N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə60/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Tayanch iboralar: mustaqil ish, mustaqil ishni tashkil qilishning shakllari, vaqtini taqsimlash, blended learning tushunchasi an’anaviy, elektron va aralash ta’lim “faol talaba” tushunchasi va o’zlashtirishni baholash, kredit modul tizimi, bilimni nazorat qilish va baholash


Takrorlash va munozara uchun savollar

  1. O‘quv jarayonida mustaqil ishlarning tutgan o‘rni qanday?

  2. Nima sababdan mustaqil ta’limga alohida e’tibor qaratilayapti?

  3. Mustaqil ta’limning asosiy maqsadi nima? U qanday vazifalarni bajaradi?

  4. Talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning qanday asosiy prinsiplarini bilasiz?

  5. Kurs ishi, ilmiy doklad, referat va boshqa mustaqil ishlarni bajarish, sizningcha, qanday ahamiyatga ega?

  6. Talabalar vaqtini samarali taqsimlash deganda nimani tushunasiz?

  7. Bitiruv malakaviy ishi va uni bajarishga qo‘yilgan talablarni bilasizmi? Siz ularni ko‘ngildagidek bajara olishga ishonchingiz komilmi?

14-MAVZU. BILIMNI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH
Reja:
14.1. O‘quv jarayonida nazoratning o‘rni va roli, nazorat shakllari
14.2. Talabalar bilimini sinash va baholash usullari
14.3. O‘quv jarayonini tashkil qilish, talabalar bilimini sinash va baholashda jahon amaliyotini qo‘llash



14.1. O‘quv jarayonida nazoratning o‘rni va roli, nazorat shakllari
O‘quvchi-talabalar bilimini, muntazam baholash ularni predmetni o‘rganishga undaydi. Baholashning adolatli bo‘lishi va bilimiga ko‘ra tabaqalanishi, ularni predmetni puxta o‘zlashtirish uchun intilishga olib keladi.

O‘quvchi-talabalar bilimini sinash va baholash orqali:

  1. Baholash jarayonida talabalar fan bo‘yicha nimalarni bilishi, qanday savollarni chuqurroq o‘rganishi zarurligi, zaif jihatlari aniqlanadi.

  2. O‘qituvchi talabalarning bilimini baholash jarayonida qanday savol, masalalarni o‘zlashtirgani haqida axborotga ega bo‘ladi.

  3. Ota-onalar farzandlarining muvafaqqiyatlari haqida axborot olishadi.

  4. O‘qituvchi va o‘quv yurti ma’muriyati o‘quvchi-talabalar bilimini baholash orqali ularni kursdan kursga ko‘chirish haqida qaror qabul qilishadi. O‘quvchi-talabalar bilimini sinash va baholash nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lib, uni amalga oshirishning qator tamoyillari mavjud.

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy tamoyillari:

  • barcha talabalarni jalb etish;

  • dastur materiallarini to‘la qamrab olish; talabalarga tabaqali yondashish;

  • talabalar bilimini adolatli baholash;

  • muntazam tarzda nazorat va baholashni amalga oshirishga rioya qilish, ularni o‘z ustida tinimsiz ishlash, o‘qish, o‘rganishga undaydi.

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashga zamon talabidan kelib chiqqan holda yondashish talab etiladi.
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirishini baholash semestr, o‘quv yili davomida muntazam ravishda olib boriladi.
Talabaning har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirishi, baholashning quyidagi turlari orqali amalga oshiriladi:
joriy baholash ( JB ) oraliq baholash ( OB ) yakuniy baholash ( YaB )
Joriy baholashda fanning har bir mavzusi bo‘yicha talabaning o‘zlashtirishi aniqlab, baholab boriladi. U odatda seminar darslari, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari jarayonida amalga oshiriladi.
Oraliq baholash semestr, o‘quv yili davomida fanning bir necha mavzusi, qismi, bo‘limi bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng o‘tkaziladi. Unda muayyan savol, muammo, test, masalamashq va boshqalar yordamida talabaning mavzuni o‘zlashtirish darajasi, qobiliyati, mahorati aniqlanadi va baholanadi. Yakuniy baholashda, fanning semestr yoki o‘quv yili davomida o‘tilgan hajmi doirasida talabaning fanni o‘zlashtirish darajasi baholanadi.


14.2. Talabalar bilimini sinash va baholash usullari

Talabalar bilimini sinash va baholashda qanday usulni tanlash, o‘tilayotgan fan, qo‘yilgan maqsad, o‘qituvchining tanlovi kabilarga bog‘liq.
Talabalar bilimini baholashda test muhim o‘rin tutadi. Testlar talabalar bilimini baholash, bilim olishga ko‘maklashishdan tashqari masala yechish, referat yozish yoki savolga og‘zaki yoki yozma javob yozish kabilardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi.
Testlar talabalar bilimini nazorat qilishning obyektiv usuli hisoblanadi, sababi unda o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida vujudga kelgan munosabatlar hech qanday rol o‘ynamaydi va talaba bilimini baholashga ta’sir etmaydi.
Testlarni yakuniy nazoratdan tashqari mavzuni boshlashdan avval ham, joriy va oraliq nazoratda ham qo‘llash mumkin.
Mavzu bo‘yicha dars o‘tishdan avval qo‘llanilgan pretestlar talabalar diqqatini shu testdagi asosiy xatolarga, o‘rganilayotgan kategoriyalarga qaratish imkonini beradi. Pretestda unga tanish bo‘lmagan g‘oya, tushuncha, gohida alohida so‘z bilan to‘qnash kelib, ularni mustaqil o‘rganishga harakat qiladi. Ular talabani mustaqil ishlashga undaydi, yo‘llanma beradi.
Oraliq testlar darsni o‘zlashtirish jarayoni qanday kechayotganini nazorat qilish imkonini beradi. Oraliq testlarning natijasini muhokama qilish jarayonida fandagi asosiy tushunchalarni samarali takrorlash va xotirada saqlash imkoni vujudga keladi. Testlar talabalar bilimini butun dastur bo‘yicha, shuningdek, tor tanlash doirasida yoki alohida ahamiyatga ega, yoxud an’anaviy o‘zlashtirish qiyin tushuncha, mavzular bo‘yicha nazorat qilish, baholash imkonini beradi.
Testlar talabalar bilimini tez tekshirish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, oraliq testlar o‘tkazish uchun qulay, chunki test javoblariga ko‘ra o‘qituvchi dastur bo‘yicha o‘z ishini, dars o‘tiladigan savollarni ko‘rib chiqadi, kelgusida dars o‘tishda qaysi savollarga ahamiyat berishni mo‘ljallaydi.
Testlar talabalar bilimini sinash va baholashda qator afzalliklarga ega bo‘lish bilan birgalikda, kamchiliklari ham bor. Test savollarini tuzish ko‘p mehnat, vaqt talab qiladi. Shuning uchun keyingi paytlarda o‘qituvchilar ko‘proq tayyor test savollaridan foydalanishmoqda. Testning yana bir kamchiligi, tavakkal qilib javob topishning mumkinligidir.
Iqtisodiy fanlar, ma’lumki, iktisodiy mantiqiy fikrlashga o‘rgatibgina qolmay, o‘z fikrini atrofdagilarga tushuntirish, o‘rtoqlashish, nutq so‘zlash, ilmiy munozaralar olib borish, boshqa kishilarni fikrini tanqidiy nuqtai nazardan baholashga ham o‘rgatishi kerak. Testlar esa bunday imkoniyatga ega emas.
Talabalar bilimini sinash va nazorat qilishda masala, mashqlardan ham keng foydalanish mumkin. Masala – mashqlar talabaning bilimini keng ko‘lamda tekshirish, olgan nazariy bilimini real hayotda qo‘llay bilish imkonini ochib beradi. O‘rganilayotgan savolni mohiyatini talaba tushungani yoki tushunmaganini aniqlaydi.
Bu usulning ham o‘ziga xos kamchiliklari bor. Birinchidan, talabani hisoblash bilan birga keng mushohada yuritishga yo‘naltiruvchi masalamashqlar tuzish oson emas. Ikkinchidan, talabalar hisobkitobga haddan ziyod berilib ketib, nazariy jihatdan tahlil qilishga kam e’tibor qaratishadi. Uchinchidan, masalamashqlar tor doiradagi savollarni qamrab oladi.
Talabalar bilimini sinash va baholashning keyingi paytda keng qo‘llanilayotgan usullaridan biri yozma ish yozishdir. Uning afzalligi shundaki, yozma ish uchun savollar oson tuziladi. Talabalarni o‘z fikrlarini ijodiy ravishda bayon qilishlari uchun katta imkoniyat mavjud. Undan tashqari tavakkal qilib, javob berib bo‘lmaydi.
Talabalar bilimini sinash va baholashda yozma ish yoki esse yozishdan foydalanish mumkin.
Yozma ishning kamchiligi uni o‘qib chiqish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Baholash qiyin. Ko‘p savollarni qamrab olmaydi. U esse tarzida yoki tayanch ibora, atamalar asosida yozma topshiriq tarzida bo‘lishi mumkin.
Esse yoki yozma topshiriq berilar ekan, har bir talabaning ishini obyektiv baholash uchun baholashning mezonlarini ishlab chiqish kerak. Bu mezonlarda talabalarning ishi ball bo‘yicha qanday baholanishi ko‘rsatiladi.
Yozma ishni baholashda ikki xil yondashish mavjud. Birinchisi, reyting usulidan foydalanish. Bu usulda ishning umumiy sifati qiziqtirib, ayrim tomonlariga e’tibor berish zaruriyati yo‘q bo‘lsa, qo‘l keladi. Odatda, bu usul ko‘proq tayanch iboralarga asosida yoziladigan yakuniy nazorat ishida qo‘llaniladi. Yozma ish sifatiga ko‘ra ish 35 kategoriyaga bo‘linadi. So‘ngra ular ishning sifatiga ko‘ra tabaqalashtirib baholanadi. O‘qituvchi yozma ishni talabalarga qanday mezonga ko‘ra baholanishini tushuntirishi kerak.
Yozma ish o‘quv yilining oxirida yakuniy baholash uchun o‘tkazilib, ko‘p variantli usulda qo‘llaniladi. Har bir variantda asosiy savol va tayanch tushunchalar bo‘lib, ularga alohida javob yoziladi.
Qo‘yilgan savolga to‘g‘ri va to‘la javob yozilsa, savolning mohiyati, mazmuni yoritilib, boshqa iqtisodiy hodisa, jarayonlar bilan bog‘lab, hayotiy misollar bilan boyitilib, izchil, mavjud adabiyotlarda yoritilishiga baho berishga intilsa, mantiqiy yaxlitlikka erishilsa, talabaga yakuniy nazorat uchun ajratilgan maksimal ballning 86 – 100 foizi darajasida baholanadi.
Berilgan savolga to‘g‘ri javob yozilsa, qo‘yilgan savollarning mazmuni, sabablari ochib berilsa, boshqa iqtisodiy hodisa va jarayonlar bilan aloqadorligi, bog‘lanishlari ko‘rsatilsa, hayotiy misollar bilan asosan to‘g‘ri yoritilsa, lekin ta’rif berishda va hayot bilan bog‘lashda ayrim noaniqliklarga yo‘l qo‘yilsa, yakuniy nazorat uchun ajratilgan maksimal ballning 71 – 85 foizi darajasida baholanadi.
Qo‘yilgan savolga asosan to‘g‘ri javob yozilsa, biroq masalaning mohiyati, mazmuni, boshqa hodisa va jarayonlar bilan aloqadorligi to‘la yoritilmasa, hayotiy misollar keltirilmasa yoki qisman keltirilsa, bunday ish maksimal ballning 56 – 70 foizi darajasida baholanadi.
Berilgan savolga javob yozilmasa, noto‘g‘ri yoki yuzaki javob yozilsa, uning mazmuni, sabablari, boshqa iqtisodiy hodisa va jarayonlar bilan aloqadorligini bayon qilishda, hayotiy misollar keltirishda chalkashliklarga, xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa, ish yakuniy nazoratga ajratilgan maksimal ballning 0 – 55 foizi darajasida baholanadi.
Ikkinchi yondashishdagi baholash mezonida, ishning sifati avvaldan ishlab chiqilgan baholash standarti bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu usul rubrikasiyalash deyiladi. Bunda mezonlar alohida rubrikatlarga bo‘linib, har biri qancha ball bilan baholanishi ko‘rsatiladi. Ishni baholashda rubrikasiya jadvalidan foydalaniladi. Bunday yondashish ko‘proq esselarni baholashda qo‘llaniladi.
Talabalarni avvaldan ularning ishi qanday baholanishi bilan tanishtirib chiqish mumkin. Bu ularga ishni yozishda mo‘ljal bo‘ladi. Yuqori ball olish uchun nima qilish kerak, ishni qanday yozish zarurligini avvaldan chamalash imkonini beradi.
Talabalar bilimini baholashda an’anaviy og‘zaki savol-javob, suhbat ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bunda talaba bilan jonli muloqot olib boriladi. Talaba o‘z fikrini o‘rtoqlashish, boshqalarning nuqtai nazarini tahlil qilish uchun katta imkoniyatga ega. Lekin bu usulda subyektiv omil asosiy o‘rinda turadi.
Talabalar bilimini sinash va baholashni ijodiy topshiriq berish, tanlov o‘tkazish va uni baholash tarzida ham qo‘llash mumkin. Bu talabalarga keng imkoniyatlar beradi. Ular o‘z qobiliyatlarining turli qirralarini ochadilar. Chunki bunday nomerlarni tayyorlash talabalardan topqirlik, fantaziya, yumorni ilg‘ash xislatlari va boshqalarni talab qiladi. Ularni hamma mavzular uchun qo‘llab bo‘lmaydi. Ularni tayyorlash uchun nihoyatda ko‘p vaqt talab qilinadi. Natijada ko‘zlangan maqsadga erishmaslik mumkin. Baholash qiyin. Talabalar o‘rtasida sifat jihatdan farqni ilg‘ash qiyin.
Yakuniy baholash semestr yakunida o‘tkazilib, yakuniy baholashda talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari ishchi o‘quv dasturidan kelib chiqqan holda fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. Yakuniy baholash og‘zaki so‘rash, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish, suhbat, yozma ish, masala-mashq yechish yoki test o‘tkazish usulida amalga oshiriladi.

14.3. O‘quv jarayonini tashkil qilish, talabalar bilimini sinash va baholashda jahon amaliyotini qo‘llash

Hozirgi taraqqiyot darajasi global miqyosda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirishga, ta’lim olishning uzluksizligini ta’minlashni asosiy vazifaga aylanishiga olib keldi.
Keyingi yillarda:

  1. generasiya tizimi va bilim berish murakkablashdi;

  2. mavjud bilim va axborot tizimi bir necha barobar o‘sdi;

  3. bilimda eskirish tezligi yuqori;

Shuning uchun olingan fundamental, asosiy bilim ma’lum davrda qo‘shimcha ta’lim dasturi bilan to‘ldirib turilishi va malaka oshirib turilishini talab qiladi.
Ma’lumki, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar o‘z navbatida ishchi kuchi malakasi, mahoratini yuqori bo‘lishini, ishchi kuchiga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga moslashuvchan, o‘z malakasini oshirishga intiluvchan bo‘lishni talab etadi. Mehnat bozori ishchi kuchini moslashuvchanligiga alohida talablar qo‘yadi. Shuning uchun jahon tajribasida:

    • o‘qish va ish jarayonini yaqinlashtirish va moslashuvchanligini ta’minlash, ularni bir-biri bilan bog‘lash;

    • ishchi kuchi safarbarligini orttirish;

    • ta’lim berish va bandlikning moslashuvchan shakllarini qo‘llash;

    • ish vaqti va ta’lim vaqtini bog‘lash, ta’lim vaqti muddatiga va boshqalarga e’tibor berilmoqda.

Talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qilish obyektiv zaruriyatga aylandi.
Buning uchun talabalarni mustaqil izlanish, fikrlash, turli qarashlarni taqqoslash, tahlil qilish, xulosa chiqarishga o‘rgatish lozim. Shuning uchun jahon pedagogikasida e’tibor talabalarda ana shu xislatlarni hosil qilish va tarbiyalashga qaratildi. Tajriba talabalarda aynan ana shu xislatlar, ko‘nikmalarni hosil qilishda dars berishning interaktiv metodlarini qo‘llash ijobiy natija berishini ko‘rsatdi. Bu uslublar dars o‘tishni dialog tarzida amalga oshirishga, ayniqsa, talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta’minlashga qaratilgan. Jahon tajribasida o‘qituvchi yuqori darajada darsni tashkil qilishi, bilimi, talabalarni o‘z faniga qiziqtira olishi, shu fanning tayyorlanayotgan mutaxassislik bo‘yicha naqadar zarurligi jihatidan raqobat qila olishiga katta e’tibor beriladi. O‘qituvchining asosiy vazifasi:

  1. Talabalarni mustaqil ishini tashkil etish, ularni semestr davomida o‘z ustida ishlashga o‘rgatish.

  2. Turlicha dars berish metodlarini qo‘llab, talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta’minlash.

Talabalarni mustaqil ishini tashkil qilish va o‘z ustida uzluksiz ishlashi, izlanishini ta’minlashda jahon tajribasida «Sillabus (Syllabus)» muhim o‘rin tutadi. Sillabus bu o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasidagi shartnomadir. Sillabusda kafedra tomonidan: a) fan bo‘yicha albatta o‘rganilishi zarur bo‘lgan mavzular ko‘rsatilishi mumkin;
b) o‘qituvchilar dasturda ko‘rsatishlari shart bo‘lgan komponentlarni aniqlab berishi mumkin. Boshqa topshiriqlarni o‘qituvchining o‘zi belgilaydi.
Sillabusda ko‘rsatilishi shart bo‘lgan komponentlar:

  1. O‘qituvchi haqida ma’lumot (O‘qituvchining ismi, sharifi, kafedrada bo‘ladigan vaqtlari, muloqotda bo‘lish uchun boshqa axborotlar).

  2. Fan haqida ma’lumot: fanning va mutaxassislikning nomi, fanga ajratilgan soatlar, ma’ruza, amaliy (seminar) mashg‘ulot, laboratoriya ishiga ajratilgan soatlar, qaysi semestrda o‘tilishi va dars o‘tiladigan auditoriya.

  3. O‘rganilayotgan fanni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar majmuasi.

  4. Mazkur fanni o‘rganib bo‘lgach, talabaning bilim darajasi, ko‘nikma va xabardor sohalari doirasi.

  5. O‘qitiladigan fan haqida qisqacha ma’lumot, uning maqsadi va vazifalari.

  6. Ma’ruza, seminar (amaliy), mashg‘ulot mavzulari, ularga ajratilgan soatlar. Mavzular bo‘yicha mustaqil ravishda bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar.

  7. Adabiyotlar ro‘yxati: asosiy adabiyotlar va qo‘shimcha adabiyotlar, jumladan, elektron adabiyotlar, matbuot nashrlari, internet manbalari;

  8. Baholash bo‘yicha axborotlar: bilimni baholash shkalasi, mezonlari, ularni bajarishga bo‘lgan talablar (rubrikasiya jadvali);

  9. Baholash jarayoni va siyosati. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • barcha ishlarni baholash qoidalari (maksimal ball, rag‘batlantiruvchi va shtraf ballari);

  • imtixon, yakuniy baholashning mezonlari;

  • yakuniy baholash va uni appelyasiya qilishning qoidalari;

  • darsga kechikib kelish, auditoriyada o‘zini tutish, berilgan topshiriqni muddatida bajarmaslik, imtixonda qatnashmaslik oqibatlari.

Har bir talaba yil boshidan o‘z faoliyatini sillabus asosida tashkil etadi.
Hozir O‘zbekistonda ham jahon tajribasidan kelib chiqqan holda o‘quv jarayoniga uning ayrim elementlarini tatbiq etishga harakat qilinayapti. USAID CAR dasturi bo‘yicha seminar qatnashchilari bo‘lgan o‘qituvchilar bu borada o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar. Albatta talabalar faoliyatini «Sillabus o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida shartnoma» asosida tashkil etish ularni chuqur bilim olishlari, puxta malakaga ega bo‘lishlariga yordam beradi. Lekin uni tom ma’noda qo‘llash talabalarda tanlov asosida o‘tiladigan fanlar, kurslarni, dars beradigan o‘qituvchilarni o‘zlari tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishlarini taqozo qiladi. Lekin hozircha buning uchun imkoniyat yetarli emas.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin