N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə74/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Shaxsiy fazilat shaxs tomonidan o‘zining axloqiy, ruhiy va ishchanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o‘rnini anglay olish xususiyati.
Esse yozish metodi muallifning individual pozisiyasini, dunyoqarashini alohida ajratib ko‘rsatish orqali erkin yozma bayon qilishga yo‘naltirilgan, talabalarni iqtisodiy fikr yuritish va uni yozma ravishda ifodalashga o‘rgatadigan va ularning bilimini baholashda qo‘llaniladigan metod.
E’tiqod shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va ideallarning haqqoniyligiga qalban va asosli ishonch bilan bog‘langan, uning atrofmuhitga hamda o‘zining xattiharakatlariga bo‘lgan subyektiv faoliyati.
Yakunlovchi davlat attestasiyasi – bakalavr yoki magistr darajasiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq holda ma’lum talab va tartiblar vositasida (fanlar bo‘yicha davlat attestasiyasi, bitiruv malaka ishi yoki magistrlik dissertasiyasi himoyasi) bitiruvchi tomonidan ta’lim dasturining bajarilishi sifatini baholash.
Yaxlitlik pedagogik jarayonning sintezlashgan sifati bo‘lib, uning oliy darajadagi taraqqiyotini, undagi sub’yektlar, ob’yektlar faoliyatini bir butunligini ta’minlovchi jarayon.
Yaxlit pedagogik jarayon tarbiya jarayonida ta’lim va ta’lim jarayonida tarbiya berishning o‘zaro singib ketgan, yaxlit holga kelgan jarayoni.
O‘zlashtirish – 1) o‘ziga singdirish, tushunish, bilish; 2) muayyan bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashga qaratilgan jarayon; 3) ijtimoiy tajriba natijalari bilan shaxsiy tajriba natijalarini qo‘shilishi.
O‘yin faoliyatning bir turi bo‘lib, ijtimoiy tabaqalarni o‘zlashtirish va bunyod etishga, o‘z xattiharakatlarini takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi.
O‘z-o‘zini baholash shaxsning o‘z psixologik sifatlari, xulqi, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, qadrqimmati, kamchiliklarini baholay olishi.
O‘qitish o‘qituvchining ta’lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarishga qaratilgan faoliyati. O‘qitish: 1) ta’limning o‘ziga xos usuli bo‘lib, shaxsga nazariy va amaliy bilimlar berish jarayonida uning rivojlanishi ta’minlanadi; 2) o‘quvchi va o‘qituvchi, o‘quvchining boshqa o‘quvchilar bilan aloqasi natijasi o‘laroq atrofmuhit, uning qonuniyatlari, taraqqiyot tarixi va ularning o‘rganilish usullarini bilishning muntazam boshqarilish jarayoni.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin