlatda diktatura davrida hindulardan g‘ayriqonuniy tortib olingan yerlarini qaytarib berishga va’da berilgan?
A) AQSH B) Argentina C) Braziliya D) Meksika
8. Qaysi AQSh prezidenti davrida bojxona tariflari to‘g‘risida yangi qonun qabul qilingan?
A) V.Vilson B) V.G.Taft C) T.Ruzvelt D) Ch.Artur
9. Quyidagi qaysi partiya(lar) dasturida ta’lim sohasini dindan ajratish mazmunidagi talabi ham bo‘lgan?
A) ASP va ASDP B) GSDP C) GSDP va FSP D) RSDRP va GSDP
10. Quyidagi qaysi partiya dasturida cherkovni davlatdan, maktabni cherkovdan ajratish talabi ham bo‘lgan?
A) ASP B) ASDP C) GSDP D) RSDRP
11. Qaysi voqea munosabati bilan Hindistonga chiqadigan dengiz yo‘llari nazorati to‘la Britaniya qo‘liga o‘tdi?
A) 1843-yilda Sind vodiysini bosib olishi
B) Suvaysh kanalining aksiyalarini sotib olishi
C) Quvayt ustidan protektoratning o‘rnatilishi
D) 1907-yilgi Rossiya bilan bitimning tuzilishi
12. Buyuk Britaniyada qachon kasallik va ishsizlik sababli sug‘urta to‘lovi joriy etildi?
A) 1911-yilda B) U.Gladston davrida C) B. Dizraeli davrida D) 1906-yilda
13. Avstriya-Vengriyadagi qaysi hudud doimo harbiy yoki favqulodda holatda tutildi, xalq noroziligi qattiq ta’qiblar bilan shavqatsiz bostirildi?
A) Galitsiya B) Xorvatiya C) Moraviya D) Bukovina
14. Nuqtalar o‘rniga mosini qo‘ying.
Dias idora qilgan davrning oxiriga borib, AQSHning Meksikaga qo‘ygan kapitali … dollardan oshdi. AQSH Meksikaning … o‘z qo‘liga oldi. Tashqi savdoning … foizini o‘z nazoratiga bo‘ysundirdi.
A) 2 mlrd. / oltin konlarini / 75
B) 3 mlrd. / olmos konlarini / 80
C) 1 mlrd. / neft konlarini / 90
D) 0,5 mlrd. / temir yo‘llarini / 95
15. AQShda hindular masalasi qanday yo‘l bilan hal qilindi?
A) hindularning fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanishi to‘g‘risida qonun qabul qilinishi bilan
B) hindular yashaydigan rezervatsiyalarga “muxtor” huquqining berilishi bilan
C) hindularni qulga aylantirishning taqiqlanishi bilan
D) hindular joylashgan rezervatsiyalarning hukumat “vasiyligi”ga olinishi bilan
16. Irlandiya burjuaziyasining savdo-sanoat doiralari manfaatini ko‘zlovchi qismi rahbari A. Griffit “Shinfeyn” partiyasini tuzib qanday tashviqot olib bora boshladi? A) mustaqil hukumat tuzish
B) muhtoriyat huquqini berish
C) ijarachilarning shartlarini bajarmaslik
D) mustaqil parlament tuzish
17. Quyidagilarni muvofiq ravishda joylashtiring.
1) 1870-1914-yillar 2) 1860-1910-yillar 3) 1900-1914-yillar 4) 1906-1916-yillar
a) Buyuk Britaniya harbiy xarajatlari 3 marta ko‘paydi.
b) AQShda fermerlar soni 3 marta ko‘paydi.
c) Buyuk Britaniya vazirlarining uchdan ikki qismini elita bilim yurti
bitiruvchilari tashkil etgan.
d) AQShga 25 mln kishi ko‘chib keldi.
A) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c
C) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c D) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a
18. Avstro-Vengriyada nechta umum imperiya vazirligi tashkil etilgan edi?
A) l ta B) 2 ta C) 3 ta D) 5 ta
19. Lotin Amerikasiga AQSh kapitali kirib kela boshlagan davrni aniqlang.
A) XIX asr oxiri B) XX asr boshlari
C) XIX asr o‘rtalari D) XIX asr boshlari
20. 1899-yilda AQSh davlat kotibi Xey qaysi davlatlarga ayni bir mazmunda nota yuborgan edi?
1) Ispaniya 2) Portugaliya 3) Rossiya 4) Avstriya
5) Fransiya 6) Germaniya 7) Yaponiya 8) Buyuk Britaniya 9) Italiya
A) 1,3,5,6,7,8 B) 3,5,6,7,8,9 C) 2,3,4,5,7,8 D) 1,3,5,7,8,9
21. Quyidagi shartnomalarning qaysi davlat bilan imzolanganini aniqlang.
1) Parij 2) Frankfurt 3) Simoneseki
a) Germaniya-Fransiya b) Xitoy-Yaponiya
c) AQSh-Ispaniya
A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-c, 2-a, 3-b
C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-a, 2-c, 3-b
22. 1899-yilda chetga 1 mlrd rubl capital chiqargan davlatni aniqlang.
A) Germaniya B) AQSh C) Rossiya D) Yaponiya
23. Podsho hukumati bilan Britaniya hukumati o‘rtasida O‘rta Osiyodagi ta’sir doiralarini aniqlash uchun muzokaralar boshlangan vaqtda ...
A) Britaniya parlamenti imperiya parlamenti deb atala boshlandi.
B) “Mehnatni ozod qilish” guruhi tuzildi.
C) AQSh sanoat mahsuloti hajmi jihatidan 4o‘rinda turgan.
D) Avstriya-Vengriya imperiyasi tashkil topdi.
24. Quyidagi qaysi AQSh prezidenti demokrat partiyadan emas?
A) Ch.Artur B) B.Garrison C) S.Klivlend D) V.Vilson
25. AQsh prezidenti B.Garrison davrida …
A) Buyuk Britaniyadagi tred-yunionlarga a’zo bo‘lganlar soni 750 ming kishiga yetdi.
B) Buyuk Britaniya hukumati irlandlarga gomrul o‘rniga “Yer-suv akti”ni taklif qildi.
C) Braziliyada “Ozodlik manifesti” e’lon qilindi.
D) Buyuk Britaniyadagi tred-yunionlarga a’zo bo‘lganlar soni 1,5 mln kishiga yetdi.
26. 1911-yilda Buyuk Britaniyada „Ish haqi minimumi to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi.
Unga ko‘ra, …
A) ish haqi oshiriladigan bo‘ldi.
B) Konchilar uchun 9,5 soatlik ish kuni belgilandi.
C) ish tashlashlar vaqtida korxonalar ko‘rgan zararning tred-yunionlardan undirilishi taqiqlandi.
D) 65 yoshga to‘lgan kishilarga pensiya tayinlandi.
27. Qaysi davlatdagi birinchi inqilobdan keyin ish tashlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish bekor qilindi?
A) Xitoy B) Rossiya C) Eron D) Meksika
28. Argentina tarixiga oid xato ma’lumotni toping.
1) 1870-yilda Argentinada 2 mln. aholi yashardi.
2) Uzoq davom etgan iqtisodiy inqiroz,
Urugvay bilan olib borilgan urush oqibatida Argentinada iqtisodiy hayot deyarli to‘xtab qoldi.
3) 1872-yilda Rio-de-Janeyroda milliy bank ochildi.
4) Immigratsiya rag‘batlantirila boshlandi. Natijada, qisqa davr ichida Argentinaga 300 000 kishi ko‘chib keldi. 5) Rio-de-Janeyroda piyoda askarlar va harbiy dengiz maktabi ochilib, harbiy ta'limga asos solindi.
6) Hindularning hosildor yerlari tortib olinib, zobitlar va askarlarga bepul bo‘lib berildi.
A) 2,6 B) 1,2,3,4,6 C) 2,3,5 D) 5
29. Qaysi atamaning ma’nosi “bo‘lish” degan ma’noni bildiradi?
A) rezervatsiya B) segregatsiya
C) apparteid D) kontreformatsiya
30. Quyidagilarning qaysi davlatlarda sodir bo‘lgani bilan to‘g‘ri joylashtiring.
1) Germaniya 2) Buyuk Britaniya 3) Fransiya
a) 13 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarni ishga qabul qilish ta’qiqlandi.
b) 10 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarni ishga qabul qilish ta’qiqlandi.
c) 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun
majburiy bepul ta’lim joriy etildi.
A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-a, 3-c
C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-a, 2-c, 3-b
Yüklə 18,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin