N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

 


modul

Matnni tahlil qilish uchun savollar. 
- Ertak qahramonlari kimlar? 
- Quyidagi so‘zlar kim haqida yozilgan: xomush. farzandi yo‘q, gul urug‘i 
tarqattiribdi. (podshoh). 
-Yaxshi farzand topish yo‘lini ertak qahramonlaridan kim maslahat 
beribdi? (vazir) 
- Qanday yo‘l bilan rostgo‘y, aqlli bola tanlandi? 
- Keyin nima bo‘ldi? 
- podshoh gul urug‘ini nima qilgan ekan? 
- Quyidagi hikmatli so‘zlardan qaysi biri ertak mazmunini to‘ldiradi? 
1.Boshingga qilich kelsada rost gapir. 
2.Yolg‘onning umri qisqa. 
3.Boshingga nima kelsa tilingdan kelur. 
4.To‘g‘rilik baxt keltirar. 
(To‘g‘ri gapirgani uchun bola podshohga farzand bo‘ldi.). 
Markazlarda ishlash. 


243 
Sinf jamoasi 5-7 kishidan tahlilchilar, o‘quvchilar, tilshunoslar, 
tadqiqotchilar (boshqalar ham bo‘lishi mumkin) kabi guruhlarga bo‘linib 
markazlarda ishlaydilar. 
O‘qish markazi: «kitoblar olami». I guruh - o‘quvchilar. 
Topshiriq: Ertakdagi ko‘rsatilgan qismni o‘qib, uni tiklash (Ertak 
kserokopiya qilinib, 7 qismga bo‘linadi. Har bir qismi kamalakning bir rangiga 
mos keladigan rangdagi qog‘ozlarga yopishtiriladi. O‘quvchilar bo‘lingan 
matnni tiklab, to‘liq javobni va kamalak rangini hosil qiladilar). 
2 guruh - tahlilchilar. 
Topshiriq: ijodiy daftarda ishlash (matnga savollar qo‘yish) 
Yozuv markazi: «ijodiy ish». 
Har bir o‘quvchining daftarida qahramonlar xislatlariga tegishli so‘zlar 
yozilgan: farzandi yo‘q, xomush, ko‘p bolalarni ko‘rdi, gulsiz tuvak ushlab 
o‘tirgan bolakay. 
Topshiriq: Qahramonlarga taalluqli xislatlarni o‘qib, kimga tegishliligini 
ayting. Ertak qahramonlaridan kimga tegishli gap yo‘qligini aniqlang (vazirga 
tegishli gap yo‘q). O‘zingiz tanlang. 
Ilmiy-tadqqiqot markazi. 
Topshiriq: Ertakdagi qahramonlarga doir sifatlarni yozish va ularga 
taalluqli sifatlarni qahramon nomi bilan birga yozing. 
Natijada quyidagi jadval hosil bo‘ladi: Xomush podshoh. Aqlli vazir. 
Rostgo‘y bola. Yolg‘onchi bolalar. Gulsiz tuvak. Prezidentatsiya: 
Har bir markazdan bir bola chiqib, o‘z ishlarining yakuni haqida 
so‘zlaydilar. 
O‘qituvchi:
Qarang xattaxtamizda 
Hosil bo‘ldi kamalak.
Quvonchimiz cheksizdir 
Chunki baxtlimiz beshak!

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin