N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə50/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

11.2. Innovatsion ta’lim texnologiyasida loyihalash metodi
Loyihalash metodi ta’lim texnologiyasining muhim bo‘g‘iniga aylanmoqda. Bu metod ta’lim oluvchilarga hayot tarziga moslashish, mustaqil, ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilishga yordam beradi.
Loyihalash (lot. rrojectus olg‘a tashlangan fikr, g‘oya, obraz) nomini o‘zi aytib turibdiki, kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish bo‘lib, proyekt ma’lum bir hisob kitob, chizma va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish shaklida mujassamlashgan g‘oya, fikrning ifodasidir. U bildirilgan fikrni mohiyatini va uni amalga oshirish imkoniyatlarini ochib beradi.
Loyihalash metodi ta’lim jarayonining muhim jihatlaridan biri bo‘lib, o‘qituvchining talabalar bilan individual ishlash imkonini beradi. O‘qituvchi dars vaqtidan unumli foydalanib, talabalarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan yakka tartibda ishlaydi. Bunda ularning kasbiy fanlarni chuqurroq egallashlariga kengroq yo‘l ochib beriladi. Loyihalash ishlarini tashkil etishda didaktik vazifaning qo‘llanilishi va uni hal etish muammolari ko‘rib chiqiladi.
Loyihalash metodi ta’lim oluvchilarni quyidagilarga:

  • fanning turli sohalaridagi bilimlarni bir butun holga keltirib, muammolarni topish va yechish, axborotlar oqimida mo‘ljal olishga;

  • faoliyatni tanlash huquqidan foydalanib, turli taxmin, g‘oyalarni ilgari surish, tadqiqot o‘tkazish, tahlil qilish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini aniqlashni;

  • o‘z faoliyati natijasiga mas’ul bo‘lish, mustaqil qaror qabul qilish, yutuqlar va kamchiliklarni aniqlash, uning sabablarini qidirish, xatolarni topish va to‘g‘rilashga;

  • turli yechim, takliflarning natijalarini ilmiy taxmin qilish(prognozlash); jamoada ishlash, turli nuqtai nazar, fikrlarning muhokamasida qatnashishni rag‘batlantiradi.

Loyihalash metodini qo‘llab, dars o‘tish jarayonida o‘quvchi, talabalarning vazifasi: iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga ega ishni bajarish, mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy, texnik, iqtisodiy va boshqa muammoni belgilangan vaqt davomida yechish yoki yechish uchun takliflar ishlab chiqish.
O‘qituvchining vazifasi: o‘quvchi, talabalarni mustaqil ijodiy faoliyatlarini unumli bo‘lishi uchun sharoit yaratish.
Bu metodni iqtisodiy fanlarni o‘rganishdagi muhim ahamiyati shundaki, talabalar biznes reja tuzishni, turli tanlovlarda qatnashish uchun loyihalar ishlab chiqishni o‘rganadilar. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni qanday tashkil etishning texnologik xaritasini ishlab chiqish, ya’ni darsni qanday o‘tkazishni mufassal rejasini ishlab chiqishni, umuman olganda, o‘z faoliyatlarini rejalashtirishni o‘rganadilar.
Shu bilan birga mazkur metodning o‘ziga xos xususiyatlari mavjudki, ularni, albatta, hisobga olish zarur.
Birinchidan, bu metodni mavzular, alohida predmetlar bo‘yicha qo‘llash juda qiyin. Chunki bir muammoning kelib chiqish sabablari nihoyatda xilma-xil. Ularni bir fan doirasida hal qilish qiyin. Ikkinchidan, barcha talabalar ham loyiha tayyorlab, qo‘yilgan muammoni yecha olmaydi.
Uchinchidan, bu metod o‘qituvchidan chuqur bilim, tajriba, o‘z ustida tinimsiz ishlash, turli loyihalarda shaxsan qatnashishini talab qiladi.


11.3. Metodning mazmuni va uni amalga oshirish bosqichlari

    1. Loyihalash metodini qo‘llash uchun birinchi navbatda loyihalash obyektini aniqlaymiz. Qanday masala, muammo mavjudki, uni yechib loyihaning natijasini qanday bo‘lishini belgilaymiz.

Bu o‘tilayotgan mavzu bo‘yicha qo‘yilgan savol yoki yechimini kutayotgan dolzarb masala bo‘lishi mumkin. Loyiha talabalarning o‘z xohishlari, qiziqishlariga ko‘ra tanlagan ilmiy izlanishlari bo‘lishi mumkin yoki o‘qituvchi taklif qilishi mumkin. Har ikkala holda ham talabalar zarur axborotlarni to‘plashlari, ularni tahlil qilishlari zarur. Tahlil asosida qaror qabul qilib, loyiha ishlab chiqishdan maqsad qo‘yiladi va qanday natijaga erishilishi belgilanadi.

    1. Maqsadni aniqlagach, loyihaning mazmunini belgilaymiz. Uning qisqacha mazmunini beramiz.

    2. Reja asosida amalga oshirish uchun vazifalar belgilanadi, ya’ni faoliyat rejasi ishlab chiqiladi. Loyihaning umumiy tavsifi oydinlashadi. Aniq faoliyatga asos yaratiladi. Loyihani amalga oshirish uchun tuzilgan reja aniq bo‘lishi, haddan tashqari murakkab bo‘lmasligi kerak. Umumiy rejadan tashqari haftalik va oylik rejalar tuziladiki, uning asosida talaba bajaradigan ishlarni yanada oydinlashtiradi.

    3. Loyiha qatnashchilari belgilanadi.

Loyiha qatnashchilari o‘z qiziqishlari, fikr doiralari bilan birbirlariga yaqin, yordam beruvchi o‘quvchi, talabalar bo‘lib, ularni loyihada qo‘yilgan maqsad birlashtiradi. Ularni yoniga keyinchalik boshqa qatnashchilar ham qo‘shilishi mumkin. Lekin qatnashchilar haddan tashqari ko‘payib ketishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun loyihada har bir qatnashuvchining bajaradigan vazifasi aniq yozib qo‘yiladi.

    1. Loyihani amalga oshirish muddatlari belgilanadi. Agarda u bosqichlarga bo‘linsa, uni ham muddatlari bilan ko‘rsatiladi.

    2. Loyihalash va uni amalga oshirishning bosqichlari:

1-bosqich. Loyihani ishlab chiqish. Unda loyihani amalga oshirish shakllari va vositalari, bosqichma-bosqich natijalari ham ko‘rsatiladi.
2-bosqich. Loyihada belgilangan vazifalar bajariladi.
Bu bosqichda talabalar mustaqil ravishda individual va guruh bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni bajaradilar. Material, axborot to‘playdilar. To‘plangan ma’lumotlarni muhokama qiladilar. Jadvallar, grafiklar ishlab chiqadilar. Namoyish etiladigan, illyustrativ materiallar tayyorlashadi.
3-bosqich. Loyihaning barcha qatnashchilari tomonidan tayyorlangan ishlar bir butun qilib birlashtiriladi. Avval loyihaning xomaki varianti yozib chiqiladi. So‘ngra yakuniy variant tayyorlanadi. Rasmiy talablar asosida taxlanadi.
4-bosqich. Loyihaning so‘nggi varianti ekspertga, taqrizga beriladi. Bunda matn aniq asoslangan bo‘lib, bajarilgan ishlarning mazmuni va erishilgan natijalarni gavdalantirishi kerak. Matnda, albatta, jadvallar, grafiklar, chizma, dasturlar va boshqa shunga o‘xshash materiallar bo‘lishi shart.
5-bosqich. Ish taqrizga beriladi. Loyihaga ekspert xulosasini olinadi, tashqi taqriz natijasini eьlon qilingach, tugallangan hisoblanadi.
6-bosqich. Loyiha taqdimoti. Taqdimot loyihada bajarilishi belgilangan mezonlar asosida jyuri yoki komissiya a’zolari tomonidan baholanadi. Jyuri a’zolari tarkibi loyiha ishlab chiqilayotganda aniqlanadi. Tayyorlangan loyihani ko‘rib chiqib, tanlanib, so‘ngra tayyorlangan hisobot ko‘rib chiqiladi.
Jyuri ishni baholashi uchun baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Bu mezonlar muammoni o‘rganish darajasi, matnni aniq, tushunarli tarzda bayon qilinishi, o‘ziga xosligi, rasmiylashtirish sifati, ko‘rgazmali, namoyish materiallardan foydalanilgani, berilgan takliflar va ularni muammoni yechishga yordam berishi va boshqa jihatlarini mujassamlashtirilgan bo‘lishi kerak. Dars jarayonida kichik guruhlar tayyorlagan loyihalarni o‘qituvchi boshchiligida talabalardan tuzilgan hay’at baholashi mumkin.
Talabalar tomonidan tayyorlangan loyihalarni baholash mezonlari:




Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin