38
O‘qishga o‘rgatish uchun, avvalo, o‘quvchi
tovush va harf bilan yaxshi
tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo‘g‘indan tovushni
ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil
yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin:
1. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog‘lanishli hikoya
tuzdiriladi.
Undan kerakli gap, so‘ng kerakli so‘z ajratib olinadi, so‘ngra so‘z
ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi.
2. So‘z asos qilinib, analitik mashqlar yordamida o‘rganiladigan tovush
ajratib olinadi. Masalan:
oy.
O‘qituvchi
oy
rasmini ko‘rsatadi, o‘quvchilar uning
nomini - so‘zni aytadi. O‘qituvchi o tovushini cho‘zib (o-o-o-y) aytadi va qaysi
tovushni cho‘zib aytayotganini o‘quvchilardan so‘raydi. O‘quvchilar
o
tovushini
aytgach, uning xususiyalari haqida savol-javob o‘tkaziladi.
O
tovushli so‘zlar
o‘ylab toptiriladi. Shundan so‘ng o harfi kesma harfdan
yoki rasmli alifbodan
ko‘rsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e’tibor
qaratiladi.
3. O‘rganilgan harflar ichiga bugun o‘rganiladigan harf aralashtirib
qo‘yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so‘ng o‘qituvchi bu
harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O‘quvchilar tovushning xususiyatlarini
aytadilar. Shu harfni
kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli
alifbodan ko‘rsatadilar. Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o‘qishga
o‘rgatish ustida ishlanadi.
Bunda “Alifbe” sahifalaridagi so‘zlarni oldin bo‘g‘inga bo‘lish, so‘ng
o‘qishni mashq qilish yaxshi samara beradi. O‘qituvchining namunali o‘qishidan
so‘ng birgalikda ovoz chiqarib o‘qish, yakka-yakka o‘qish, shivirlab o‘qishdan
foydalaniladi. Ayniqsa, sekin o‘qiydigan o‘quvchilar bo‘lgan sinflarda xor bilan
o‘qitish o‘qishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o‘quvchilarining o‘qish
ko‘nikmalaridan kelib chiqib, matndagi so‘zlarni xattaxtada bo‘g‘inlarga bo‘lib
yozish, o‘rganilgan harflarni hisobga olgan holda qo‘shimcha so‘z
birikmalari,
gaplar tuzib yozish va o‘qitish usulidan ham foydalaniladi.
39
Ma’lumki, “Alifbe” sahifalarida bo‘g‘in tuzilishi murakkablashib boradi.
Shuning uchun o‘qituvchi har bir bo‘g‘in tuzilishining murakkabligiga qarab ish
usullarni belgilab olishi zarur. Masalan, uch tovushdan tuzilgan, to‘rt tovushdan
tuzilgan bo‘g‘inlarni o‘qishga o‘rgatish ham o‘ziga xos qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi. Bunda
o-lov, Man-non
tipidagi bo‘g‘inlarda
Dostları ilə paylaş: