N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

mufradot
(sarhad) deyilgan: bunday yozish bir-ikki yilga cho‘zilgan) 
o‘rgatilgan. 
Shundan keyin harflarni bir-biriga qo‘shib yozish mashqi boshlangan. Bu 
mashqni 
murakkabbot
deyilgan. Harflarni bir-biriga qo‘shib yozish mashqi bir 
necha bosqichga bo‘linib, harf birikmalarining ma’no anglatish-anglatmasligi 
umuman e’tiborga olinmagan, qanday qo‘shilish mashq qilinavergan. Ko‘pgina 
eski maktablarda bunday mashq 
“abjad yozish”
bilan tugallangan. 
Murakkabbotdan keyin bayt, qit’a va ruboiylarni ko‘chirib yozish mashqi 
boshlangan. Bu mashqni 
muqattaot 
deyilgan. Bu mashqqa ham juda ko‘p vaqt
sarflangan; u ma’noli so‘zlarni yozish bilan boshlanib, 
duoyi salom
(insho) 
yozish bilan tugallangan. Bola 
duoyi salom
yozishni bilsa, “xati chiqqan” 
hisoblangan. 
Yozuvni o‘rgatish va husnixat mashq qildirishda 
“Mufradot”
kitobidan 
foydalanilgan. Bu kitobchada har uchala mashq turi, ba’zi nashrlarda esa insho
namunalari berilgan. 
Eski maktabda yozuvga o‘rgatishning birdan-bir yo‘li ko‘chirib yozuv
nusxa ko‘chirish hisoblangan, natijada bolada yozma nutq ko‘nikmasi hosil 
qilinmagan. Bu mashq bolani juda zeriktirgan, hech o‘ylanmasdan yozishga 
odatlantirgan. Maktabxonada ijodiy ko‘chirib yozuv mashqlarining, shuningdek, 


30 
boshqa usullarning qo‘llanilmaganligi orqasida bola chiroyli ko‘chirib yozish 
ko‘nikmasini hosil qilgan bo‘lsa ham, o‘z fikrini yozma ifoda qila olmagan, eng 
oddiy jumlalarni ham zo‘r-bazo‘r xato bilan yozgan. 
Eski maktablarda, madrasalarda o‘zbek tili o‘qitilmagan, natijada eski 
maktab bolalarigina emas, hatto madrasada bir necha yil umr o‘tkazgan ba’zi 
bolalar ham o‘z ismini to‘g‘ri yozishni bilmaganlar. 
Arabchada to‘g‘ri, chiroyli yozuvga o‘rgatish uchun xivalik shoir 
Shermuhammad Avazbiy o‘g‘li Munisning (1778-1829) “Savodi ta’lim” 
kitobidan foydalanilgan. 
Rus-tuzem maktablarida o‘qish va yozishni o‘rgatish, odatda, bir vaqtda 
boshlanib, bir-biriga bog‘lab olib borilgan, har kuni avval o‘qish, keyin yozuv
darsi bo‘lgan; o‘qish va yozish onglilik tamoyili asosida o‘rgatilgan; bolalar 
qaysi tovush, bo‘g‘in, so‘z yoki gapni o‘qiyotgan yoki yozayotganini aniq 
tasavvur qilgan, ma’nosiga tushungan, arabcha harfning yolg‘iz shaklini yoxud 
biror harfning elementini yozayotganligini ongli ravishda bilgan. 
Rus-tuzem maktablarining o‘zbekcha sinfida ko‘chirib yozishga va 
diktantga ko‘p vaqt sarf etilgan. Bulardan tashqari, insho (turli tilxat, duoi 
salom va savdo ishiga oid har xil xatlar) yozishga ham o‘rgatilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin