239
qaratilib, ertakni so‘zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish
zarur.
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash,
ularda ilgari surilayotgan
g'oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo‘li bilan bog'lanishli
nutqni
o‘stirish, nutqning ta'sirchanligini oshirish lozim. Masalan,
„Rostgo"y bola"
(1-
sinf) ertagida bola o‘z rostgo‘yligi bilan podshoga ma'qul bo‘lganligi hikoya
qilingan. Bu ertakning yangi pedagogik texnologiya asosida o‘tish
namunasini
quyida keltiramiz:
Mavzu: O‘zbek xalq ertagi «Rostgo‘y bola»
Maqsad: To‘g‘ri, tez va ifodali o‘qish malakalarini takomillashtirish.
Matn ustida ishlash, tahlil qilish ko‘nikmasini
mustahkamlash,
o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish.
O‘quvchilar shaxsida to‘g‘riso‘zlik, rostgo‘ylik kabi ijobiy sifatlarni
tarbiyalash.
Darsning shiori:
Biz
nimaiki qilmaylik,
Barchasi zarur, kerak.
Bilim egallash uchun
Tinimsiz o‘qish kerak.
Darsning borishi:
1 - modul.
Uyga vazifani tekshirish.
"Maymun va duradgor" haqidagi ertak. Xattaxta oldiga lkki o‘quvchi
chaqiriladi va ular galma galdan ertakni o‘qib, mazmunini so‘zlaydilar.
Duradgor kim? U nima ish qiladi? degan savol beriladi va o‘quvchilarning
javoblari to‘ldiriladi.
2 - modul. Quvnoq daqiqa.
O‘qituvchi: Yaxshi o‘qish uchun, yaxshi nafas olish kerak.
1) Nafas olishga oid mashqlar:
«Choyni sovit» «Gulni hidla» «Sharni shishir» «Changni hayda».
240
2) Ovoz mashqi; tovush mashqi: a, o, u, e, i, o‘.
-Quyidagi she’rni eshitib
bugun qanday mavzu bilan
tanishishimizni bilib olarsiz. Yaxshilab e’tibor qiling: To‘g‘ri so‘z bola.
H.H.Niyoziy. (Qisqartirilgani)
Kelmog‘ida maktabidan bir o‘g‘il,
To‘xta debon ikki kishi to‘sdi yo‘l.
Dedi biri:" Tanga berurman sanga
So‘zla bir og‘izgina yolg‘on manga"
Berdi o‘g‘il fikr ila shirin javob:
"so‘zlang ako, qomatingizga qarab.
Bu so‘zingiz aslida yolg‘on erur
Tangaga yolg‘onni kim olg‘on erur".
Quyidagi skanerga qarab bugungi o‘rganadigan mavzumiz nomini va unga
doir so‘zlarni toping.
b
r
O
s
t
G
o‘
y
b
r
o
o
B
o
l
A
ya
o‘
o
o
l
s
Yo l
g‘
O
n
r
l
s
a
t
A
n
g
A
k
k
a
t
r
g
K
i
sh
I
a
k
o
g
o
o‘
M
a
k
T
a
b
yu
o‘
s
y
S
o‘
z
I
ng
i
z
y
t
o
g‘
i
z
G
i
n
a
a
g
l
A
r
o
S
t
g
o‘
y
o‘
y
S
a
n
G
a
k
i
m
Bu jadvalda
rostgo‘y (5 ta), bola (3 ta ), yolg‘on, tanga, kishi, ako, maktab,
so‘zingiz, og‘izgina, sanga, kim so‘zlari borligini o‘quvchilar topadilar.
Dostları ilə paylaş: