N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


O‘quv loyihasining uslubiy pasporti



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə64/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

15.3.O‘quv loyihasining uslubiy pasporti
O‘quv loyiha ishi to‘g‘risida hisobot tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma:
1. Tanlagan mavzuning dolzarbligini asoslangan holda isbotlang (1 betdan ko‘p bo‘lmagan matn).
2. Siz hal etmoqchi bo‘lgan muammoni (5-6 so‘z bilan) asoslang.
3. Loyiha maqsadingizni: uni nima uchun yaratilishi, oxirgi mahsulni qanday bo‘lishi va u kimga qaratilganligini (1-3 taklif orqali) ko‘rsating.
4. Loyiha vazifalarini (qisqa va bir ma’noli) ifodalang.
5. Loyihaning ish rejasini bayon eting (jadval).
6. Vazifaning yechimi natijalari va loyihada bajarilgan ishlarni sanab o‘ting: qisqa va lo‘nda, loyiha bajaruvchilarini ko‘rsatgan holda (jadval).
7. Siz taklif etgan loyiha mahsulini tatbiq etish imkonini tasdiqlovchi xulosalar va (zarur bo‘lsa) uni iste’molchilariga ko‘rsatmalarni shakllantiring (1 betdan ko‘p bo‘lmagan matn).
8. Bajarilgan ish bo‘yicha foydalanilgan manbalar ro‘yxatini tarkiblashtiring.
9. Baholang:
- loyiha sifati,
- loyiha ustida ishlash jarayoni: ishning natijaviyligi, qiyinchiliklar va uni yengib o‘tish yo‘llari.
10. Ilovalarni tarkiblashtiring: loyiha ishining ish materiallarini kiriting (xohishingizga ko‘ra).
O‘quv loyihasini MS Power Pointda taqdimotga tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma
1. MS Power Pointda taqdimotga tayyorlash jarayoni quyidagilardan iborat:

  • taqdimot turini tanlash;

  • taqdimotni umumiy rasmiylashtirishni tanlash;

  • slaydlarni mazmunli tomonlarini tanlash;

  • yangi slaydlar va uning mazmunini qo‘shish;

  • slaydlarni belgilashni tanlash;

  • zarur bo‘lganda slaydlarni rasmiylashtirishni o‘zgartirish;

  • slaydlarni namoyish etish vaqtida turli ovozli animasiyalarni yaratish.

2. Slaydlarni texnik namoyish etish quyidagi tavsiflarga javob berishi kerak:
 Slaydlar miqdori (8-12).
 Slaydlarni mazmunli ko‘rsatkichlari:
- birinchi slayd: loyiha nomi, muallif familiyasi, № o‘quv guruhi, yaratilgan kunidan iborat;
- oxirgi slayd axborot manbaiga bag‘ishlangan;
- boshqa slaydlar loyiha mazmunini ixtiyoriy shaklda aks ettiradi.
 Slaydlar o‘z-o‘zidan ishlash tartibida namoyish ettiriladi.
3. Taqdimotni rasmiylashtirish qoidasi
 Matn, ayniqsa, u og‘zaki nutq bilan birgalikda bo‘lsa, quyidagicha bo‘lishi zarur:
- yuqori axborotli;
- bog‘lovchili;
- aniq va qisqa;
- oddiy sintaktikli (...quyidagilarga e’tibor bering, quyida taqdim etilayotgan... ro‘yxatlar kabi aylantiruvchi kirish so‘zlari kamroq bo‘lishi) bularning barchasini ma’ruzachini o‘zi gapirishi mumkin. Oddiy tuzilgan gaplar o‘rni bilan tanishtiradi va yozuvni kattaroq qilishga imkon beradi;
- tushunarli, mantiqiy, aniq (ayniqsa, termin va ta’riflarda) bo‘lishi zarur.
 Ommaga taqdim etishdan oldin matnni tekshirishga erinmang.
 Ovoz tiniq bo‘lishi kerak. Taqdimotni ovozli qilish kerak emas, bunda sharhlovchini ovozini eshitib bo‘lmaydi - eng yaxshisi ma’ruzachini jonli ovozi hisoblanadi.
 Rasmlar aniq va yetarlicha kattaroq bo‘lishi zarur. Rasmlar illyustrativ emas, balki dekorativ xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Rasmlarni bezash predmetning asl mazmunidan chalg‘itadi.
 Rasmlar o‘lchamini kattalashtirishga harakat qilmang – Siz faqatgina sifatini yo‘qotasiz.
 Video - tasmalar taqdimot oynasini uchdan bir qismini egallashi zarur.
 Jadvallar yaxshi farqlanuvchi ma’lumotlar bilan birga, ularning tagidagi aniq, yirik yozuvlardan iborat. Jadvallar nomlanishi, zarur bo‘lsa qisqacha sharhlanishi kerak.
 Jadvallarni haddan ziyod ma’lumotlar bilan to‘ldirish kerak emas!
Jadvalga qancha ko‘p ma’lumotlar kiritilsa, ularni ekrandan qabul qilish shunchalik qiyin bo‘ladi.
Katta hajmdagi jadvallarni (xuddi shunday chizmalarni ham) taqdimot boshlashdan avval alohida qog‘ozga chiqarib, auditoriyada o‘tirganlarga tarqatish zarur.
 Chizmalar bir bo‘limdan boshqa bo‘limga aniq va mantiqiy ravishda o‘tish chiziqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. O‘tish chiziqlarini ekranda aniq ko‘rinishiga ishonch hosil qiling.
 Animasiya.
Zamonaviy texnik vositalar animasion chizmali fayllarni yaratish imkonini beradi (kengaytirilgan gif).
O‘QUVCHILARGA USLUBIY KO‘RSATMALAR
Loyiha faoliyatini bosqichma-bosqich bajarish uchun yo‘riqnoma
1. Guruh sardorini tanlang.
2. Diqqat bilan loyiha topshirig‘i bilan tanishing.
3. Ma’lumotnoma tuzilishini aniqlang.
4. Ishtirokchilar o‘rtasida loyihani ishlab chiqish bo‘yicha hamda uni rasmiylashtirish, taqdimotga va hisobotga tayyorlash bo‘yicha vazifalar va faoliyat turlarini taqsimlang.
5. Ish rejasini tuzing
6. Axborot manbalarini aniqlang, axborotni yig‘ing va uni matn, jadval, chizma hamda sharhlash ko‘rinishida rasmiylashtiring (Diqqat! Ushbu vazifani barcha guruh ishtiroqchilari bajaradi).
7. Natijalarni ma’lumotnoma ko‘rinishida materiallarni rasmiylashtiring (1-ta talaba).
8. Hisobotni tayyorlash yo‘riqnomasi bo‘yicha, hisobotni tayyorlang (2-ta talaba) .
9. Loyihani Microsoft Power Point bo‘yicha tayyorlash yo‘riqnomasidan foydalanib, taqdimotga tayyorlang (2-ta talaba).
10. Loyiha taqdimotida guruh a’zolari o‘rtasidagi vazifalarni aniqlang. Og‘zaki taqdimotga tayyorgarlik vaqtida uning qoidalariga rioya qiling, og‘zaki taqdimot sirlarini esdan chiqarmang.



Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin