N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə73/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Ta’lim maqsadi – ta’lim berishdan(olishdan) ko‘zlangan muddao.
Ta’lim mazmuni – o‘qitish jarayonida egallash lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar ma’nosi, hajmi va xarakteri.
Ta’lim sifatini nazorat qilish – o‘qitish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish.
Tafakkur inson aqliy faoliyatining oliy shakli, insonlarni o‘rab olgan dunyodagi o‘zaro bog‘langan narsa va hodisalarning bilish jarayoni, muhim hayotiy jarayonlarni his qilish va muammolarni hal qilish, ma’lum bo‘lmagan voqeahodisalarni qidirish, kelajakni ko‘ra olish. Tafakkur tushuncha, hukm, xulosa shakllarida namoyon bo‘ladi.
Tahliliy ijodiy vazifalarni guruh bo‘lib yechish metodi iqtisodiy fikrlashni muvofiq ravishda bildirilgan fikrlarning eng maqbulini tanlash va tavsiyalar ishlab chiqishni o‘rgatishga qaratilgan metod.
Test 1) standart shakldagi topshiriqlar bo‘lib, aqliy taraqqiyot, qobiliyat, bilim va malakani aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan sinovdir; 2) aniq sosiologik tadqiqotlarda foydalanadigan tarqatma material, savolnoma; 3) shaxs ruhiyati va xulqining aniq miqdoriy va ma’lum sifat baholarini oldindan berilgan ba’zi standart test me’yorlari bilan qiyosiy o‘rganishga mo‘ljallangan psixologik tadqiqotlarning standartlashtirilgan metodi.
Test metodi ko‘zlangan maqsadga ko‘ra, savol qo‘yib, unga birbiriga yaqin bir necha, lekin to‘g‘risi bitta bo‘lgan javoblar mujassamlangan topshiriq, mashqni bajarish orqali fanni,mavzuni o‘rganishga, o‘quvchi-talabalar bilimini sinashga qaratilgan metod.
Tushuncha atrofmuhitdagi hodisalar, predmetlarning muhim xususiyatlarini, ular orasidagi aloqa va munosabatlarni bilish.
Faoliyat – 1) ongli maqsadga ko‘ra boshqariladigan kishining ichki(ruhiy), tashqi(jismoniy) faolligi; 2) atrofmuhitni kishilar tamonidan maqsadga muvofiq qayta bunyod etish.
FSMU metodi o‘quvchi-talabalarni mustaqil, erkin fikrlash va o‘z fikrini himoya qilishga, o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini baholashga, bahslashish madaniyatini va unga rioya qilishni o‘rgatadigan metod.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin