N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə65/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Tayanch iboralar: Loyihalash, rejalashtirish, tashkillashtirish, ijodiy rivojlantiruvchi, o‘quv loyihasi, loyiha pasporti, bosqichlar.


Nazorat va muhokama qilish uchun savollar

  1. O‘quv loyiha va uning mazmuni nimadan iborat?

  2. Loyihaviy ta’limning asoslari qanday?

  3. O‘quv loyihaviy faoliyat qanday amalga oshiriladi?

  4. O‘quv loyihasining uslubiy pasportini so‘zlab o‘ting.

  5. Talabalarning o‘quv yutuqlari nazoratining ahamiyati va uning vazifasi nimadan iborat?

  6. O‘qitish natijalari nazoratidagi testni tushuntirib o‘ting.

  7. Bilim, ko‘nikma va malakalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish testlarini qanday ishlab chiqish mumkin?

IZOHLI LUG’AT (GLOSSARIY)


Akkreditasiya – faoliyat yuritishga ishonch bildirish va muvofiq ravishda berilgan hujjat, ya’ni faoliyat darajasining qo‘yilgan mezon va talablarga javob berishini davlat tomonidan e’tirof etilishi.
An’anaviy dars o‘tish darsning asosiy maqsadi ko‘proq tushuntirishga qaratilgan, o‘qituvchi bilim beruvchi, o‘quvchi-talaba bilim oluvchi rolini bajaruvchi dars o‘tish.
Attestasiya – mutaxassislarning ishga layoqatini, malakasini, bilim darajasi va xulqatvorini aniqlash va shu asosda ishga tayinlash yoki unvon berish.
Axloq shaxsni jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan burchini belgilab beruvchi me’yorlar tizimi, ma’naviy xulq qoidalari, ijtimoiy ong shakllaridan biri.
Aqliy hujum metodi – qo‘yilgan muammo, masala, savolga nisbatan barcha o‘quvchi-talabalarning o‘z fikrini bildirishini ta’minlash asosida ularni darsga faol qatnashish, o‘z nuqtai nazaridan yondashishga yo‘naltirish, bildirilgan fikrlarni saralashga o‘rgatuvchi metod.
Bayon qilish o‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan mavzu, materialning mazmunini izchil so‘zlab berish metodi.
«Bilaman, Bilmoqchiman, Bildim (B/B/B)» metodi kitob, ilmiy maqolalarni o‘qishga, bilmaganlarini o‘rganishga harakat qilishga yo‘naltiradigan metod.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin