40
borayotganini anglasagina, o‘zida shunday xislatlarni
shakllantirishga harakat
qiladi. Ikkinchidan, yaxshi inson bo‘lish uchun o‘qishning zarurligini anglaydi.
Shuning uchun ongli o‘qishni ta’minlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli
rasmlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar
berishga diqqatni qaratish lozim. Bunda quyidagicha savol va topshiriqlardan
foydalanish mumkin:
1. Rasmni kuzating, matnda nima haqida gap boradi?
2. Rasmda nima tasvirlangan? Ular orasida bog‘lanish bormi?
3. Matn mazmunini rasmga qarab so‘zlab bering.
4. Bolalar qaerga bordilar? Qizning ismi nima? Bolaning ismi-chi?
5. Ali, Lola nima qildi? Ular qanday lolalar terdilar?
Demak, o‘qish o‘qilganlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim,
shundagina
matndagi asosiy fikr, ilgari surilayotgan g‘oya o‘quvchilar
tomonidan o‘zlashtiriladi, so‘z va matnlar yod olingan taqdirda ham
o‘quvchiniki bo‘lib qoladi.
Savod o‘rgatishning birinchi kunlaridanoq o‘qish ongli bo‘lishi, bolalarni
ongli o‘qishga o‘rgatish juda muhim. So‘roqlar yordamida o‘qilganlarni bola
qanday tushungani aniqlanadi, tekshiriladi. O‘qishdan oldin o‘tkazilgan
tayyorlov suhbati ham, o‘qilgan matn yuzasidan o‘tkazilgan
suhbat ham shu
maqsadga ongli o‘qishga xizmat qiladi. Sharoitga qarab, bolalarga nimanidir
o‘qishni talab qiladigan muammoli holatni yaratish ham zarur. Bunday holat
“Alifbe”dan yoki harf terish matosidan o‘qiladigan topishmoqdan foydalanib
yoki muammoli savolni keltirib chiqaradigan taxminiy
suhbat yordamida hosil
qilinishi mumkin. Masalan,
“Qishda qushlar qaerga uchib ketadilar?” (harf
terish matosida: “Issiq o‘lkalarga uchib ketadilar”).
Mana shu kabi tayyorlov
mashg‘ulotlari o‘qishning yuqori darajada ongli bo‘lishini ta’minlaydi.
Ongli o‘qishni ifodali o‘qishdan ajratib bo‘lmaydi. Ammo analitik
o‘qishning birinchi bosqichida ifodali o‘qish mumkin emas, chunki bolalar
so‘zda urg‘uli bo‘g‘inni
ajrata olmaydilar, tugallangan intonastiyani, so‘roq
ohanggini, hatto, orfoepik to‘g‘ri o‘qishni ham bilmaydilar. Shuning uchun
41
analitik o‘qish bosqichida so‘zni yaxlit, orfoepik qayta o‘qish tavsiya qilinadi.
Bunday qayta o‘qish to‘g‘ri intonastiyaga, ifodalilikka rioya qilib o‘qishga
o‘rgatibgina qolmay, o‘qishning ongli bo‘lishiga ham yordam beradi.
Savod o‘rgatishning birinchi darslaridayoq o‘quvchilarga tabaqalashtirib
(differenstial) yondashish (bunda o‘quvchilarning o‘qishga tayyorgarliklaridagi
fikrlar hisobga olinadi) amalga oshiriladi.
O‘qishning ongliligini va ta’sirchanligini ta’minlash
uchun matn
mazmunini o‘quvchilarning ko‘rgan-kechirganlari, taassurotlari bilan bog‘lash
lozim. Shunda o‘quvchida o‘qishga, o‘rganishga qiziqish ortadi.
Ongli o‘zlashtirishni amalga oshirishda lug‘at ustida ishlash ham muhim
ahamiyat kasb etadi. So‘zlarning ma’nosi ustida to‘xtalish, birinchidan, fikrni
oydinlashtirsa, ikkinchi tomondan matnni tushunishga ham yordam beradi.
She’r, tez aytish, topishmoq, qo‘shiq, maqol, hikmatli so‘zlardan o‘qitish,
yod oldirish ham o‘quvchilarning o‘qishga qiziqishini oshiradi, o‘qish
malakasini
shakllantiradi, xotirasini mustahkamlaydi. Boshlang‘ich sinflarda
o‘qish darslarining uchdan ikki qismi o‘qishni mashq qilishga ajratilishi lozim.
Yangi material o‘rganiladigan
Dostları ilə paylaş: