N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


Kasbiy mahoratni shakllanishi jarayonida ijodkorlik masalalarini muhokama va tahlil etish



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə52/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

11.4. Kasbiy mahoratni shakllanishi jarayonida ijodkorlik masalalarini muhokama va tahlil etish
Pedagogik san’at vaziyat bilan bog‘liq. Pedagogik mahorat-bu behad izlanish va azob-uqubatli kechinmalar, ilhom va betakror nurlanish oni, ko‘pdan-ko‘p kundalik ishlar, hafsalasi pir bo‘lish va bolalar bilan birgalikda boshdan kechirilgan vuvonchdan qanoat hosil qiladilar. Har qanday ijodkorlik, buning ustiga pedagogik ijodkorlik quruq joyda faqt hissiy ta’sirlar asosida boshlanishi mumkin emas. Tarbiya san’atida o‘zining pedagogik texnikasi, o‘zining “bir qolipdagi” mehnat madaniyati borki, ularni bilib olish zarur.
Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu-kasbga oid blimlarni puxta o‘zlashtirishdan iborat. O‘qituvchi o‘quv yurtidayoq ilmiy bilimlar tezligini puxta egallab olish kerak. Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta rol o‘ynaydi, ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar tezligining mavjudligi o‘qituvchida faqat o‘z sinfini hamda ayrim o‘quvchilarni o‘rganish va ularning to‘g‘ri fe’latvorlarini tushunishganiga emas, balki baholar jamoasi va uning har bir a’zosini rivojlanishi istiqbolini ham belgilash imkonini beradi.
O‘qituvchilik kasbi ulug‘ va sharafli, murakkab, o‘z o‘rnida mas’uliyatli kasblarini biridir. Dunyoqarash barcha insonlarni komil bo‘lib yotishishida o‘qituvchi sababchi bo‘ladi. o‘qituvchi mehnatini biror narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi.
O‘qituvchini o‘zini mahorat egasi sanasa, u quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalarni egallagan bo‘lishi zarur:
1. O‘qituvchi dunyoqarashi keng, hamma voqea, hodisa ustida erkin fikr yurita olishi zarurdir.
2. Mustaqil O‘zbekistonimiz o‘qituvchisi birinchi galda o‘zi o‘qitadigan fanni chuqur egallagan bo‘lgandagina o‘qituvchilarda umumiy va kasbiy ta’lim sifatini oshira oladi va ularda fan-texnika hamda maliy faoliyatga qiziqsa va istak hosil qila oladi.
3. O‘qituvchi hozirgi davr fan-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va uning har minutidan unumli foydalanishi zarur.
4. O‘qituvchi yaxshi o‘qituvchi bo‘lishi uchun pedagogika, psixologiyaga qo‘shib, o‘z fanining metodologiyasini bilmog‘i lozim.
5. O‘qituvchining umumiy madaniyati yuqori bo‘lishi bilan birga, bu kasb adabiyot va san’at sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi.
6. O‘qituvchi pedagoglik odobiga rioya qilishi kerak.
O‘qituvchi pedagoglik mahoratini va har tomonlama bilimga ega bo‘lishi kerak, chunki uning o‘qituvchilar har sohada murojat qilishlari mumkin. Va nihoyat, o‘qituvchida o‘qituvchiga xos bo‘lgan qobiliyatlar mujassam bo‘lishi zarur.



Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin