Psixologik diagnoz (diagnosis
grekcha aniqlash,
bilish degan ma’noni anglatadi) shaxs individual-
psixologik xususiyatlarining hozirgi holatiga baho berish,
rivojlanishini oldindan aytib berish (prognoz qilish) va psixodiagnostik
tekshiruv vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab
chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so‘nggi natijasidir.
Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz
qo‘yishning 3 bosqichi farqlanadi:
1) simptomatik diagnozda dasturi mavjud har qanday
EXM bajarishi mumkin bo‘lgan tadqiqotdan olingan natijalar
qayta ishlanadi;
2) etnologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning
mavjudligini emas, balki uning vujudga kelish
sabablari ham hisobga olinadi;
3) tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishidan olingan
natijalarning ahamiyati va o‘rni aniqlanadi.
Bolalarni psixodiagnostik tadqiq qilish yosh xususiyatlariga,
u yoki bu yosh davri uchun yetakchi faoliyat turining ta’siriga,
individual tipologik tavsifnomalarning taraqqiyot darajasiga
bog‘liq ravishda ba’zi xususiyatlarga ega. Bola taraqqiyotining
har bir yosh davri bolalar bilan ishlashning usullari va vazifalarini
talab qiladi.
Kichik yoshdagi bolalarni psixodiagnostik tekshiruv yosh va
pedagogik psixologiyaning sohasi hisoblanadi. Olingan natijalar
yordamchi xarakterga ega bo‘lib, pedagog tomonidan bola
psixik taraqqiyoti xususiyatlarini aniqlashda qo‘llaniladi. Bunda
ta’lim va tarbiya dasturi, turli hayotiy sharoitlarda: faoliyatda,
muloqotda va boshqalarda (shaxs xulq-atvori xarakteristikalarini
tuzishda) hisobga olinadi.
Eksperimental tadqiqotdan olingan natijalar oilada,
bog‘chada, maktab va boshqa jamoat joylarida individual va
guruhiy tarbiyaviy-pedagogik tadbirlar sxemasini tuzishda qo‘llanishi mumkin.
Tarbiyachi o‘z ishida doimo bolalar psixofizik
taraqqiyoti masalalari bilan to‘qnashadi. Uni vaqtincha411
lik natijalargina emas, (masalan, yarim yillikning oxiriga kelib
bolalarning egallagan ko‘nikma, malakalari kabi), balki u yoki
bu jismoniy va ruhiy sifatlar rivojlanishining istiqbollarini aytib
beradigan natijalar qiziqtiradi.
Bolalar bog‘chalarida psixodiagnostik tadqiqotlar quyidagi
vazifalarni hal qiladi:
Dostları ilə paylaş: |