N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


Mavzuni o‘rganishdan qo‘yilgan maqsad



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə69/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Mavzuni o‘rganishdan qo‘yilgan maqsad – mavzuni o‘rganish tufayli erishiladigan natijani oldindan fikran belgilash.
Malaka shaxsning o‘zi egallagan bilimlari asosida ma’lum bir faoliyatni yangi sharoitdagi yangiliklar bilan birga, samarali bajarish qobiliyati.
Malaka amaliyoti – o‘quv jarayonining nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikma va uquv hosil qilish, ta’lim dasturining ma’lum yakuni, qismidagi mavzu bo‘yicha materiallar to‘plash uchun o‘tkaziladigan qismi
Masala yechish metodi berilgan raqamlar, dalillar, hujjatlar asosida hisobkitob qilish orqali noma’lum natijani topish, uni tahlil qilish va xulosa chiqarishni o‘rgatadigan metod.
Masofadan (distansion) o‘qitish talabani mustaqil bilim olishga asoslangan ta’lim jarayonini yangicha tashkil etish bo‘lib, ko‘pincha yoki doimo o‘qituvchidan vaqt va masofa jixatidan ajralgan holda, o‘quv materialini xatlar, topshiriqlar yoki audiovizual vositalar orqali mustaqil o‘rganishdir.
Mafkura g‘oya va qarashlar tizimi.
Ma’ruza (arabcha, leksiya (lot. lectio) o‘qish) o‘quv materiali, biror masala, mavzu kabilarning izchil, ma’lum bir tizimga solingan bayoni.
Mashq o‘zining bilimlarini chuqurlashtirish hamda tegishli malaka va ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida harakatlarni og‘zaki va yozma ravishda takror amalga oshirish.
Mashqlardan foydalanish metodi – fanni o‘rganish, malaka, ko‘nikmalar hosil qilish uchun tayyorgarlik ko‘rish, takrorlash va sinab ko‘rishga qaratilgan metod.
Maqsad faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.
Maqtov – foydali ish qilgan shaxsni, jamoani og‘zaki taqdirlash.
Metod yunoncha «methodos tadqiqot yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib: 1) tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish, bilish yo‘li; 2) haqiqatga intilish, bilish, harakat qilish yo‘llari; 3) kutilayotgan natijaga erishish usullari; 4) voqelikni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish usullari
Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi (pedagogika yunoncha paidagogike) bo‘lib, shaxsni shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to‘g‘risidagi hamda ta’lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli va metodlari (uslublari), qisqacha aytganda, ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan. U «qay tarzda?» va «nimalar yordamida o‘qitish?» lozim masalalari bilan shug‘ullanadi.
Metodologiya (yunon. methodos va logios) faoliyatning tarkibi, mantiqiy tuzilishi, metod va vositalari haqidagi ta’limot.
Metodologiya 1) dunyoni ilmiy bilish metodi haqidagi ta’limot; 2) biror fanda, shu jumladan, pedagogikada qo‘llaniladigan metodlar majmui

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin