N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


Pedagog tarbiyachi, o‘qituvchi, dars beruvchi. Pedagogika



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə71/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Pedagog tarbiyachi, o‘qituvchi, dars beruvchi.
Pedagogika yosh avlod ta’lim va tarbiyasi haqidagi fan.
Pedagogikaning nazariy vazifasi ilg‘or va yangi pedagogik tajribalarni o‘rganish.
Pedagogik jarayon ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o‘zaro munosabatlari.
Pedagogik jarayon tamoyillari pedagogik faoliyatni tashkil etishning asosiy talablari bo‘lib, u pedagogik jarayonning yo‘nalishini ko‘rsatadi va uning qonuniyatlarini ochib beradi.
Pedagogik malaka muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi.
Pedagogik mahorat pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish, harakatga keltira olish (A.S.Makarenko), pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini ta’minlovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezi.
Pedagogik texnologiya – «ishlab chiqarish» natijasi «mahsuloti» ma’lum malakaga ega bo‘lgan mutaxasis tayyorlash uchun ilmiy asoslangan didaktik jarayonni amalga oshirish, ya’ni o‘qitish jarayonini qo‘yilgan maqsadga ko‘ra izchil ketmaketlikda turli vosita, metodlarni qo‘llash orqali samarali ta’lim natijasiga erishishning ishonchliligini ta’minlovchi, kafolatlovchi pedagogik faoliyat.
Pedagogik faoliyat ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning alohida turi.
Rasionalizasiya metodlarni yoki biror ishharakatni takomillashtirish.
Sezgi ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, his qilish. Ular insonning ko‘zi, qulog‘i, burni, tili, terisi orqali yuz berib, bilishning boshlang‘ich vositachilari hisoblanadi.
Semantik (ma’nosini ifodalash) xususiyatlar tahlili metodi axborotlarni kuzatishni ma’lum bir maydon jadval va grafiklar orqali ifodalash va ular orqali g‘oyalar, tavsiyalar, takliflar berishga o‘rgatadigan metod..
Seminar (lot. seminariym – manba, ko‘chma ma’noda maktab) – o‘quv amaliy mashg‘ulot shakllaridan biri. Asosan oliy o‘quv yurtlarida, ilmiy to‘garak, anjumanlarda qo‘llaniladigan turlituman dialog asosida olib boriladi. Odatda seminar darsida talabalarning bilimi, o‘z ustida ishlash darajasi aniqlanadi, nazorat qilinadi.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin