Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar


Maktabgacha yosh davrida bolaning aqliy o’sishi va rivojlanishi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə24/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

2. Maktabgacha yosh davrida bolaning aqliy o’sishi va rivojlanishi

Plastiklik va kompensatsiya imkoniyati qonuni. Bu qonun

asab tizimining plastiklik xususiyati bilan bog‘liqdir. Yosh bola

ijtimoiy munosabatlarga kirishar ekan u albatta ularni o‘ziga

o‘zlashtiradi, taqlid qiladi. Natijada u aqliy tomondan shakllanadi.

Ta’lim-tarbiya sharoitida bolani, maktab o‘quvchisining

psixikasini maqsadga muvofiq o‘zlashtirishning boy imkoniyati

asab tizimining ana shu plastikligiga asoslanadi. Plastiklik

kompensatsiya (to‘ldiruvchanlik, tovon, badal) uchun ham yo‘l

ochib beradi. Ba’zi psixik funksiyaning rivojlanishi zaif yoki

nuqsonli bo‘lsa, uning faoliyatini zo‘r uyushganligi va aniqligi

bilan kompensatsiya qilish mumkin; ko‘rishdagi nuqsonlar

qisman, eshitish analizatorining o‘tkir darajada rivojlanishi bilan

kompensatsiya qilinadi. Tarbiyachi va o‘qituvchilar bolaga

ta’lim-tarbiya berish jarayonida psixik taraqqiyotning qonunlariga

amal qilishlari va bolaning taraqqiyot xususiyatlarini bilishlari

maqsadga muvofiqdir. Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar

Bolalar psixologiyasi fanining asosiy maqsadi bola psixik taraqqiyotini

o‘rganishdan iborat ekan, bu masalani hal qilishda,

uni tushuntirib berishda turli xil qarashlarni o‘rganish muhimdir.

Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishga intiluvchi

biogenetik va sotsiogenetik oqim XIX asrning ikkinchi yarmida

maydonga kelgan. Bola psixik xususiyatlarining tug‘ma tabiati haqidagi

ta’limot shu vaqtga qadar aksariyat psixologiya maktablarining

asosini tashkil etib kelmoqda.

Biogenetik ta’limotda inson qobiliyatlarining

rivojlanish darajasi taqdir tomonidan belgilanib qo‘yilganligini,

bola imkoniyatlari va qobiliyatlarini maxsus testlar yordamida

aniqlab, undan so‘ng ta’lim jarayonini uning irsiyat tomonidan

belgilangan taraqqiyot darajasiga moslashtirish, ularning asliy

iste’dod darajalariga qarab turli mavqedagi maktablarda tahsil

olishi zarur deb ta’kidlanadi.

Amerikalik psixolog E. Torndayk bolalarning «tabiiy

kuchlari» va «tug‘ma mayllar»ini psixik rivojlanishning yetakchi

omili qilib ko‘rsatib, muhitning, ta’lim-tarbiyaning

ta’siri ikkinchi darajalidir, deb aytadi.

Avstraliyalik psixolog K. Byuler bolalarning faqat aqliy taraqqiyotigina emas, balki axloqiy rivojlanishi ham nasliy tomondan

belgilangandir, deb ta’kidlaydi. Amerikalik pedagog va psixolog D. Dyui, inson tabiatini

o‘zgartirib bo‘lmaydi, odam ehtiyojlari va psixik xususiyatlari

bilan tug‘iladi. Bu ehtiyojlar va psixik xususiyatlar tarbiya-jarayonida

namoyon bo‘lib, ba’zida o‘zgarishi tarbiyaning miqdorini

belgilab beruvchi mezondir, deb hisoblaydi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin