8.4. Masal janridagi asarlarni o‘qitish metodikasi
Masal — axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks
ettirgan aksariyat kichik she'riy, ba'zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos
xususiyatlar masalda majoziy obrazlar-hayvonlar, jonivorlar va o‘simliklar
dunyosiga ko‘chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo‘lishidan tashqari,
kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko‘pincha
masalning kirish qismida, ba'zan pirovardida qissadan hissa-ibratli xulosa
chiqariladi.
255
Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she'riy
shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa sujetli asar deb ta'rif beriladi. Masallarda
turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi.
Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminatsion nuqta va
yechimi bo‘lgan kichik piesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli
tasvirlashda ajoyib namuna bola oladi.
„Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bo‘lgan. O‘z ma'nosidan
ko‘chirilgan (majoziy) so‘z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan
„yashirincha" tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbatan berilib, „Ezop tili"
deyilgan va shu ta'bir joriy qilingan".
Mashhur masalnavis Gulxaniyning „Toshbaqa bilan Chayon", „Maymun
bilan Najjor" masallari boshlang'ich sinf o‘quvchilarining yoshiga mos keladi.
Ularda do‘stlik, rostgo‘ylik, qo‘lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi
g'oyalar ilgari suriladi.
Ma'lumki, tarbiya ko‘proq ta'lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga
maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg'usi shakllantiriladi.
Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo‘ladi va bu orqali o‘quvchilar
ma'naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas,
mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat,
fidoyilik, milliy g'urur, matonat, mehr-oqibat, do‘stlik, ezgulik kabi yuksak
hislar paydo bo‘ladi.
Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo‘pollik, qo‘rslik,
yolg'onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam
beradi. Lekin amaldagi boshlang'ich sinf ,,O‘qish kitobi" darsliklarida masal
janriga kam o‘rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o‘rni
beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o‘quvchi matndagi e'tibordan chetda
qoldirgan, yuzaki o‘qib o‘tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o‘rinni,
bo‘shliqni to‘ldiradi.
3-sinf ,,O‘qish kitobi"dan o‘rin olgan „Qaysar buzoqcha" (O.Qo‘ch-
qorbekov) masali oilasi, o‘rtoqlari, do‘stlaridan ajralib, yomon yo‘llarga kirib
256
qolgan, oqibatda ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda
katta ahamiyatga ega.
Yaylovda bir buzoqcha
Arazlabdi to‘dadan
Ketib qolib uzoqqa,
Adashibdi podadan.
Yakka o‘zi o‘tlarkan,
Borib yaylov to‘riga.
Buzoq shunda to‘satdan,
Duch kelibdi bo‘riga.
Ma’rasa ham qancha u,
Bilishmabdi do‘stlari.
Maza qilib och bo‘ri,
O‘yib yebdi ko‘zlarin.
Bobolar bu haqda der:
“Bo‘linganni bo‘ri yer”.
Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada,
ya'ni ota-bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan „Bo‘linganni bo‘ri
yer" hikmatida o‘z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. Shoir
esa bundan juda ustalik bilan foydalangan.
„
Chumoli va Tipratikan"
masali esa nasriy turga mansub bo‘lib, unda
Chumoli timsoli orqali bolalar halollikka o‘rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki
kichik bo‘lishidan qat'iy nazar, so‘rab olishga, egasining ruxsati bilan
foydalanishga da'vat etiladi. Masalni o‘qishda bolalar Tipratikan timsoliga
tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o‘zining hayotida biron-bir shunday
holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o‘rganadilar.
Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo‘ndaligi, soddaligi,
o‘tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta'sir qiladi. Bular o‘quvchilar
nutqini o‘stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining
257
xatti-harakatlari, fe'1-atvorlari, nutqiy o‘ziga xosliklari o‘quvchining diqqatini
o‘ziga jalb qiladi. O‘quvchi masalni o‘rganish orqali quyidagi xulosaga keladi:
Halol boylik qilar sheryurak,
O‘g‘irlik mol qilar jonsarak.
Masalni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga quyidagi savollar bilan
murojaat qilish mumkin:
1.
Masal nima haqida boradi?
2.
Badnafs so‘zini qanday tushundingiz? Uning o‘rnida yana
qanday so‘z ishlatish mumkin?
3.
Masaldagi maqolning ma’nosini ayting?
O‘quvchilar bu savollarga javob berish orqali matn mazmunini to‘liq
o‘zlashtiradilar, xulosa chiqarishga o‘rganadilar.
“O‘jar Toshbaqa” masalidaToshbaqaning injiqliklari gapga kirmasligi,
onasini ranjitishlari ifoda etilgan. Masalni o‘qishda quyidagi savollar bilan
o‘quvchilarga murojaat qilish mumkin:
Masalda nima haqida gap boradi?
Yosh toshbaqa nima deb janjal qildi?
Nima uchun yosh toshbaqa onasidan uzr so‘radi?
Masal mazmuniga mos qanday maqol va topishmoqlar bilasiz?
Shuningdek, matndan ona nasihati berilgan o‘rinlarni topib o‘qittirish ham
o‘quvchilarning matn mazmunini yaxshi o‘zlashtirishlariga va masaldan to‘g‘ri
xulosa chiqarishlarida yaxshi samara beradi. Uyga vazifa masal mazmuniga mos
rasm chizish topshriladi.
Bu masallarning qahramonlarining barchasi hayvonlar: buzoqcha, chumoli,
tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi
har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan
bo‘shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar
buzoqcha ham to‘dasidan ajralib, bo‘riga duch keladi, ya'ni ko‘ngilsiz voqea yuz
beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda
turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan.
258
„Chumoli va Tipratikan" masalidagi majoziy qahramonlar ham aslida
jamiyatimiz a'zolaridir. Chumoli hayotdagi halol, pok, to‘g'riso‘z insonlar
bo‘lsa, tipratikan o‘g'ri, qallob birovning ustidan kuladigan kishilar timsolidir.
„O‘jar Toshbaqa" masalidagi Toshbaqa hayotdagi o‘jar, qaysar, o‘z
bilganidan qolmaydigan, ko‘ngli tusaganini qiladiganlar timsolidir.
2-sinf ,,O‘qish kitobi"da berilgan ,,O‘roq va Kombayn" masalida o‘roq va
kombayn asar qahramonlari qilib olingan. Ularning munozarasi orqali
texnikaning afzalligi: kam vaqt sarflab, samarali natijaga erishish mumkinligi
hamda ularning ahil bo‘lib, birgalikda mehnatga bel bog'lashlari kabi g'oyalar
ilgari suriladi. Oddiy predmetlar tilga kiradi. Insonlar tomonidan aytiladigan
texnika va ish qurollari haqidagi gap-so‘zlar bevosita predmetlar tilidan beriladi.
Masalan, Kombayn o‘roqqa yaqinlashib:
-Ha, O‘roq buva, nima bo‘ldi sizga?-dedi.
-Hech narsa, shunchaki o‘zim, seni ko‘rib, avvalgi vaqtlar esimga tushdi.
Mana shu yerdagi bug‘doyni necha kunlar davomida zo‘rg‘a o‘rardim.
O‘raverib-o‘raverib qaddim yoydek bukilib ketgan,-deydi
Ko‘rinadiki, o‘quvchi oddiy ish quroli o‘rnini texnika egallaganini his
qiladi va shunday xulosaga keladi:
Ahillik bor joyda qut-baraka bo‘ladi.
Boshlang'ich sinflarda masalni o‘rganayotganda bolalarni masalni ifodali
o‘qishga va uning mazmunini qisqa, ba'zan bir necha so‘z bilan aytib berishga,
ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aniqlab, o‘zaro qiyoslashga
o‘rgatish muhim ahamiyatga ega.
Masalning allegorik mazmuniga to‘xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini
tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka
o‘xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi
hayvonlaraing xatti-harakati, o‘zaro munosabatlari ba'zan kishilar hayotida ham
uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko‘proq she'riy tarzda
bo‘lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola
boshlaydilar.
259
Masallarda yashiringan o‘tkir kinoya, voqealarning tez-tez o‘rin almashinib
turishi uni bir maromda o‘qishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali o‘qishga
yetarli malaka hosil qilmagan o‘quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib
chiqishi lozim.
Masalan tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish,
obrazlarni aniq idrok etishda o‘quvchilarga yordam berish zarur. Chunonchi,
ularga ayrim epizodlarni so‘z bilan tasvirlash, ba'zilariga o‘qituvchi yordamida
tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo‘lib o‘qish kabilarni tavsiya
qilish maqsadga muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati
bilan birga, tilning o‘ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni
ifodali o‘qishga tayyorla-nishda uning sujetini bilish bilan birga, muallif tilini
yaxshi tushunish zarur.
4-sinf ,,O‘qish kitobi"da berilgan Sh. Sa'dullaning „Laqma it" masalida it
markaziy timsol sanaladi. Mushuk, sigir, xo‘roz, tovuq va kurkalar timsolini it
birlashtirib turadi. Shuning o‘ziyoq it xarakterini ochish uchun uning atrofidagi
timsollarning xarakter xususiyatini bilishni talab etadi.
Mushukning it haqidagi so‘zlarini matndan toptirib o‘qitish itning
xususiyatini ochib beradi:
Ajab bo‘ldi .... uy qurmading.
O‘z va'dangda sen turmading.
Yozi bilan laqillading.
Meni ko‘rsang akillading.
Sigirning it haqidagi quyidagi so‘zlarini ham matndan topib o‘qitish orqali
itning boshqa xususiyati ochiladi:
— Menga bundoq hiyla qilma
Sigirlarni axmoq bilma....
Uyda yotding oyoq cho‘zib
Sog'in sutni hadeb buzib.
So‘ng o‘quvchilarga itga xos xususiyatlarni ochuvchi so‘z va iboralarni
toptirib ayttiriladi. Shu tariqa o‘quvchilar o‘qituvchi yordamida itga tavsif
260
beradilar. So‘ng boshqa timsollar ustida ishlanadi. Bunda taqqoslash usulidan
foydalaniladi. Mushukning yaxshi xislatlari sanaladi. Bu kabi tavsiflar sigir,
xo‘roz, tovuq, kurkalarga ham beriladi. Qahramonlarga tavsif berish matn ustida
ishlash orqali amalga oshiriladi. Yozuvchi foydalangan til vositasida o‘quvchilar
qahramonlarga tavsif berishga o‘rganadilar, ularning tili ham yangi so‘zlar bilan
boyiydi. O‘quvchilarni tavsif berishga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi
qahramonni xarakterlovchi so‘z, iboralarni tavsiya qiladi. Ular ichiga masaldagi
timsollarga xos bo‘lmagan xususiyatlarni ifodalovchi so‘z, iboralar kiritib
qo‘yiladi. O‘quvchi ular ichidan mosini tanlab olish jarayonida mantiqan
fikrlaydi. Bu so‘z va iboralar esa bolalar nutqiga ko‘chadi.
4-sinf ,,O‘qish kitobi"da berilgan “Baqa bilan Taqa” (Aziz Abdurazzoq)
masalida baqa timsoli orqali yozuvchi o‘ziga mos bo‘lmagan, o‘ziga to‘g'ri
kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga oshirishda
boshqalarning
maslahati,
nasihatiga
quloq
solmay,
o‘z aytganidan
qaytmaydigan, o‘jar kishilarni tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan
tovush chiqarib yurishni, yurganda yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda
o‘zining borligini bildirib yashashni istaydi. U taqachining „Taqani o‘ylama, uni
otga chiqargan, senga taqa qoqsam, sakrashdan mahrum bo‘lasan... Sen taqa
bilan yo‘rg'alay olmaysan. Yo‘rg'alashni ham otga chiqargan", „Sen borligingni
bildirib yurmoq-chi bo‘lsang, sayrab yuraver" deyishlariga quloq solmaydi. Bu
o‘jarlik uning boshiga kulfat keltiradi: suv tagiga cho‘kib ketadi. Yonidagi
baqalar bo‘lmaganda halok bo‘lishi ham tayin edi. Kech bo‘lsa ham baqa
xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu holatlar o‘quvchini o‘z
hayotiga, xatti-harakatiga bir nazar tashlashga undaydi. Ular o‘z tengqurlari kabi
yashash kerakligini anglaydilar.
Shunday qilib, masal ustida ishlash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
—
Dostları ilə paylaş: |