N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


O‘quv loyihasi va uning mazmuni



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə62/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

15.1.O‘quv loyihasi va uning mazmuni
Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda o‘quv dasturi mazmunining mukammalligi, darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarning zamonaviy talablar asosida yaratilganligi, o‘quv rejasi mohiyatining nazariy va amaliy jihatlariga ko‘ra yagona maqsadga erishish uchun xizmat qilishi, mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish imkonini beruvchi pedagogik shart– sharoitlarning mavjudligi, pedagog va talabalar o‘rtasida samimiy, ijobiy munosabatlarning qaror topishi kabi masalalar inobatga olinadi.
Muayyan o‘quv mashg‘uloti jarayonining loyihasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning dastlabki bosqichi o‘quv predmetining mundarijasidan joy olgan mavzu yoki faoliyat mazmuniga doir manbalarni o‘rganish, chunonchi, materiallarni yig‘ish va ularni mohiyati bilan tanishib chiqish, ularda ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish, turkumlashtirish hamda yaxlitlashdan iborat.
O‘quv predmetining mavzusi yoki faoliyat mazmuniga doir manbalar mohiyatini o‘rganib chiqish pedagog uchun talabalar e’tiboriga taqdim etilayotgan mavzu xususida ularga batafsil, mukammal ma’lumotlarni bera olish, ta’limning umumiy jarayonini tasavvur etish imkonini bera oladi.
2-bosqich. Ikkinchi bosqich o‘quv predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) yuzasidan yagona, umumiy maqsadni aniq belgilash, umumiy maqsad doirasida kichik bo‘lim (band)lar bo‘yicha hal etiluvchi xususiy maqsadlarni ham belgilash, ta’lim maqsadiga erishish yo‘lida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.
Ta’lim maqsadi va vazifalarining aniq, puxta belgilab olinishi o‘qituvchi, shuningdek, talabalar faoliyatini muayyan yo‘nalishga solish, ta’lim maqsadiga erishishda vaqtdan unumli foydalanish, ta’lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan didaktik va tarbiyaviy muammolarning oldini olish, mavjud shart–sharoitlardan oqilona foydalanishga zamin hozirlaydi.
Ikkinchi bosqich natijasi o‘quv predmetining mavzusi bo‘yicha yagona, umumiy hamda xususiy maqsadlar, shuningdek, vazifalarni qayd etish bilan tavsiflanadi.
3-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning uchinchi bosqichi ta’lim maqsadi va vazifalariga tayangan holda o‘quv jarayonining mazmunini ishlab chiqishdan iboratdir.
Ta’lim jarayoni o‘quv materiali mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar majmuini ifoda etish imkonini beradi. Ta’lim mazmunida, shuningdek, talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan tushuncha, ko‘nikma hamda malakalarining xajmi ham o‘z ifodasini topa olishi kerak. Zero, ta’lim mazmuning g‘oyaviy jihatdan mukammalligi talabalar tamonidan muayyan bilim, ko‘nikma hamda malakalarning o‘zlashtirilish darajasi bilan belgilanadi.
Uchinchi bosqich samarasi talabalar tamonidan ma’lum tushunchalarning o‘zlashtirilishi, ko‘nikma va malakalar shakllanishini ta’minlovchi shartlarning ishlab chiqilganligida namoyon bo‘ladi.
4-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning eng muhim bosqichi hisoblangan bu bosqichda mashg‘ulotning shakli, metod va vositalarini tanlash kabi harakatlar amalga oshiriladi.
Mazkur bosqichning muhimligi shundaki, aynan mashg‘ulotning shakli, metod va vositalari ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini taminlashga olib keladi. Ular yordami bilangina o‘quv predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) borasidagi nazariy bilimlar o‘quvchilarga uzatiladi, talabalar tomonidan esa ushbu bilimlar qabul qilib olinadi. Muayyan mashg‘ulot uchun eng maqbul deb topilgan shakl, metod va vositalarning belgilanishi ta’lim jarayonining foizlik samaradorligini ta’minlaydi. Yangi pedagogik texnologiyalarning asosiy mohiyati aynan ana shu bosqichda ochib beriladi.
Talabalarni ijodiy izlanish, faollik, erkin fikr yuritishga yo‘naltiruvchi ta’lim shakli, metod va vositalarining to‘g‘ri tanlanishi mashg‘ulotlarning qiziqarli, bahs – munozaralarga boy bo‘lishi, ijodiy tortishuvlarning yuzaga kelishiga turtki bo‘ladi. Mana shu holatdagina talabalar tashabbusni o‘z qo‘llariga oladilar, o‘qituvchining zimmasida esa ularning faoliyatini ma’lum yo‘nalishga solib yuborish, umumiy faoliyatni nazorat qilish, murakkab vaziyatlarda yo‘l–yo‘riq ko‘rsatish, maslahatlar berish hamda ular faoliyatini baholash kabi vazifalar qoladi.
5-bosqich. Navbatdagi bosqichda talabalar tamonidan bilim, malaka, ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishi uchun yetarli deya belgilangan vaqt hajmi, ya’ni talabalarda muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan ma’lum tushuncha, ko‘nikma va malakalarning qancha vaqt oralig‘ida o‘zlashtirilishi mumkinligi aniqlanadi.
6-bosqich. Bu bosqichda topshiriqlar tizimi ishlab chiqiladi. Bosqich natijasi sifatida ishlab chiqilgan topshiriqlar tizimining samaradorligiga alohida e’tibor berish talabi mazkur bosqichning asosiy sharti hisoblanadi.
Mazkur bosqichda ishlab chiqilgan mashqlar tizimini quyidagi guruhlarga bo‘lish maqsadga muvofiqdir: mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar tamonidan yechilishi lozim bo‘lgan mashqlar; darsdan tashqari sharoitlarda bajarilishi ko‘zda tutilgan mashqlar (uy vazifalar).
Talabalar e’tiboriga havola etilayotgan mashqlar bir-birini to‘ldirishi, o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik va eng muhimi evolyusion xususiyat kasb eta olishi lozim.
7–bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning yettinchi bosqichida talabalarning umumiy faoliyatlarini nazorat qilish va test tizimini ishlab chiqish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan test tizimining ishlab chiqilishi talabalarning mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan ma’lum tushunchalarni o‘zlashtirish, shuningdek, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantira olganlik darajalarini aniq va xolis aniqlay olish imkonini beradi. Test tizimini ishlab chiqishda testlarning izchil, uzviy hamda bir–birlari bilan uyg‘un bo‘lishlariga ahamiyat berish zarurdir.
8-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning so‘nggi bosqichi yaratilgan loyiha (andoza)ning ta’lim jarayoniga tadbiq etilishi, ta’lim jarayonining yakuniy darajasini o‘rganish bilan nihoyalanadi.
Mazkur bosqichda ta’lim jarayonining umumiy ahvoli, erishilgan yutuq hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularning yuzaga kelish sabablari tahlil etiladi, navbatdagi Mashg‘ulotlar jarayonida sodir bo‘lgan kamchiliklarni oldini olishga qaratilgan chora–tadbirlar belgilanadi.



Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin