N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Topishmoqlar 
narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli, 
xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash 


267 
asosida topishga asoslangan she'riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va 
topshiriqlardir. Topishmoqlar xalq turmushi bilan chambarchas bog'liq holda 
yaratiladi. Ularning zaminida kishilarning qadimiy e'tiqod va tasavvurlari, 
olamni bilish va idrok etishga bo‘lgan intilishlari yotadi. 
Topishmoqda yashirilgan narsalar uning javobi hisoblanadi. To-
pishmoqning javobini topish uchun topishmoq matnini e'tibor bilan o‘qish, 
nimaga ishora qilinayotganligini fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va 
belgilari aynan nimaga qaratilganligini taxmin qilish bilan ham topishga harakat 
qilish kerak. 
Topishmoq o‘quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o‘rgatadi. Shu 
sababli xalq og'zaki ijodining bu janridan darsliklarda ham keng qo‘llanilgan. 
1—2-sinf „O‘qish kitobi" da topishmoqlar ko‘proq, har bir matn ostida 
keltirilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida 
ham o‘zlashtirilishiga erishishdir. Masalan, 1-sinf “O‘qish kitobi” da “Kitobga 
mehr” matni ostida „Qat-qat qatlama, Aqling bo‘lsa tashlama" topishmog'i 
keltirilgan va mavzuga juda mos tanlangan. Topishmoqlar bunday shaklda 
berilganda ularning javobi oson topiladi. 1-4-sinf o‘qish darsliklarida 
“Topishmoqlar” mavzusi ostida har xil topishmoqlar ham berilgan bo‘lib, ular 
o‘quvchilarning topqirligini yanada oshiradi, tafakkurini o‘stiradi. 2-sinf
“O‘qish” darsligida topishmoq javoblari ularning ostiga yozib qo‘yilgan yoki 
rasmlar orqali berilgan.

Osti tosh, usti tosh 
O‘rtasida jonli bosh. 
(Toshbaqa)

Zuv-zuv borar, zuv-zuv kelar,
Doston o‘qir, g‘alvir to‘qir. 
(O‘rgimchak


To‘rttir uning oyog‘I, 
Temir mixli tuyog‘i. 
Manzilga yetishtirar, 
Toshdan qattiq tuyog‘i
. (ot) 

Yorug‘i bor, dovrug‘i bor, 


268 
O‘zi yo‘q, ovozi bor. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin