N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


Mustaqil ishlarni bajarish muddati jihatidan xohlagancha davom etishi



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə59/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Mustaqil ishlarni bajarish muddati jihatidan xohlagancha davom etishi mumkin emas. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, 1725 yosh darajasida mehnatni rasional tashkil etganda bir sutkada 9 soat unumli ishlash mumkin ekan. Haddan tashqari uzoq o‘tiradigan bo‘lsa, mehnat unumi pasayadi, odam charchaydi, keyingi kunlari charchog‘i yozilishi qiyin bo‘lgani sababli, avvalgiday ishlay olmaydi.

Shuning uchun mustaqil ishni rejalashtirganda auditoriyada o‘tkazgan vaqtini hisobga olishi kerak. Agar, auditoriyada dars soatlari 6 soat bo‘ladigan bo‘lsa, mustaqil ishlash 3 soat, auditoriyada dars undan kam bo‘lsa 3 soatdan ko‘proq, agarda ko‘p bo‘lsa kamroq tarzda rejalashtirish kerak.
Shunday qilib, haftalik mustaqil ish bajarish vaqti 2224 soat atrofida bo‘ladi. Albatta, bu vaqt talabani normal tarzda diqqate’tibor, g‘ayrat qilib ishlashini mo‘ljallagan holda belgilanadi. Lekin real hayotda sobir talaba o‘zini zo‘rlab dars tayyorlasa, ikkinchisi qiziqib, predmetni o‘rganishga ilhom bilan kirishib ketadi. Uchinchisi esa, umuman dars tayyorlagisi kelmaydi.
Bunga qator obyektiv va subyektiv sabablarni keltirish mumkin.

  1. Mustaqil ishni tashkil qilishda ish tartibini belgilash katta ahamiyatga ega. Mustaqil ishlarni bajarish uchun vaqtni semestr davomida kunlar bo‘yicha taqsimlash, uni rasional tashkil qilishning muhim prinsipi, qoidasi hisoblanadi. Goh umuman dars tayyorlamay, goh haddan tashqari shoshib, shiddat bilan, ayniqsa semestr yakuniga, oraliq nazorat yakuniga yaqin qoldirgan, bajarmagan ishlarni tezda bajarishga harakat qilish ijobiy natija berishi qiyin. Bu talabaning mehnati samaradorligini, qilgan ishidan qoniqish hissini pasaytiradi. Odatda talabaning kun tartibini dars jadvali belgilaydi. Lekin ko‘p narsa talabaning o‘ziga ham bog‘liq. Masalan doklad, referat, nazorat ishi, seminar darsiga tayyorlanishga har haftada ma’lum vaqt ajratilib, muntazam ravishda olib borilmasa, kutilgan natija bermaydi.

Referat yoki doklad yozish kerak bo‘lsa, uni orqaga surmay tezda kirishish kerak. Bunda o‘qituvchi talabaga, ayniqsa, birinchi kurs talabalariga referat nima, doklad nima, uni qanday yozish, qanday tarzda adabiyot tanlash kerakligini tushuntirishi zarur.
Talabalarga iqtisodiy fanlardan dastur va seminar darslari rejasida ko‘rsatilgan adabiyotlarni taklif qilish mumkin. Bundan tashqari, hozirgi paytda chop qilinayotgan kitoblarning ko‘pchiligida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati mavjud. Ana shu ro‘yxatdan foydalanib, zarur adabiyotlarni kutubxonada, o‘quv zalida bo‘lsa, olib o‘qish mumkin. Undan tashqari respublikamizda chop etilayotgan «Bozor, pul, kredit», «Iqtisodiy axborotnoma», «Jamiyat va boshqaruv», « Soliq to‘lovchining jurnali», «Kasb-hunar ta’limi» kabi qator jurnal, hamda «Mulkdor», «Bank axborotnomasi», «Hamkor» va boshqa gazetalarni ko‘rsatish mumkin.
Mustaqil ishlash quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Dars o‘tilgandan so‘ng bajariladigan ishlar, uy vazifalarini bajarishda darslik, o‘quv qo‘llanmalari bilan ishlash, konspekt tayyorlash.

Tipik topshiriqlarni yechish. Bunda talaba avvalgi bilimlarini xotirasida qayta tiklaydi va qisman qayta o‘zgartirib, aniq topshiriqlarda qo‘llaydi. Masalan: masala, mashq yechish;

  1. O‘rganilgan bilimlarni tipik bo‘lmagan sharoitda qo‘llash. Talaba o‘rgangan bilimlaridan yangi sharoitda foydalanadi. Sharoitlarda ma’lum umumiylik bo‘lishi mumkin.

  2. Ijodiy faoliyatga asos yaratish. Bunda talaba o‘rganilayotgan sohaning mohiyatiga tushunadi, uning yangi munosabat, bog‘lanishlarini aniqlaydi, g‘oyalar va tushunchalarni yangi sharoitga bog‘laydi.

Barcha mustaqil ishlar talabalarda ijodiy ishlash ko‘nikmasini hosil qilishga qaratilgan. Talaba ijodiy ishlashga o‘rgatilmasa, u ma’lum mavzuga oid materiallarni turli manbalardan ko‘chirib kelish bilan kifoyalanib qolishi hamda o‘zi mustaqil fikr bildirishga qiynalishi mumkin.
Mustaqil ishlarni individual – didaktik maqsadlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan ham 4 guruhga ajratish mumkin:

  1. Bilimlarni dastlabki shakllanishiga, idrok qilishga undaydigan vazifalar. Bunda o‘quvchi-talabalar maqsadga erishishi uchun nima talab qilinishini bilishi lozim. Vazifalar – axborotlarni, ma’lumotlarni o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘ladi.

  2. O‘zlashtirishga axborot, ma’lumotlarni xotirada saqlash va qayta jonlantirish va qayta ishlashga qaratilgan topshiriqlar. Bunda avval egallangan bilimlarni to‘g‘ri jalb qilish, faollashtirish asosida bajariladigan hamda aniq sharoitda tatbiq etish talab qilinadigan vazifalar beriladi.

  3. Avval o‘zlashtirilgan, qolipga tushgan, tajriba to‘planishi natijasidagi bilim, malaka, ko‘nikmalarga yangicha nuqtai nazardan yondashishni talab qiluvchi topshiriqlar. Ularda masalaning mohiyatini izlash, yangicha yechimlar topish,yangicha g‘oya, fikrlar bilan ifodalashni talab etiladigan vazifalar beriladi.

  4. Ijodiy faoliyatga undovchi topshiriqlar.

Bunda, yangi yoki oldindan ma’lum bo‘lsada, ungacha boshqacha nuqtai nazardan qaralgan g‘oya, fikrlarni tadqiq qilish, ya’ni axborotlar to‘plash, ular ustida ishlash, o‘z fikrini bildirishga undaydigan topshiriqlar, vazifalar beriladi.
Mustaqil ishlarning ajralmas qismi bu mustaqil tahsildir. O‘quvchi, talabalarning mustaqil tahsili ularni o‘z bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish, mavjud malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish hamda ularning yangilarini o‘zlashtirishga bo‘lgan intilishidir.
Mustaqil tahsilning asosiy maqsadi talabalarni shaxsiy va kasbiy sifatlarini shakllantirishda o‘z ustida ishlash ustunligidir. Mustaqil tahsilning asosiy metodi adabiyotlar ustida individual ishlashdir. Bu metod axborotlar oqimida eng zarur axborotni topish, unga baho berish, ushbu axborotdan o‘zining kasbiy faoliyatida foydalanish malakasini shakllantiradi.
Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan (kurs) ning hususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:

  • ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;

  • Prezident asarlari va iqtisodiy masalalarni tadqiq qilishga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarni konspekt qilish;

  • seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;

  • berilgan mavzular bo‘yicha referat, axborot tayyorlash;

  • o‘rganilayotgan fanning eng dolzarb muammolarini qamrab oluvchi referatlar yozish;

  • laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish;

  • hisob, grafik ishlarini bajarish;

  • nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash;

  • amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish;

  • maket, model va namunalar yaratish;

  • ilmiy maqola, anjumanga dokladlar, ma’ruza tezislarini tayyorlash;

  • ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy mavzularda bo‘lib o‘tadigan ilmiy, amaliy konferensiya, seminar mashg‘ulotlar va davra suhbatlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularda qatnashish;

  • turli jamg‘armalar tomonidan tashkil qilingan tanlovlarda ishtirok etish;

  • o‘rganilayotgan fan bo‘yicha mavjud asosiy ilmiy adabiyotlarga annotasiya yozish va boshqalar.

Mustaqil ishlar tarkibida talabalardan alohida diqqat-e’tibor bilan ishlashni talab qiladigan mustaqil ish o‘rganilayotgan fandan kurs ishi hamda bitiruv malakaviy ishi yozish ham bor.
O‘qitiladigan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, mustaqil ishni tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanish mumkin.
Mustaqil bajariladigan ishlardan biri iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarni yoki o‘quv adabiyotlarini konspekt qilishdir. Konspekt qilish talabani fanni o‘zlashtirishi uchun katta yordam beradi. Lekin talabalar konspekt qilishni to‘g‘ridan – to‘g‘ri ko‘chirish deb tushunmasliklari kerak.
Berilgan topshiriqni bajarish o‘qishdan boshlanadi. O‘qish bu hali o‘zlashtirish emas. O‘qish, o‘qilgan matnni anglash kerak. Tushunish, o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha ravishda aqlni ishlatish talab qilinadi. O‘zlashtirish bu yodda saqlash degani emas, albatta u o‘zlashtirishga yordam beradi. Boshqacha aytganda, uqish bu o‘qish emas. Tushunish boshqa, tushunganni o‘zlashtirilganini yodda saqlash esa yana boshqa narsa. Hammasi ham aqlni ishlatishni talab qiladi. O‘qishga minimum vaqt va kuch sarflab, harakat qilib, asosiy diqqatni tushunishga, tushunganini yozishga, yodda saqlashga harakat qilish kerak. Sarflanadigan vaqt, uni o‘qishga qancha va tushunish uchun o‘ylashga qancha sarflanishi mavzuga, uning murakkablik darajasiga bog‘liq.
Talabalarni iqtisodiy fanlarni o‘rganishlarida iqtisodiy muammolarga bag‘ishlangan eng yaxshi adabiyotlar bilan tanishtirish, yetakchi olimlar bilan uchrashuvlar tashkil etish muhim rol o‘ynaydi. Undan tashqari, ilmiy to‘garak ishini muntazam tashkil etish, talabalarning ijodiy kunlari, ilmiy davralari, anjumanlari, konkurslari olimpiada va ko‘rgazmalarini vaqtivaqti bilan o‘tkazib turish shubhasiz talabalar faolligini oshiradi. Ularni fanni o‘rganishga rag‘batlantiradi.
Talabalarni mustaqil ravishda ijodiy izlanishga o‘rgatishda kafedra tomonidan tashkil etilgan ilmiy to‘garaklar katta ahamiyatga ega. Bunda kafedra o‘rganilayotgan fan bo‘yicha talabalarning qiziqishi, fandagi yangiliklar o‘rganilishi, tadqiq etilishi lozim bo‘lgan muammolarni ilmiy to‘garaklarda muhokama qilinishini ko‘zda tutishi kerak. Talabalar to‘garakda tayyorlagan ilmiy dokladlarini tinglovchilar hukmiga havola etar ekanlar, to‘garak a’zolari ham uni muhokamasida faol ishtirok etishlarini ta’minlash zarur. To‘garak a’zolarini soni, muhokama qilinadigan masalalar, ilmiy dokladlar miqdori, mavzularning mazmuni va boshqalarga ko‘ra to‘garak rahbari oy davomida ilmiy to‘garaklar majlisi o‘tadigan kunlarni belgilaydi. Eng yaxshi baho berilgan ilmiy dokladlar talabalarning ilmiy konferensiyalarida qatnashishga tavsiya etiladi.
O‘tkaziladigan konferensiyani umumiy mavzusini tasdiqlagach, dokladlarni mavzu yo‘nalishiga ko‘ra guruhlarga ajratgan ma’qul.
O‘tkaziladigan talabalarning ilmiy konferensiyasida eng yaxshi deb topilgan dokladlar rag‘batlantiriladi, keyingi bosqichlarda qatnashishga tavsiya etiladi.


13.3. Mustaqil izlanishning asosiy shakllari

Fanni mustaqil o‘rganishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan o‘quv shakllaridan biri kurs ishidir.
Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayonida talabalar iqtisodiy fanlarni yanada chuqurroq o‘rganishadi. Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar mohiyatini tushunish murakkab nazariy muammolarni tahlil etish, uni amaliyotda tatbiq qilish haqida o‘ylashga, fikr yuritishga undaydi.
Kurs ishining fanni mustaqil o‘rganishdagi muhim ahamiyati shundaki, talabalar adabiyotlar bilan ishlashni, ma’lumotlar to‘plash, ularni jadval, diagrammalarda tasvirlash, xulosa chiqarish hamda o‘tilgan masala yuzasidan o‘z fikrlarini bayon qilishga o‘rganishadi. Ana shu jarayonda talabalar o‘zlari induktiv va deduktiv uslublarni qo‘llab, alohida hodisa va voqealar asosida umumiy xulosa chiqarishni o‘rganadilar.
Kurs ishi talaba tomonidan tanlanadi. Uning hajmi 25-30 betga (standart yozuv qog‘ozi bo‘yicha) mo‘ljallanadi. Bu mavzuni har tomonlama chuqur o‘rganib, o‘z qobiliyatini, fanni o‘zlashtirishdagi harakatini, intilishini ifodalash imkonini beradi.
Kurs ishiga kafedradan ilmiy rahbar tayinlanadi. U talabalarga kurs ishini tayyorlashda zarur maslahatlarni beradi:

  • kurs ishi mavzusi faqat darslik doirasida emas, balki qo‘shimcha adabiyotlar, shu mavzu bo‘yicha jurnal, gazetalardagi maqolalardan foydalanib yoziladi;

  • kurs ishida ilmiy izlanish elementlari, nazariy qoidalar, tajribalar bilan yoritiladi;

  • ish bo‘yicha reja tuziladi, reja tarkibi: kirish, asosiy qism (yoritish kerak bo‘lgan masalalar), xulosadan iborat bo‘ladi.

  • kurs ishi rasmiy qabul qilingan shaklda bo‘lishi kerak, ya’ni biron bir muallifning fikri keltirilsa, jumlalar o‘zgartirilmay, qanday bo‘lsa shunday ko‘chiriladi va qo‘shtirnoq ichiga olinadi, izoh beriladi. U sahifaning eng tagiga nomerlangan holda berilib, manba ko‘rsatiladi. Unda havola qilingan muallif, asar yoki maqolaning, nashriyotning nomlari, nashr qilingan yili beriladi.

  • matn mustaqil yoziladi. Talaba kurs ishi yozishda o‘rganayotgan adabiyotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirmay, avval o‘qib chiqib, tushunib, boshqalari bilan taqqoslab, so‘ngra

  • o‘zining fikrini bayon qilmog‘i lozim.
Kurs ishiga qo‘yilgan bosh talab fanni chuqur o‘rganishga erishish, ilmiy izlanishga havas uyg‘otish.

Kurs ishida talabalarda mavzuni o‘rganishga ijodiy yondashish, dastlabki ilmiy izlanish kurtaklarini hosil bo‘lishida kurs ishi rahbari muhim rol o‘ynaydi. Kurs ishi rahbari asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni tanlash, ular ichidan eng muhimlarini ajratish, reja tuzish va tanlangan mavzuni to‘la ochib berish uchun nimalarga diqqat qaratish kerakligi haqida maslahat beradi.
Kurs ishining xomaki nusxasini yozayotganda talaba tushunmagan savol yoki maslahat uchun rahbarga murojaat qiladi. Mavzu bo‘yicha ayrim adabiyotlarni to‘liq o‘qib chiqish, zarur bo‘lsa, ayrimlarini mavzu bo‘yicha u yoki bu bobi yoki sahifalarini o‘qishga, o‘rganishga to‘g‘ri keladi.
Kurs ishida qo‘yilgan savollar o‘rganilayotgan mavzuning mazmunini ochib berishi zarur. Savollar ko‘p bo‘lmasligi, mavzuning mazmunini ochib berishi lozim. Rejada qaysi adabiyotlar bilan ishlash ko‘rsatiladi. Masalan, «Iqtisodiy xarajatlar, ularning tarkibi va turlari» mavzusi bo‘yicha reja quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Iqtisodiy xarajatlar, ularning tarkibi va turlari

Kirish

  1. Iqtisodiy xarajatlarning mazmuni.

  2. Iqtisodiy xarajatlarning tarkibi va ularga turli jihatdan yondashish

  3. Iqtisodiy xarajatlarning turlari

  4. Ishlab chiqarish omillarining nisbati va xarajatlarni minimallashtirish muammosi

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Ishning kirish qismida tanlangan mavzuning ahamiyati, fanni o‘rganishda tutgan o‘rni, ko‘rilayotgan masalaning dolzarbligi, amaliyotdagi ahamiyati ko‘rsatiladi.
«Kirish» qismida tanlangan mavzu bo‘yicha nima maqsad qo‘yilganini qisqacha bayon qilishi kerak. «Xulosa» qismida mavzu bo‘yicha chiqarilayotgan asosiy xulosalarni aniq ifodalash kerak. Ular qisqa, ishning mavzuidan kelib chiqishi lozim.
Kurs ishida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha, matndan kelib chiqib, bildirilgan asosiy xulosalar ishning qadrqimmatini oshiradi. Talabaning mavzuni chuqur o‘zlashtirganidan, yaxshi bilimga ega ekanligidan dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida kurs ishi yozishda talaba tomonidan o‘rganilgan barcha adabiyotlar, jurnal, gazetada berilgan maqolalar, monografiya, statistik to‘plam va boshqalar to‘la ravishda muallifning ismisharifi, asar yoki maqola va boshqalarning nomi, nashriyot nomi, nashr qilingan yili ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Kurs ishi yozganda Respublikamiz Oliy majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlar, me’yoriy hujjatlardan, Prezidentimiz asarlaridan foydalanishga ahamiyat berish kerak.
Talabadan kurs ishida fanda yangilik yoki yangi ilmiy qoida yaratish talab etilmaydi. Talaba savollarni yoritish jarayonida ilmiy adabiyotlardan tushunib foydalanganini, to‘g‘ri umumlashtirib, xulosa chiqara bilishini, nazariy qoidalarni tajriba, amaliyot bilan bog‘lay olishini ko‘rsatishi kerak.
Ana shu jarayonda talabaning ishida ilmiy izlanish elementlari, kurs ishini yozishda mustaqil iqtisodiy fikrlay olishi namoyon bo‘ladi.
Ishda yo‘l qo‘yilgan xatokamchiliklarni farqlash kerak. Xato bu iqtisodiy kategoriyalarni va qonunlarni noto‘g‘ri tushunish yoki yaxshi tushunmaslik sababli kelib chiqadi. Kamchiliklar talabaning iqtisodiy kategoriya haqida tushunchasi bor, lekin to‘la emasligi, ko‘pincha muhim nazariy qoidalarni ahamiyatini yetarlicha tushunmasligi tufayli kelib chiqadi. Shuning uchun ham talabaga o‘qituvchining maslahati katta yordam beradi.
O‘quv yurtlarida keng qo‘llaniladigan mustaqil ishlarning yana bir turi dokladdir. Dokladga: 1) majlis ahli uchun mo‘ljallangan muayyan mavzudagi axborot, maьruza; 2) talabalarning mustaqil ish turi; 3) ilmiy ish turi sifatida qarash mumkin.
Talabalar dokladni mustaqil ish turi sifatida seminar darslariga tayyorlab kelishlari mumkin. Dokladni adabiyotlarni o‘rganib, tanlangan mavzuga chuqur yondashib, o‘z kuzatishlarini ham ishlata bilgan holda tayyorlashlari kerak.
Doklad tayyorlash jarayonida talaba adabiyotlar bilan ishlash, turli manbalardan olgan materiallarini umumlashtirish, o‘z fikrini yozma ravishda ifodalashga o‘rganadi.
Referat, doklad yozish uchun talaba, avvalo, fanni nazariy jihatdan puxta o‘zlashtirishi kerak. Tanlab olingan mavzuni yoritish uchun kirish, savol qo‘yiladi va xulosa beriladi. Dalillar, statistik ma’lumotlar to‘planadi. Tahlil qilinayotgan masala bo‘yicha mavjud fikrlar, qarashlar bayon qilinadi. Talaba ularga o‘z nuqtai nazarini bildiradi.
Ilmiy doklad haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, ko‘p jihatdan kurs ishiga qo‘yilgan talablar bilan bir xil va shu tartibda yoziladi. Faqat ilmiy doklad tanlangan mavzuni kurs ishiga qaraganda ham chuqurroq o‘rganish, dalillar, statistik ma’lumotlar to‘plash, ular asosida zarur iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, ularni tahlil qilish xulosa chiqarish hamda o‘z takliflarini bayon qilish bilan ajralib turadi. Boshqacha aytganda, kognitiv ya’ni bilishning eng yuqori baholash darajasida fikr yuritiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi barcha mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rganiladi. U oliy ma’lumotli, malakali mutaxassis tayyorlashda, barchaning iqtisodiy psixologiyasini, dunyoqarashini, fikrlashini shakllantiradigan predmet sifatida, ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida ahamiyatga ega ekanligini ham yodda tutish kerak. Boshqa iqtisodiy fanlardan ilmiy doklad tayyorlaganda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashga, iqtisodiyotning biron yo‘nalishi bo‘yicha, undagi muammolarni o‘rganishni natijasi sifatida amaliy tavsiya, takliflar berilishi kerak.
«Maxsus (iqtisodiy) fanlarni o‘qitish metodikasi» fanidan doklad tayyorlaganda esa yuqorida bayon qilinganlardan tashqari samarali dars o‘tish metodlarini tanlash, ularning yangi variantlarini topish va qo‘llashga ham e’tibor berish lozim.
Ilmiy doklad yozish qattiq mantiqiy izchillikni, sabrtoqat, tirishqoqlikni talab qiladi.
Talabalarning iqtisodiy fanlardan mustaqil ishini muhim tarkibiy qismi sifatida referat yozish borgan sari keng tadbiq etilmoqda. Referatni talabalarning ilmiy ish yozishi, tadqiqot o‘tkazishini dastlabki shakli sifatida ko‘rish mumkin.
Referat (lotincha refero axborot beryapman) — biror ilmiy asar, o‘qilgan kitob, maqola kabilar mazmunining qisqacha yozma yoki og‘zaki bayoni, o‘rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqidagi axborot, tegishli adabiyot va boshqa manbalar obzorini o‘z ichiga olgan ma’lum mavzudagi doklad.
Referat odatda, ilmiy axborot vazifasini o‘taydi. Unda muayyan mavzu bilan birgalikda, tegishli ilmiy nazariyalar, xulosalar yoritilishi va tanqid qilinishi mumkin. Ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlarida ilmiy dokladlar sifatidagi referatlar keng tarqalgan. Odatda talabalarning seminar mashg‘ulotlariga tayyorlab keladigan maxsus axborotlari ham referat deyiladi.
Referat yozish bilan talaba ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni, statistik ma’lumotlar va boshqa materiallarni to‘plash, ularni qayta ishlash, ya’ni hisob kitob qilish, tahlil qilish, o‘rganilayotgan hodisalarga tanqidiy ko‘z bilan qarashni, baholashni, nazariyani amaliyot bilan bog‘lashni o‘rganadi.
Referat mustaqil yozilib, uni yozish qoidalariga amal qilinsa, darslik bo‘yicha savolga tayyorlanib kelib, seminar darslarda so‘zga chiqishga qaraganda katta foyda beradi. Talaba referatda bildirgan o‘z fikrini auditoriya oldida himoya qila olishi kerak.
Referat yozish formal bo‘lsa kutilgan natijani bermaydi. Shuning uchun o‘qituvchining rahbarligi katta rol o‘ynaydi. Referatlarga qay darajada talab qo‘yiladi, shunga ko‘ra uni muvaffaqiyatli qo‘llash mumkin yoki aksincha.
Shunday qilib, referat, kurs ishi, ilmiy doklad, bir tomondan, ilmiy ishlarning yakuni sifatida, o‘z ustida ishlashlari, izlanishlariga yakun yasasa, ikkinchi tomondan, ularni yanada yangi ishlarga rag‘batlantiradi, dunyoqarashini rivojlanishi, o‘z faoliyatini aniq maqsadga yo‘naltirishga, yanada chuqurroq bilim olish, o‘z ustida ishlashga, iqtisodiy fikrlash, ilmiy izlanishga, fikrini mantiqiy izchillikda ham og‘zaki, ham yozma ravishda bayon qilishga o‘rgatadi.


13.4. Talabalar vaqtini taqsimlash

Talabalarning mustaqil ishlarni bajarishi bo‘sh vaqtni rejalashtirish bilan bog‘liq. Bunda darsdan keyingi vaqtni qanday o‘tkazishni rejalashtirish muhim rol o‘ynaydi.
Aqliy mehnat qilib charchaganda kishining miyasi toliqadi. Uning psixologiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Surunkali ruhan va aqlan charchash jismoniy charchashga qaraganda ko‘proq sog‘likka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun charchaganda dam olish kerak. Hamma uchun dam olish tartibi bir xil bo‘lmaydi. Bu o‘zo‘zidan ma’lum. Har bir talabaning o‘zi dam olish va ishlash tartibini belgilaydi. Lekin shunga qaramay har bir talaba yodida tutish kerak: auditoriyada dars jadvali bo‘yicha 6 soat o‘qigach, ma’lum vaqt miya dam olishi kerak. Psixologiya bo‘yicha mutaxassis olimlarning fikricha kamida 3 soat boshqa yumushlar bilan shug‘ullanishi, dam olishi, ayniqsa ochiq havoda sayr qilishi tavsiya etiladi. Dars tayyorlaganda mustaqil ravishda adabiyotlar bilan ishlaganda har bir yarim soatda 10-15 minut dam olishi maslahat beriladi. Eng yaxshi dam olish shakllari bu harakatga asoslangan sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish, uy yumushlarini bajarishdir. Hatto radio eshitayogan chog‘da ham tik turib harakat qilish, chuqur nafas olish, dam olish paytida o‘rganilayotgan predmet haqida o‘ylamaslik kerak.
Ko‘zlagan ishni bajargandan keyingi dam olish, ishni bajarmay dam olishga qaraganda ko‘ngilliroq bo‘ladi. Buni yoddan chiqarmaslik kerak. Chunki odam bajarilishi zarur bo‘lgan ishning tashvish yukidan xalos bo‘ladi!

Talabaning sog‘lom bo‘lishi, to‘g‘ri kamol topishi, ko‘p jihatdan qat’iy kun tartibiga amal qilishi, gigiyena madaniyatiga bog‘liq, qat’iy kun tartibiga amal qilish insonni ritm bilan bir zaylda ishlashga odatlantiradi.
Kun tartibiga rioya qilmaslik yoki uning butunlay yo‘qligi (vaqtida ovqatlanmaslik, yetarlicha uxlamaslik, dam olmaslik aqliy va jismoniy mehnatning betartibligi) – bularning hammasi a’zoibadanni bo‘shashtiradi, tananing butun hujayralarini, xususan, bosh miya hujayralarini ishlashini yomonlashtiradi.
Kun tartibini rejalashtirishda uyg‘onish vaqti, ertalabki gimnastika, auditoriyada o‘qish vaqti, kuniga 34 marta ovqatlanish, ochiq havoda bo‘lish, aqliy mehnatni jismoniy mehnat bilan almashinishini hisobga olish zarur. Kundalik rejim bir qolipda bo‘lmasligi kerak. Talaba kundalik faoliyatini rejalashtirar ekan, albatta mustaqil ishlashni ham hisobga olish zarur.
Talabalar mustaqil ishlarining samaradorligi vaqt byudjetidan oqilona foydalanishiga bog‘liq. Bunda talabalar vaqtdan foydalanish tajribalarini o‘rganishi, ulardan kelib chiqib, vaqtini taqsimlashi zarur.
Talaba yoshlarning mustaqil mutolaa qilishlari uchun zamonaviy kutubxona, o‘quv zallari, kompyuter markazlari, xalqaro ilmiy axborot markazlari bo‘lishi katta ahamiyatga ega.
Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish, «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘grisidagi Nizom» asosida olib boriladi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2005 yil 21 – fevraldagi 34sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi» Nizomga asosan ishlab chiqilgan hamda kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibini belgilaydi.
Talabaning mustaqil ishi o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarining tarkibiy qismi bo‘lib, u uslubiy va axborot resurslari jihatidan ta’minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.



Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin