N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

3-bosqich. Bo‘g‘inlarni qo‘shish.
Eski maktabda bo‘g‘inlarni qo‘shish 
“abjad” bilan boshlangan. Maktabdor taxtaning ikkinchi tomoniga arab tili 
alfavitidagi 28 ta harf jamlangan 8 so‘zni “zeru zabar” bilan yozib bergan. 
Bolalar bu 8 ta so‘zni birin-ketin hijo usulida o‘qib yodlab olganlar. Masalan, 
abjad s
o‘zi 
alif
ga zabar qo‘yib, 
be
ga urishtirilsa 
ab

jim
ga zabar qo‘yib, 
dol
ga 
urishtirilsa 
jad
, bularning ikkisidan abjad hosil bo‘lgan. 
Abjaddan keyin eski maktab o‘quv kitobi bo‘lgan “Haftiyak”ka o‘tilgan. 
“Haftiyak”dagi suralar ham “Abjad”dagi kabi hijo usulida o‘qitilgan. Bolalar 
“Haftiyak”ning bir betini hijo usulida o‘qish uchun juda ko‘p vaqt va kuch 
sarflaganlar. 
So‘zni hijo usulida o‘qishda avval so‘zdagi birinchi undosh harfning, keyin 
ikkinchi undosh harfning nomini aytib, unga zarur harakatni qo‘yib hijo hosil 
qilingan. Shu usulda navbatdagi harflardan ham hijo hosil qilinib, hijolarni bir-
biriga qo‘shib, bu so‘z bir butunicha aytilgan. So‘zni hijo usulida o‘qishda 
tovush emas, balki shu tovushni ifodalovchi harfning nomi asos qilib olingan. 
So‘zni tovush jihatidan tahlil qilishga oid hech qanday ish qilinmagan
tovushlarning qo‘shilishi bolalarga tushunarli bo‘lmagan, bolalar so‘zdagi har 
bir harf ma’lum bir tovushni bildirishini mutlaqo anglamaganlar. Hijo usulida 
o‘qishga o‘rgatish, birinchidan, mexanik ravishda bo‘lib, ayni bir narsani qayta-
qayta aytishga majbur qilingan, ikkinchidan, bola o‘zi aytgan so‘zining 
ma’nosini tushunmay, maktabdordan eshitganini takrorlayvergan. 
“Haftiyak”ning keyingi ayrim suralari so‘zni yaxlit “o‘qish” usulida olib 
borilgan, aniqrog‘i bola o‘qimagan, eshitganini to‘tiqush kabi yodlagan. 
Natijada bolalar maktabxonada o‘qiganlarini o‘zi o‘qib yurgan kitobidan “o‘qib 
bergan”, ammo ularning qo‘liga maktabda o‘qilmagan boshqa bir kitob berilsa, 


27 
uni o‘qiy olmagan; eski maktabda 6-10 yil muntazam o‘qigan bolalarning juda 
ko‘p deganda 4-5 foizigina o‘qish va yozish ko‘nikmasini hosil qilgan. 
Turkistonda ochilgan rus-tuzem maktablari savod o‘rgatishda ma’lum 
darajada ijobiy o‘rin tutdi. Rus-tuzem maktablarinnng o‘zbekcha sinflarida 
o‘zbekcha xat-savod o‘rgatish metodi 1900 yildan boshlab asta-sekin isloh
qilindi: hijo metodidan tovush metodiga o‘tildi. 1900 yillardan rus-tuzem 
maktabi o‘zbekcha sinflarining peshqadam muallimlari tovush metodi asosida 
tuzilgan tatarcha alifbedan foydalana boshladilar. Bu kitobning tili va mazmuni 
o‘zbekcha sinflarga mos kelmas edi. 1902 yilda Saidrasul Saidazizovning tovush 
metodi talabiga muvofiq tuzilgan ona tili alifbesi “Ustodi avval” nashr etildi. 
“Ustodi avval” nashr qilingandan keyin o‘zbekcha xat-savod o‘rgatishda yangi 
davr boshlandi. Tovush metodi savod o‘rgatishning eski usulidan tamomila farq 
qilib, o‘qitishni osonlashtirdi, ta’limni bola tushunadigan, anglaydigan ta’limga, 
ya’ni faol ta’limga aylantirdi.
“Ustodi avval” 3 bo‘limdan iborat edi: 1-bo‘lim, hozirgi atama bilan 
ataganimizda, alifbe davridir. Muallif bu bo‘limda arab alfavitidagi harflarni 
alfavit tartibida emas, balki harf orqali ifodalangan tovushning talaffuzi oson-
qiyinligini harflarning yozilishi sodda yoki murakkabligini e’tiborga olgan holda 
tizib chiqqan. Muallif har bir harfning yozuvda bir necha xil shaklda kelishi xat-
savod o‘rgatishni qiyinlashtirishini hisobga olgan; alifbe davrining boshida 
deyarli har doim bir xil shaklda qo‘llanadigan harflarni bergan. U shakli yozilish 
o‘rniga qarab turlicha bo‘ladigan harflarning so‘z boshida, so‘z o‘rtasida, so‘z 
oxirida va alohida yozilish shaklini berib, ularga mos misollar keltirgan. 
Masalan, 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin