Yodda tuting!
• O ‘zbekiston qadimiy tarixga ega.
• V.V. Bartold rahbarligida Turkiston havaskor-arxeologlar to‘garagi
1895-1917 yillarda faoliyat ko‘rsatgan.
• 1896 yilda Toshkentda arxeologik muzeyi ochildi.
• 0 ‘rta Osiyo arxeologiyasini o ‘rganish uchun 5 ta ekspeditsiya
tashkil etildi.
• 1970 yilda 0 ‘zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshida Arxeolo
giya instituti tashkil qilindi.
• 0 ‘zbekiston hududida 2115 ta arxeologik yodgorliklar qayd
etilgan.
• 0 ‘zbekistonda arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va
ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun
2009 yil 16 iyunda qabul
qilingan.
II BOB. PALEOLIT VA MEZOLIT DAVRLARI
YODGORLIKLARI
1. § Ilk paleolit davri va uning o‘rganilishi
Insoniyat taraqqiyotida eng uzoq davom qilgan davr - qadimgi tosh
davri - paleolit hisoblanadi. «Paleolit» so‘zi yunoncha so‘zdan olingan
boMib, «paleos»- «qadimgi», «litos»— «tosh», ya’ni qadimgi tosh davri
degan ma’noni beradi. Paleolit davri xronologik jihatidan 3 million
yillikdan to 12 ming yillikkacha davom etadi va uch davrga- ilk, o'rta
va so‘nggi davrlarga boMinadi. 2-jadvalda jahon arxeologiyasida paleolit
davri bosqichlari ko‘rsatilgan.
2-jadval
Paleolit d a v r i
bosqichlari
Paleolit
Ilk paleolit
o‘rta p aleolit
so‘nggi paleolit
O lduvay
Ashel
Must’e
L e v a llu a -
Orin’yak Solyutre
Madlen
Must’e
Paleolit rivojlanish darajasiga qarab,
mehnat qurollaridagi
o‘zgarishlar asosida turli bosqichlarga boMinadi. Ilgari ilk paleolit davri
shell, ashel davrlariga boMingan edi. Lekin keyingi davrlarda qilingan
tadqiqotlar natijasida, uni olduvay va ashel davrlariga boMish muvofiq
deb topildi. Chunki ilgarilari olduvay davri yodgorliklari kam boMib, uni
davr tariqasida ajratish imkoni boMmagan. Shell va ashel qoM
cho'qmorlaridagi
vazn jihatidan farqini e'tiborga olib,
ularni davr
sifatida ajratishgan. Keyingi yillarda olduvay davri mehnat qurollarining
ko‘plab topilishi, uning davr sifatida ajratib ko‘rsatishga imkon
tug‘dirdi. Shell va ashel davrlari esa, bir davr qilib - ashel davri deb
belgilandi.
Ilk paleolit davriga oid
Abbevil yodgorligi Fransiyaning Sena
daryosi qirg‘oqlaridan topilgan. U erda 1835 yilda M. Pikar dastlabki
tosh qurollarini topgan. Keyinchalik Bushe de Pert tadqiqot ishlarini olib
borgan. 1932 yildan F.Breyl Fransiyaning ilk paleolit davrini Abbevil
davri deb nomlagan. Bugungi kunda Evropada ilk paleolit davri shell
emas, balki abbevil deb ataladi.
0 ‘zbekiston hududining geotektonik va geomagnit hodisalarini
tadqiq qilish natijasida uning o ‘ziga xos jihatlari aniqlandi. Bu esa
paleolit davri xronologiyasida o ‘zgarishlarga olib keldi. Ilk paleolit
davri jahon arxeologiyasida 3 mln yillikdan to - 100 ming
yilliklargacha deb belgilangan. 0 ‘zbekistonda, ilgari, ilk paleolit davri
mil.avv. 1 mln yillikdan 100 ming yillikkacha davom etgan deb
hisoblangan. Lekin keyingi davrlarda arxeologiyada sohasidagi yutuqlar
bu sanani yanada aniqlashtirdi. Arxeologik davrlashtirishning yangi
metodi asosida uning bundan 2 m ln yillikdan 200 ming yillikgacha
davom qilganligi aniqlandi.
Ilk paleolit davrida mehnat qurollari tosh, suyak va shoxlardan
yasalgan. Ulardan faqat tosh qurollargina bizgacha etib kelgan.
Olduvay bosqichida odamlar eng primitiv usulda yasalgan qo‘l
cho‘q m o rlari (chopper)dan foydalanganlar. Mazkur qurollarni yasash
uchun dastlab, odamlar qulay shaklga ega bo‘lgan (ko‘proq yapaloq
shakldagi) qayroqtoshni topib, qattiqroq tosh (tosh bolg‘a-otboynik)
yordamida uning uchini uchirib qurol holiga keltirganlar. Qo‘I
cho‘qmorlari odatda bir tomoni bodomga yoki yurakka o‘xshab, to‘mtoq
boMgan, lekin uni qo‘l bilan ushlash qulay boMgan. Ikkinchi, qarama-
qarshi tomoni esa, o‘tkiruchli boMib, bu tomoni kesish, chopish, kovlash
kabi vazifalarni bajargan. Ibtidoiy odamlar shu qurollar yordamida ov
qilganlar, ildiz kovlaganlar, go‘shtni maydalaganlar, terilarni shil-
ganlar. Odamning qoMi esa, dasta vazifasini bajargan. Tadqiqotchi-
larning fikricha, qo‘l cho‘q m o rla ri bundan 3 mln. yil ilgari paydo
boMgan. Uni olduvay davri quroli boMib, uning bir tomonga ishlov
berilgan. Ilk qoM cho‘qmori Tanzaniyadagi Olduvay darasidan topilgan.
Bunday qurollar' Efiopiyaning Koda Gona, Janubiy Afrika, 0 ‘rta
Osiyodagi Selungir makonidan topilgan. Olduvay davri odamlari
termachilik va yirik hayvonlarga to‘da-to‘da boMib xujum qilib, ovchilik
bilan shug‘ullanganlar. Odamlarning to‘da boMib yurishlari ularni turli
tabiat hodisalaridan va yirtqich hayvonlardan himoya qilgan. Bu davr
odamlari tabiatga to‘la qaram boMib, uy-joy qurilishini ham, olovdan
foydalanishni ham bilmaganlar. Yirtqich hayvonlardan oddiy va dag‘al
qurollar bilan himoyalanganlar. Tabiat ham insonlar yashashi uchun
qulay, issiq boMgan.
Bundan 1,7-1,6 mln. yil ilgari ikki tomoniga ishlov berilgan qoM
cho‘qmoridan
foydalana
boshlanganlar.
Bunday
qurol
dastlab
Fransiyaning Sent -Ashel makonidan topilgani uchun ashel davri deb
ataladi. Bunday qurollar dastlab Afrika hududida paydo boMgan. Old
Osiyoda 1 mln oldin, Evropa hududida 750 ming yil oldin tarqalgan,
0 ‘rta Osiyoning Selungir makonidan topilgan. Uzoq Sharqda esa,
bunday makonlar deyarli topilmagan.
Ashel davriga kelib odamlar birmuncha taraqqiyot darajasiga
erishganlar. Endi kishilar turli tog‘. daryo jinslari, asosan chaqmoq-
toshdan qurol yasashni o‘rgana boshlaganlar. Qurollarni ishlash
texnikasi birmuncha takomillashgan. Chaqmoqtosh qo‘1 cho‘qmorining
ikkala tomoniga ham qo‘pol kertish yoMi bilan ishlov berilgan. Kertish
davomida vujudga kelgan turli uchrindilardan turli narsalarni kesishda
foydalanganlar. Uchrindilarning qirra tomonlari
mayda kertish usuli
bilan o‘tkirlangan va keskich asboblari sifatida foydalanilgan. Uchbur-
chaksimon tosh uchrindilariga ko‘proq ishlov berilgan.
Asta-sekin tosh qurollarining turi ko‘paya boshlagan. Dastlab sixcha
va qirgMchsimon qurollar vujudga kelgan. Tosh sixcha qurollardan
yog'och qurollar yasashda va ovda nayza tig‘i sifatida foydalanilgan
boMsa, qirg‘ichlardan kiyim-kechak uchun hayvon terilariga ishlov
berishda foydalanganlar.
Ashel davri oxiriga kelib havo keskin ravishda sovugan, muzlik
davri
boshlangan. Evropa
hududini
muzlik
qoplagan,
tropik
oMkalarda esa, plyuvia davri («plyuvia» lotincha so‘z boM ib-»yomg‘ir»
degan ma'noni beradi) boshlangan.
Geolog va arxeologlar er yuzida 4 muzlik davri - ginc, mindel, riss,
vyurm muzliklari boMganligini aniqlashgan. Bu nomlar muzlik
yotqiziqlari aniq saqlangan to‘rtta alp qishlogM nomidan olingan. Muz
bosish sabablari to‘g‘risida hali aniq flkrlar aytilmagan. Ginc va mindel
muzligi kengligi 0 ‘rta Evropagacha borib etgan. Eng keng hududni
egallagan muzlik davri Riss muzligi hisoblanib, uning markazi
Grenlandiya boMgan. Muzlik Amerika qit'asida nihoyatda katta
hududni, butun Evropa hududini egallagan. Muzliklar paleolit davrida
qalinligi 1, 2 km va undan ortiq boMib goh kengayib, goh torayib turgan.
Muzlikning siljishi jarayonida muzlik yotqiziqlari vujudga kelgan va
u morenalar deb atalgan. Uning ichida gil, qum qatlamlari, harsang tosh
va shag‘allar bo‘lgan. Vyurm bosqichida muzlik keng hududlarni
egallamagan.
Bu davrda 0 ‘rta Osiyoning tog‘li zonalarida muzliklar hosil
boMgan. Pasttekisliklarda esa yomg‘irlar uzluksiz yog‘ib, ko‘1 va
daryolar hosil boMgan. Havo goh sovub, goh iliq boMib turgan.
Odamlar tabiiy sharoitga moslashib, boshpana sifatida g‘orlami
o ‘zlashtirganlar va tabiiy olovdan foydalana boshlaganlar. Shuni aytish
kerakki, ibtidoiy odamlar barcha g‘orlarda ham yashamaganlar. Odatda
tagi tuproqli, quyosh nuri tushadigan, buloq suvi yaqin, ovchilik va
termachilik qilishga qulay g‘orlarda yashaganlar. Olduvay davri
makonlariga ko‘ra, ashel davri makonlari ko‘proq topilgan. Bu davr
odamlarining u davrga nisbatan ko‘paya boshlaganidan darak beradi.
Termachilikning ahamiyati pasayib, ovchilik ahamiyati oshgan.
Yashash uchun kurash odamlarni birlashtirgan. Bir tomondan, yirik
hayvonlami to‘da boMib ovlash zarur boMgan boMsa, ikkinchi tomondan,
g ‘orlarni o‘zlashtirish jarayonida u erdagi yiritqich hayvonlami haydash
va ulardan himoyalanish zarur boMgan.
Ilk paleolit davri makonlari G ‘arbiy Evropa, Afrika, Janubiy Osiyo,
Armaniston, 0 ‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Xitoy hududlaridan topib
o ‘rganilgan. 0 ‘rta Osiyo va QozogMstonning 20 dan ortiq joyidan
topilgan. Jumladan, Turkmanistonda Yangadja, Tojikistonda Onarcha,
Qizilqala, Qayroqqum, Ko‘hipiyoz, QirgMzistonda Xo‘jago‘r, Uchqo'r-
g ‘on, Farg‘ona vodiysida Selungur, KoMbuloqning quyi qatlami va
boshqalar.
0 ‘zbekiston hududidan ashel davriga oid yodgorliklami o‘rganishda
U.Islomov, K.A.Kraxmal, M.Qosimov, T.Omonqulovlarning tadqiqot-
lari diqqatga sazovordir.
Selungur makoni - Farg‘ona vodiysi hududida
ashel davriga oid
eng noyob makon.
Selungur g‘ori Farg'ona shahridan janubiy—
g ‘arbda Haydarkonning g ‘arbiy chekkasida joylashgan. Selengur g‘ori
dastlab 1958 yilda akademik A.P.Okladnikov tomonidan o'rganilgan
va u erdan bir necha tosh uchrindilar topilib, ularning yoshi
so‘nggi
paleolit davriga oid deb belgilandi. 1980 - 1988 yillarda arxeolog
OMslomov
boshchil igidagi
0 ‘zR
FAga
qarashli
Arxeologiya
institutining paleolit otryadi Selungur
makonni qayta tekshirdi.
Tadqiqotlar davomida 7 metr chuqurlikda o'rtacha qalinligi 20-40 sm
dan iborat 5 ta madaniy qatlam aniqlandi. Madaniy qatlamlardan
toshdan yasalgan mehnat qurollari: qoM cho‘qmori, to‘mtoq boltalar,
pichoqsimon qurollar, ko'plab tishli qurollar, qush tumshug‘iga
o‘xshash qurollar qazib olingan. Beshinchi qatlamdan ashel davriga
mansub qo‘l cho‘qmori topildi. U ajdodlarimiz ishlatgan ilk qurol-
dir. U nayzasimon shaklga ega boMib, qizil yashma toshdan tayyor-
langan.
Makonning eng muhim topilmalari boMgan odam suyaklari 3- va 2-
qatlamlardan topilgan. U erdan odamning elka suyagining bir boMagi,
bosh suyagi engak qismining bir boMagi, 14 ta tish topilgan.
Antropologlar
ularni
tadqiq
qilib,
ashel
davrida
yashagan
arxantroplar deb topdilar. Selengur odamining yashash davri va
uning tuzilishi to‘g‘risida munozaralar hali tugagan emas. Bu erda
topilgan tishlar 4ta shaxsga mansubligi aniqlangan. Shulardan biri pastki
tish bo‘lib, 40 yoshlardagi ayolniki degan fikrga kelingan. Selungur
odami o‘ziga xos tuzilishga ega. U arxantroplar va poleantroplar
o‘rtasida oraliq masofani egallaydi. Unda arxaik tuzilishning saqlanishi
olimlar fikricha, dag‘al o'simliklar bilan oziqlanganligidir. Antropolog
A.Zubov fikricha esa, u arxantroplarning maxalliy turidir.
Olimlar
uning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatish uchun unga Ferganatrop deb
nom berdilar. Mazkur odam olovdan foydalangan, ovchilik va
termachilik bilan shug‘ullangan. Ferganatropning topilishi 0 ‘rta
Osiyoning ilk paleolit davrida o'zlashtirilganligini ko‘rsatdi.
Selungur makonining yoshini aniqlashda ham ilgari olimlar uni
bundan 800-ming yillar oldin yashagan degan umumiy xulosani
bergan edilar. Lekin keyingi davrlarda arxeologlar K.Kraxmal va
OMslomovlarning olib borgan tadqiqotlari va bu ishga ko‘pgina soha
mutaxassislarini jalb qilinishi natijasida makonning yoshini 1,2 mln. yil
deb belgilandi.
KoMbuIoq makoni. Angren shahridan 10-12 km g‘arbda joylashgan
Oblik qishlogMdan 5 km shimoliy-g‘arbdagi qirlikda joylashgan.
KoMbuIoq manzilgohi ko‘p qatlamli boMib, ilk, o‘rta va so‘nggi
paleolit davriga oid qatlamlari boMib, u yerdan bugungi kunda 49
madaniy qatlam topilgan. Bu makon 1963 yilda dastlab aniqlangan.
Hozirgacha uning 19 m chuqurlikkacha boMgan joyida tadqiqot
o‘tkazilib, ilk, o‘rta va so‘nggi paleolit davrlariga oid asholar topib
o'rganildi. Ilk paleolit davriga oid qatlamidan
qoM cho‘qmorlari,
ishlanish texnikasi o‘ziga xos boMgan sodda tosh qirgMchlari topilgan.
Shuningdek, bu erdan kul, ko‘mir qoldiqlari va har xil hayvon suyaklari
topilgan. KoMbyloqda istiqomat qilgan odamlar ovchilik, termachilik
bilan hayot kechirganlar.
Mustaqillik yillarda ilk paleolit davrini o‘rganishda ko‘plab yutuqlar
qo‘lga kiritildi. Bunda arxeolog olimlar 0 ‘. Islomov, K.Kraxmalning
xizmatlari kattadir.
Dostları ilə paylaş: |