2. Psixik taraqqiyot o‘zgarishini o‘rganish uchun zarur
ma’lumotlarni to‘plash. Bolaning psixik hayot taraqqiyoti
xususiyatlari rivojlanishining ta’lim va tarbiya jarayonida
o‘rganish orqali zaruriy ma’lumotlar to‘planadi. Bunda psixologiyaning
ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalaniladi.
O‘yin va o‘qish faoliyatida ko‘p martalab o‘tkazilgan eksperimental-
psixologik tadqiqotlar bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishida
ma’lum faoliyatning ta’sir ko‘rsatkichi bo‘lishi mum412
kin. Bolada o‘tkazilgan psixodiagnostik tadqiqotlar muhim
prognostik ahamiyatga egadir, chunki qo‘llanilgan turli metodlarning
o‘quv-tarbiyaviy ta’sirini hisobga olgan shaxs rivojlanishi
istiqbollarini aniqlash imkoni yaratiladi. Tarbiyachi eksperimental-
psixologik tadqiqotlarni qanchalik ko‘p o‘tkazsa, tajribasi
shunchalik ortib boradi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: bola
faoliyatining xususiyatlarini o‘yin va o‘quv vaziyatlarida tahlil
qilish; maktab, bolalar bog‘chasi, oila sharoitiga moslashish,
moslasha olmaslik darajasini aniqlash; bolaning ichki hayotini
tushunib olish istagi; shaxs xususiyatlarini har tomonlama
rivojlantirishda unga har qanday yordam ko‘rsatish.Bo‘lajak tadqiqotchi
o‘zida quyidagi sifatlarni shakllantirishi lozim:
a) tadqiqot qarorlarini tez va aniq tuzish;
b) o‘z diqqatini bola topshiriqni qanday bajarayotganligiga
va uning xulq-atvorini kuzatishga qaratish;
d) bola bilan yaxshi aloqaga kirishish, uning hamma aytganlarini
yozib, uning xulqidagi ba’zi reaksiyalarni to‘g‘ri baholash
qobiliyatini yo‘qotmaslik va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |