Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə22/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

psixologiya fani o‘rganadi. Logopediya nutq faoliyati buzilishining

sabablari, mexanizmlari, belgilari, yo‘nalishlarini

o‘rganadi. Defektologiya fani ko‘rinishida, eshitishida nuqsoni

bo‘lgan, psixik rivojlanishi orqada qolgan, aqli zaif, nutq

nuqsoniga ega bo‘lgan, tayanch apparatida nuqsoni bor bolalar,

serebral falaj (markaziy nerv sistemasining shikastlanishi),

autizm sindromiga chalingan bolalarni o‘rganadi va

korreksion ishlar olib boradi.Bola psixikasining taraqqiyoti haqida gapirishdan oldin taraqqiyotning tub mohiyatini tushunib olish kerak. Rivojlanish

haqida fikr yuritilganda odatda «o‘sish» va «taraqqiy etish»

so‘zlaridan foydalaniladi. Masalan, bolaning jismoniy jihatdan

o‘sishi va psixik jihatdan taraqqiy etishi degan tushunchalar

qo‘llaniladi. O‘sish bilan taraqqiyot tushunchalari aynan bir

ma’noni anglatuvchi tushunchalar emas. O‘sish deganda miqdoriy

jihatdan ortish, ulg‘ayish tushuniladi. Taraqqiyot deganda

esa, faqat miqdoriy jihatdangina emas, balki sifat jihatidan

ham o‘zgarish tushuniladi. Shuning uchun o‘sish jarayoniga

qaraganda taraqqiyot jarayoni ancha murakkab jarayondir. Taraqqiyot

oddiy miqdoriy ortishdan tashqari bir shakldan ikkinchi

shaklga o‘tish bilan ham bog‘liqdir. Ana shuning uchun

taraqqiyotning tub mohiyatidan yaxshi xabardor bo‘lish kerak, aks holda bu murakkab

jarayonni tushunish qiyin bo‘ladi. Bolaning psixik taraqqiyoti qarama-qarshiliklar kurashi asosida yuz beradi. Bu o‘rinda qanday qarama-qarshiliklar bbolaning

psixik jihatdan taraqqiy etishiga sabab bo‘ladi, degan

savol tug‘iladi. Bolaning psixik taraqqiyotini yuzaga keltiruvchi

qarama-qarshiliklar asosan quyidagilardan iborat:

1. Bolaning shu choqqacha erishgan imkoniyatlari darajasi


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin