N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Uyga vazifa. 


244 
Har bir guruhga tegishli vazifalar alohida-alohida aytiladi.(bular ijodiy 
daftarda ishlash, diafilmlar tuzish, matndan bosh g‘oyalarni ajratib yozish, 
ertakdan olgan taassurotlari asosida rasm chizish va h.) 
Darsni xulosalash. 

Bu darsdan qanday yangilik o‘rgandingiz? 

Sizga nima yoqdi?

Nima sizga yoqmadi, siz qanday bo‘lishini xohlar edingiz? 
Demak dars yakunida ertak g'oyasiga mos shunday xulosaga kelinadi: 
„Boshingga qilich kelsa ham to‘g'ri gapir". O‘quvchilar ushbu maqol mazmunini 
tushunib olishsa, o‘zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari 
mumkin. 
So‘z ma'nolari ustida ishlashda boshlang'ich sinf o‘quvchilariga mos 
bo‘lgan usullardan yana biri rasmdan foydalanishdir. Masalan, 2-sinfda 
„Ko‘ngilchan o‘tinchi" 
ertagida 
qayin, eman, shumtol, zarang, zirk, tog'terak, 
qarag'ay, qayrag'och, chinor kabi 
daraxt nomlari keltirilgan. Ularni bola ko‘z 
oldiga keltira olmaydi. Ertakni o‘qishdan oldin shu daraxt rasmlarini ko‘rsatib, 
uning o‘ziga xos xususiyatlarini izohlash va nomlarini aytish lozim. Shundan 
so‘ng didaktik o‘yin o‘tkaziladi. Bunda daraxt rasmlari bolalarga bo‘lib beriladi. 
Har bir o‘quvchi o‘ziga berilgan rasmdagi daraxtning nomini aytishi va 
ertakdagi shu daraxtning so‘zini o‘z so‘zlari bilan aytib berishi kerak bo‘ladi. 
Shu ertakni o‘qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o‘quvchilardan 
shaylanib, 
ro‘parasida, sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo 
so‘zlarining ma'nosi 
so‘raladi. Javoblar to‘ldiriladi, umumlashtiriladi. 
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo‘llangan badiiy vositalar. 
jonlantirish, metafora, mubolag'alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o‘rganish darslarining 
qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin: 

Ertak bilan tanishtirish: 

O‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash; 


245 

O‘qituvchining ertakni ifodali o‘qishi, yod aytib berishi va hokazo. 

Ertakni o‘quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida 
qisqacha suhbat o‘tkazish; 

Ertakni qismlarga bo‘lib o‘qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy 
vositalar, ma'nodosh so‘zlarni topish, lug'at ishi (ayrim so‘zlar ma'nosini 
tushuntirish); 

Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o‘qish); 

Ertakni so‘zlab berish; 

Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g'oyasini ochish); 

Ma'lum topshiriq asosida ertakni qayta o‘qish (ijodiy va mustaqil ishlar); 

Vazifani tekshirish va yakunlash; 

Uyda ertakni o‘qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin