N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


Sinkveyn (axborotni yig‘ish) metodi



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə72/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Sinkveyn (axborotni yig‘ish) metodi murakkab g‘oya, iqtisodiy tushunchalarni bir nechagina so‘zlar bilan ifodalashni o‘rganish. orqali mavzuni yaxshiroq anglashga, o‘zlashtirishga yordam beradigan metod.
Stimul (turtki) shaxs psixikasi motivlarining shakllanishini ta’minlovchi tashqi ta’sir.
Suhbat metodi kuzatuv chog‘ida yetarli darajada aniq bo‘lmagan zarur axborotni olish uchun qo‘llanadigan muloqot, tadqiqot metodi. Og‘zaki javobga asoslangan, keng tarqalgan shakli hikoya va bayon qilishdir.
Tadqiqot metodi axborotlar, dalillar, ma’lumotlar asosida tadqiqot o‘tkazish jarayonida qatnashish orqali dars o‘tishning talabalarni axborot to‘plash va uni ustida ishlash, xulosa chiqarib, baholashga o‘rgatish jarayonida mavzuning mazmunini o‘zlashtirishga, ilmiy izlanishni o‘rganishga qaratilgan metod.
Tadqiqot ob’yekti ziddiyat va muammoli vaziyat tug‘diruvchi, bilishga qaratilgan ilmiy tahlilga muhtoj ob’yekt.
Tadqiqot predmeti bevosita o‘rganilishi lozim bo‘lgan va amaliy yoki nazariy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadigan ob’yektning mohiyati, ma’lum bir tomoni, xususiyati.
Talqin qilish biror hodisa yoki narsani izohlash, tushuntirish.
Tanqidiy nazar metodi matnning mazmunini tadqiq qilish, taqqoslash, shaxsiy tajriba bilan bog‘lash va o‘z munosabatini bildirishni o‘rgatadigan metod.
Ta’lim 1) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining yagona jarayoni, ijtimoiy etalonlarning ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli yo‘naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni;

  1. muayyan bilimlarni egallash g‘oyaviyaxloqiy, qadr, malaka, ko‘nikma, axloq me’yorlariga qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy mustaqil tizim.

Ta’lim dasturi – o‘quv fanlarining bakalavriat yo‘nalishlari yoki magistratura mutaxassisliklariga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq kadrlarning zaruriy va yetarli darajada tayyorgarligini ta’minlovchi bloklarga jamlangan ro‘yxati.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin