N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə70/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Modellashtiruvchi o‘yin bilim olishga qaratilgan va ma’lum bir pedagogik natijani ko‘zlagan hamda turli (imitasion, amaliy, rol ijrosiga asoslangan) o‘yinlar yordamida ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshiruvchi faoliyat.
Motiv ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo‘ladigan kishining ichki faoliyat mazmuni.
Motivasiya – biologik jihatdan insonning irsiy va to‘plangan tajribasi asosida individual va guruhiy ravishda ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan, undaydigan tuyg‘u.
Muammoli vaziyat – hayotdagi yoki o‘quv vaziyati bo‘lib, u mashaqqat bilan hal qilinadigan masala tufayli yuzaga keladi.
Muammoli ma’ruza talabani o‘ylashga, taqqoslashga, yechimini topishga undaydigan ma’ruza.
Muammoli o‘qitish o‘quv mashg‘ulotini tashkil etish shakli bo‘lib, unda pedagog rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi va uning hal qilinishida ta’lim oluvchilar faol mustaqil harakat qiladilar.
Munozara 1) matbuotda, suhbatda biror bahsli masalani muhokama qilish, bahs. 2) muayyan muammo bo‘yicha fikr almashishga asoslangan ta’lim metodi.
Mustaqil ishlar bilimlarni egallash bilan birga ko‘nikmalarni shakllantirish ham mustaqil amalga oshiriladigan faoliyat, vazifa.
Nazariy tahlil pedagogik hodisalarni alohida jihatlari, belgilari, xususiyatlari, o‘ziga xosligini aniqlash va tahlil etish.
Ob’yekt insonning, sub’yektning bilish predmeti va faoliyati.
Odat kishining ma’lum e’tiqodlar, qadriyatlar yoki axloqiy me’yorlardan kelib chiqib, amalga oshiradigan ongli faoliyati.
Oliy ta’lim muassasalarining akkreditasiyasi oliy ta’lim muassasi faoliyat darajasining OT DTS mezon va talablariga javob berishining davlat tomonidan e’tirof etilishi.
Oliy ta’lim muassasalarining attestasiyasi – oliy ta’lim ta’lim muassasasida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini oliy ta’lim davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini aniqlovchi tadbir.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin