N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


Loyihaviy ta’limning asoslari



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə63/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

15.2. Loyihaviy ta’limning asoslari
Loyihaviy ta’lim pedagogika amaliyotida qat’iy yangi tushuncha emas, pedagogikada ―o‘quv loyihasi‖ tushunchasi 300 yildan ortiq qo‘llanilib kelmoqda.
Nemis pedagogi M. Knollning tadqiqotiga ko‘ra, ―loyiha” (o‘quv loyihasi. – K.X.,L.G.) tushunchasining paydo bo‘lishi XVI asrga taalluqli bo‘lib, italiyalik me’morlarning me’morlikni fan deb e’lon qilib, uni o‘quv fanlari darajasiga chiqargan holda o‘z faoliyatlarini kasbga aylantirishga urinishlari bilan bog‘liq. Rim san’at akademiyasida (Academia di San Luca) asosiy fanlar bo‘yicha ma’ruzalarga muhim element — tanlov qo‘shilgan edi.
Eng yaxshi talabalarga cherkov, haykal, saroy eskizini tayyorlash topshirig‘i berilib, ular ustida ishlash jarayonida talabalar olingan bilimlarni mustaqil va ijodiy qo‘llashni o‘rganganlar. 1702 yildan (o‘quv loyihalari) tanlovi o‘quv yilining doimiy tadbiriga aylandi. U tuzilishi jihatidan hal etilishi lozim bo‘lgan vazifa, uni bajarish muddati, natijalarni baholash uchun jyurini kiritgan holda, haqiqatda tanlovga to‘liq mos kelgan. Biroq tanlovga taqdim etilgan ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmaganligi munosabati bilan, ular ―progetti, ya’ni ―eskizlar, ―rejalar, ―loyihalar deb nomlangan.
Shunday qilib, pedagogika nuqtai nazaridan ―loyiha” Rim akademiyasida ilk bor uchraydi. Bundan loyihaviy ta’limning uch yuz yildan ortiq asosiy mazmunga ega uch didaktik belgisi meros bo‘lib qolgan:
1. O‘quvchilarni ko‘zda tutish, u loyihani mustaqil va javobgarlik bilan amalga oshirish davomida bilim olishni anglatadi.
2. Voqelikni ko‘zda tutish, u voqelikka yaqin sharoitda amaliy vazifani ishlab chiqishda ifodalanadi.
3. Mahsulotni ko‘zda tutish, u rejalashtirilgan natijaga erishish uchun fannning turli sohalarida bilimlarni qo‘llashni ko‘zda tutadi.
XVIII asr oxirida muhandislik kasblari paydo bo‘lishi natijasida o‘quv loyihasi dastlab Fransiya, so‘ngra Germaniya, Avstriya, Shveysariyadagi, XIX asr o‘rtalarida esa AQSHdagi texnika va sanoat oliy maktablarida tarqaldi.
Nemis tadqiqotchisi M.Knollning ta’kidlashicha, o‘quv loyihasining Yevropadan Amerikaga arxitekturadan muhandislik ishiga o‘tishi tabiiyki, uning turi, asoslash va qo‘llash usuliga ta’sir etdi. Mashinasozlik sohasi professori S. Robinson tahsil olayotganlardan nafaqat chizma taxtasida loyihalarni yaratish, balki ularni ustaxonalarda loyihalashtirilgan buyumni tayyorlash jarayonini bajarish orqali amalga oshirishni talab etardi. S.Robinson ―amaliy muhandislarni tayyorlashda loyiha ishining yetakchi roli to‘g‘risidagi fikrni bayon etish, shuningdek uning ishlab chiqarish sinflari tajribasi bilan aloqasini hisobga olgan holda, loyihalashni yoshlarning ijtimoiy rivojlanishiga imkon beruvchi ―demokratik ish deb atadi.
Loyihalar usuli “o‘qitish usuli didaktik toifa sifatida XIX asr boshlarida shakllandi. Bu davrda pragmatik pedagogika doirasida ― erkin tarbiya g‘oyalari yuzaga keldi. Tahsil oluvchiga olamni shaxsiy tajribasida faol o‘rganish imkonini berish orqali unda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish zarurligiga ishonish bu turli-tuman yondashuvlarni birlashtiruvchi kuch bo‘ldi. Pragmatik pedagogika asoschisi amerikalik faylasuf va pedagog Dj. Dyui ta’limga quyidagi yangicha insonparvarona yondashuvning asosiy konseptual qoidalarini ishlab chiqdi va asosladi:
• amaliy natija beruvchi ishgina haqiqiy va qimmatli hisoblanadi;
• bola ontogenezda atrof olamni bilishda insoniyat bosib o‘tgan yo‘lni takrorlaydi (induksiya usuli orqali xususiydan umumiyga);
• bilimlarni o‘zlashtirish – tabiiy, boshqarilmaydigan jarayon;
• bola ta’limning faol sub’yekti bo‘lgan holda, bilimlarga ehtiyoj yuzaga kelgandagina axborotni o‘zlashtirishi mumkin.
Dj.Dyui nazariyasiga ko‘ra, muvaffaqiyatli ta’lim shartlari quyidagilar hisoblanadi:
• o‘quv materiallarining muammosi;
bolaning bilish faolligi;
• ta’limning bola hayotiy tajribasi bilan aloqasi;
• ta’limni faoliyat (o‘yin, mehnat) sifatida tashkil etish.
Dj.Dyui ta’limni tahsil oluvchiga hayotda aynan zarur bo‘ladigan bilimlarga qiziqishni anglagan holda, uning maqsadga muvofiq faoliyati orqali faol asosda tashkil etishni taklif etgan.
V.Kilpatrik – dunyoga mashhur ―Loyiha usuli asari muallifi (1918 y.) zamonaviy ―loyihaviy talim tushunchasi uchun dolzarb mazkur ta’lim usulining didaktik asoslarini shakllantirdi:
 V. Kilpatrikning fikriga binoan, ayni paytda umumiy manfaat asosida birlashgan bolalar guruhining yuqori darajadagi mustaqillik bilan ―chin yurakdan bajargan har qanday faoliyati loyiha hisoblanadi;
 maktab bolalarni hozircha namoyon bo‘lmagan, lekin kelajakda kutiladigan muammolar bilan to‘qnashuvga tayyorlashi kerak;
 loyihaviy ta’lim muammoni hal etishga asoslanadi. Lekin u maqsad qo‘yilib, uni hal etishga intilish mavjudligida loyihaga aylanadi;
 o‘qituvchi ma’ruzachi emas, balki maslahatchi vazifasini bajarishi:
o‘quvchilarga ma’lumotni qayerdan olishni aytish, olingan bilim va ko‘nikmalar kundalik hayotda qay tarzda asqotishini tushuntirishi kerak;
 loyihaviy faoliyat natijasida doimo muayyan mahsulot yaratilishi zarur.
U.X.Kilpatrik tahsil oluvchida loyihaviy faoliyatga maqsadga kuchli intilishni uyg‘otishning imkoni bo‘lmaganda, loyihalar usulini qo‘llashdagi cheklovlarni ham ta’kidlab o‘tadi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, U.Kilpatrik ―loyihalar usuli tushunchasini asoslab, uni tahsil oluvchilarni ko‘zda tutish bilan cheklangan ta’limot usuli sifatida ko‘rib chiqqan. U.Kilpatrik loyihalar usuli bo‘yicha faoliyat yurituvchi maktab dasturini belgilagan holda, ta’limning mazmuni va uni tashkil etishni qator o‘zaro bog‘liq shunday tajribalarni amalga oshirish bilan bog‘laydiki, bir tajribadagi tahsil oluvchilar tomonidan olingan ma’lumotlar boshqa tajribalar oqimining boyitilishi va rivojlantirilishiga xizmat qiladi.
Loyihalar usulining amerikalik pedagoglar orasida ommalashuvi uning tushunchasi kengayishiga olib keldi. Shuday qilib, Ye.Kollings loyihalar usuli tavsiflarini to‘ldirgan holda quyidagilarni ajratadi:
 tahsil oluvchilarning loyihani rejalashtirish, amalga oshirish va baholashdagi mustaqilligi;
 o‘qituvchining vazifasi o‘zgarishi;
 ta’limning muammoli va faoliyatli xarakteri;
 boshqa fanlar, maktabdan tashqari faoliyat bilan aloqa;
 mahsulotga qaratilgan natijaga erishish;
 amaliyot orqali tekshirish.
XX asr boshlarida Missuri shtatida Ye. Kollings maktabi bilan bir qatorda yangi-yangi tajriba maktablari ochila boshladi.
Dalton shahridagi Yelena Parkxest maktabida pedagogika faoliyati ―uchta kit asosiy prinsiplariga asoslangan bo‘lib, quyidagilarda ifodalanadi: bolaning erkinligi; uning bollar guruhi bilan o‘zaro munosabati; dars vaqtining qulay taqsimlanishi.
Deklarasiyalangan va tahsil oluvchiga real tarzda taqdim etiladigan erkinlik shaxsiy ta’lim sur’atini tanlash imkoniyati orqali ta’minlanadi.
Ikkinchi prinsipning ta’minlanishi turli yoshdagi guruhlarning o‘zaro muloqoti orqali amalga oshiriladi. Dars vaqtini taqsimlashda qat’iy nazoratning yo‘qligi ruhiy bosimdan xalos etib, har bir o‘quvchining sarflangan vaqt uchun javobgarligini oshiradi. Garchi bu maktabda asosiy va qo‘shimchaga bo‘linsa-da, hamma fanlarni o‘rganishda loyihalar usuli qat’iy qo‘llanildi.
Amerika tajriba maktablarida qo‘llanilgan shakl va usullarning xilma-xilligidan qat’iy nazar, bir umumiylikni farqlash mumkin. Uning mohiyati shundaki, yaratuvchanlik faoliyati orqali asosiy deb olingan rivojlantirish ta’limi prinsiplari loyihaviy tafakkur asoslarining shakllanish g‘oyalarini deyarli ortda qoldirdi. Bunday ijodiy izlanishlarning maqsadi va shiori – har bir bolaga shaxsiy va umumiy moyilliklarini rivojlantirishda yordam berish, bu loyihaviy ta’limga yangicha yondashuvlarni belgiladi:

  • ta’limning yo‘naltirilishi va alohidalashuvi;

  • loyihalar ustida guruh bo‘lib ishlashdan foydalanish;

  • tahsil oluvchilarning tashabbuskorligi va mustaqilligini ta’minlash.

XX asrning 30-yillarida Amerika pedagogikasida U.Kilpatrik konsepsiyasining tanqidi keng tarqaldi. Hamkasblar quyidagilarni haqqoniy ta’kidladilar:
 loyihalar usuli gipertrofiyasi – unga ta’limning asosiy usuli nufuzini berish, bu o‘quvchilarning nazariy bilimlari yetarlicha shakllanmaganligini izohladi;
 o‘qituvchining vazifasini maslahatga yo‘naltirish.
Natijada bu ta’lim usuli Amerika maktablarida ba’zan qo‘llanilib, keyinchaklik undan texnika, tabiiy-ilmiy va qishloq xo‘jaligi fanlarini o‘rganishdagina foydalanildi. Amerika pedagoglarining ishlanmalari bilan deyarli bir vaqtda Rossiyada loyihaviy ta’lim g‘oyalari ishlab chiqildi. 1905 yilda bu yerda S.T.Shaskiy boshchiligida darsni loyihalashtirishdan bilim va ko‘nikmalar o‘rtasida aloqa va ularning amaliyotda qo‘llanilishini ta’minlovchi vosita sifatida faol foydalanishga uringan xodimlar guruhi tuzildi.
V.X.Kilpatrikning ― Loyihalar usuli. Maqsadli ko‘rsatmani pedagogika jarayonida qo‘llash risolasi chop etilgach, loyihaviy ta’lim dastlab Rossiyadagi tajriba, so‘ngra ba’zi ommaviy maktablarda keng tarqaldi (1925 g.). Biroq sovet olimlari (V.N. Shulgin, M.V. Krupenina, B.V. Ignatyev) loyihalar usulini ta’limning asosiy usuli sifatida ko‘rib chiquvchi E. Kollinzning xatolarini hisobga olmadilar. Shu davrga xos ifodaning qat’iyligi ―Loyihalar usuli ta’lim maktabini hayot maktabiga aylantirish formulasida bayon etildi. Bu giperbollash (va ma’lum ma’noda - bachkanalashtirish) natijasida majmuaviy-loyihaviy dasturlar ishlab chiqildi (1929-1930), ularda o‘quv fanlari rad etilib, bilimlarni o‘qituvchi boshchiligida muntazam o‘zlashtirish esa ―Savodsizlikni bartaraf etishga yordam beramiz, ―Mas’uliyatsizlarni aniqlashga yordam beramiz va hokazo loyiha topshiriqlarini bajarish bo‘yicha tahsil oluvchilar bilan ishlash bilan almashtirildi. Buning natijasida ―o‘quv reja va dasturlari siqib chiqarildi, o‘qituvchining o‘rni kamsitilib, o‘quvchilarni fan asoslari bilan qurollantirish tartibsiz va balandparvoz ma’lumotlarni to‘plash bilan almashtirildi, maktab o‘z mavqeini yo‘qotdi.
Pedagogika tarixining hozirgi tadqiqodchilari ta’kidlaydilarki, o‘tgan asrning 20-yillarida loyihalar usulidan foydalanish maktabda ta’lim sifatining haqiqatda yo‘l qo‘yib bo‘lmas qulashiga olib keldi. Bu hodisaning sabablari orasida quyidagilar farqlanadi:
– loyihalar bilan ishlashga qodir pedagogika xodimlarining yo‘qligi;
– loyiha ishi uslubiyatining sust ishlanganligi;
– loyihalar usuli gipertrofiyasining boshqa ta’lim usullariga zarari;
– loyihalar usuli‖ning pedagogika nuqtai nazaridan savodsiz kompleks dasturlar g‘oyasi bilan mosligi.
Shu bilan birga, loyihaviy ta’limning afzalliklari jahon pedagoglar jamoatchiligi tomonidan baholandi. XX asr boshlarida loyiha usulidan Amerika ta’lim strategiyasi sifatida oqilona foydalanildi, rivojlantirildi.



Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin