N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə68/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Kasbiy tayyorgarlik bo‘lajak mutaxassisning psixologik, jismoniy hamda ilmiynazariy va amaliy tayyorgarligi.
Keys stadi metodi «sase study method» o‘quvchi-talabalarni qaror qabul qilishga o‘rgatishda muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni o‘rganish metodi.
Kitob ustida mustaqil ishlash metodi o‘quv axborotini o‘quvchitalaba uning o‘ziga xos sur’atda va qulay vaqtda olishini ta’minlashini hisobga olib, kitob ustida mustaqil ishlashni o‘rgatish asosida fanni o‘rganishga qaratilgan metod.
Kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tish metodi – guruhni ma’lum bir mezonlar asosida 3-6 o‘quvchi-talabadan iborat kichik guruhlarga bo‘lib, ularni hamkorlikda ishlash, bilish jarayonini puxtalashtirish, boshqalarning fikrini eshitishga o‘rgatadigan, mas’uliyat talabalar zimmasiga yuklanib, ular faolligini oshirishga qaratiladigan dars o‘tish metodi.
Klaster (axborotlarni yoyish) metodi keng qamrovli fikr yuritish, o‘rganilayotgan tushuncha (kategoriya, hodisa)lar, g‘oyalar o‘rtasida muhim bo‘lgan bog‘lanishlarni aniqlash, keng ko‘lamli fikr yuritish malakasini shakllantirishga qaratilgan metod, pedagogik strategiya.
Konseptual (mohiyati, asosini ifodalovchi) jadval, xarita asosida fanni o‘rganish metodi – o‘quv materiallarida ko‘rgazmalilik orqali fikr yuritish, qiyoslash, taqqoslash, tahlil qilish, baho berishga o‘rgatadigan metod.
Kuzatish biror (pedagogik va boshqa) hodisa, jarayon bo‘yicha aniq faktlar, dalillar, axborot olish maqsadini ko‘zlagan idrok etishning shakli.
Ko‘nikma o‘rganish natijasida qo‘lga kiritilgan, biror harakatni nazoratsiz, avtomatik tarzda bajarish qobiliyatlari.
Laboratoriya ishi asbobuskunalar va boshqa texnik moslamalardan foydalangan holda tajribalar o‘tkazish, biror hodisani maxsus jihozlar yordamida o‘rganish.
Loyihalash metodi – o‘rganilishi lozim bo‘lgan mavzu, muammo, masalani aniqlab, uni yechish uchun kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadni va uni bajarish qanday natijaga olib kelishini loyihada aks ettirish hamda uni amalga oshirishni o‘rgatadigan metod.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin