N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

masal mazmunini aniq idrok etish;

kompozitsiyasi, qatnashuvchilarning xarakteriga mos xususiyatlarini
xatti-harakatlarining sabablarini ochish;

allegoriyani aniqlash;


261 

masal xulosasini tahlil qilish.
Mana shu izchillik hisobga olinsa, masal o‘qish darsining qurilishi 
quyidagicha ba'ladi: 
1. Tayyorgarlik ishlari: 
a) masal muallifi haqida o‘qituvchi hikoyasi; 
b) o‘qilgan masal mazmuni bilan bog'liq suhbat; 
d) o‘qilgan masalda qatnashuvchi timsollarga xos xususiyatlar haqida 
suhbat. 
2. Masalni o‘qituvchi o‘qishi (magnitafon yozuvini eshitish yoki film 
ko‘rsatish ham mumkin). 
3. Masal matni ustida ishlash: 
a) masalning tuzilishi va kompozitsiyasini aniqlash (o‘qish, reja tuzish va 
hokazo); 
b) qatnashuvchilarning xatti-harakati, fe'1-atvori, xarakteriga xos 
xususiyatlarini tushuntirish (tanlab o‘qish, so‘z bilan va grafik tasvirlash
savollarga javob berish); 
d) masalning aniq mazmunidan kelib chiqib, undagi asosiy fikrni 
belgilash; 
e) krossvordlar, ta'limiy o‘yinlar, topishmoqlardan foydalanib, masal 
mazmuni va g'oyasini o‘zlashtirish. 
4. Allegoriyani ochish. 
5. Axloqiy xulosa aks ettirilgan qismni tahlil qilish. 
6. Hayotda uchragan shunga o‘xshash hodisalarga taqqoslash 
 
8.5. Ilmiy-ommabop asarlarni o‘qitish mеtodikasi 
Boshlang‘ich sinflarda ilmiy - ommabop asarlarni o‘qitishdan asosiy 
maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayoti haqida muayyan 
bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim 
olishga o‘rgatishdan iborat. 


262 
Tabiatshunoslikka oid va tarixiy mavzudagi maqolalarni o‘qish bilan 
bog‘liq holda tabiat hodisalarini kuzatish 
(masalan, daraxt kurtaklarining 
bo‘rtishi)
, o‘quvchilarni dehqonlar mehnati bilan tanishtirish, mamlakatimizda 
yuz bergan o‘zgarishlarning guvohi va ishtirokchilari bo‘lgan insonlar bilan 
uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz 
hayoti, mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar amalga oshirgan ishlar, tarixiy 
sanalar to‘g‘risida bilim beradi. O‘qish darsliklaridan o‘rin olgan 
Beruniy, Ibn 
Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur
va boshqa ajdodlarimiz haqidagi 
matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi matnlar o‘quvchilarni nafaqat 
o‘tmishimiz bilan tanishtiradi, balki ularning Vatan oldidagi farzandlik burchi va 
mas’uliyatni teran anglashga ham yordam beradi. O‘quvchilarda Vatanga 
muhabbat tuyg‘usi shu tariqa shakllanadi.
Vatanimiz o‘tmishi haqida hikoya qilingan ilmiy - ommabop asarlar bilan 
tanishtirish va ularni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar o‘tmish bilan bugungi 
kunni taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar. Jamiyat tarraqqiyoti haqida qisqacha 
bo‘lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada, ayniqsa, milliy istiqlol bilan 
bog‘liq mavzudagi asarlar tahliliga alohida e’tibor berish zarur. 
1-sinf dasturida o‘qish bilan bog‘liq holda kuzatish, sayohat darslari 
mo‘ljallanadi. Masalan, yil fasllarida mavsumiy tabiat hodisalari 
(ob-havoning 
o‘zgarishi, o‘simlik va hayvonlarning hayoti)
ni, shuningdek, dala mehnatini 
kuzatish uchun tabiatga (dala, bog‘, xiyobonlarga) sayohat uyushtirish ko‘zda 
tutiladi. Sayohatda tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar va kishilarning mehnati 
yuzasidan bolalarning nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi.
Bunday darslarda ko‘rgazma sifatida o‘quv kinofilmlaridan ham 
foydalanish mumkin. 
Tarixiy mavzudagi maqolalarni unga mos rasmlar bilan bog‘lab o‘qitish 
kishilarning baxtli hayot uchun intilishlari, ota-bobolarimizning dushmanlardan 
Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib etishga yordam 


263 
beradi; o‘quvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi mehnat 
tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar. 
Dasturga ko‘ra 2-sinf o‘quvchilari 
«Toshkent»,
«Toshkent metrosi»
mavzusidagi maqolalarni, 4-sinfda esa «
Asrga tatigulik kun» (Chingiz Aytmatov)
asarini o‘qish orqali o‘tmish ajdodlarimiz, ularning xizmati, vatanimizning 
hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar xalqimizning hayoti, 
mehnati va kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga, bolalarni Vatanga, 
xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi.
Ilmiy-ommabop 
maqolalarni 
izohli 
o‘qish darsini uyushtirishda 
quyidagicha reja asos qilib olinishi mumkin: 
1. O‘qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash
ularni matn mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat 
o‘tkazish; 
2. Maqolani yoki uning ma’lum bir qismini o‘qish, o‘quvchiga notanish 
bo‘lgan so‘zlar ma’nosi ustida ishlash; 
3. Maqola rejasini tuzish; 
4. O‘qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish; 
5. Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish; 
6. Reja asosida maqolani qayta o‘qish; 
7. Maqolani yaxlit o‘qish. Bunda bolalarni qayta hikoyalashga tayyorlash 
va maqola mazmunini yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish maqsadi ko‘zda 
tutiladi; 
8. Reja asosida qayta hikoyalash; 
9. Xulosalash va umumlashtirish. 
Ilmiy-ommabop maqolalarni uzviy birlikda o‘rganish o‘quvchilarning har 
bir mavzuda bayon etilgan tarixiy - adabiy hodisalarni, ular o‘rtasidagi 
umumiylikni, har bir davrga ega xususiyatlarni anglab olishlarini ta’minlaydi. 
Ular bolalarni kelgusida gazeta va jurnallarni o‘qishga tayyorlaydi, ijtimoiy - 
siyosiy, tabiatshunoslik atamalarini o‘zlashtirishga yordam beradi, ularning 
mantiqiy tafakkurini va nutqini o‘stiradi.


264 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin