Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o
Pedagogik faoliyat turlari. Pedagogik faoliyat – bu pedagogning maxsus kasbiy tayyorgarligi va shaxsiy xulq-atvori qoidalariga amal qilgan holda ta’lim oluvchilarni har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya berish jarayonidir [85].
Pedagogik faoliyat o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro birgalikdagi faoliyati bo‘lib, ushbu faoliyat natijasida o‘qituvchi o‘quvchiga hissiy, axloqiy, intellektual va kasbiy jihatdan ta’sir etadi. O‘qituvchining pedagogik faoliyati o‘quvchining uch tomonlama rivojlanishiga olib kelishi lozim. Ular:
amaliy jihatdan o‘rganilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash qobiliyati va ko‘nikmalarini, shuningdek, ijodiy faoliyat usullarini shakllantirish;
mafkuraviy, axloqiy, estetik g‘oyalarni tushunishi, dunyoqarashning shakllanishi va h.k.
Biz o‘z tadqiqotimiz natijalaridan kelib chiqib informatika o‘qituvchisining pedagogik faoliyat turlarini bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan quyidagi qismlardan iborat deb topdik (1.1-rasm):
Yangi materiallarni yoritish uchun ko‘rgazmali
vositalarni ishlab chiqish
O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash uchun vositalar ishlab chiqish