N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

choynak, shudring
va shu kabi so‘zlarni o‘qishga o‘rgatiladigan bosqich. 
Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqoslashga
ularning so‘z ma’nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar 
o‘tkaziladi (
ziyrak-siyrak, dil-til 
kabi). Artikulyastiyasi qiyin bo‘lgan undoshlar 
ng
(tong, rang, keng), lab-tish undoshi 
v
, qorishiq undosh 
ch
, jarangli portlovchi 
j
(jo‘ja) va jarangli sirg‘aluvchi - 
j
(jurnal) kabilarni o‘rganishda tovush 
artikulyastiyasiga oid ishlar qiyinlashadi. 
Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli 
so‘zlar: 
ko‘rib (ko‘rip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), 
tortib (tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot), borishdi (borishti);
qisqa 
talaffuz qilinadigan 
i
unlisi bor so‘zlar: 
bilan (blan), sira (sra);
talaffuzda tushib 
qoladigan undoshli so‘zlar: 
baland (balan), do‘st (do‘s), Toshkent (Toshken), 
farzand (farzan), daraxt (darax)
kabilarni yozilgandek o‘qish imloni 
o‘rganishga tayyorlaydi. Bular avval orfografik, so‘ng orfoepik o‘qitiladi. 
Yuqoridagi kabi so‘zlarni o‘qish bilan bo‘g‘inlab o‘qish malakasi 
takomillashadi: o‘quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so‘zlarni ham 
to‘g‘ri o‘qishga o‘rganadilar. 
Alifbo davrining oxirida o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga 
ega bo‘lishlari zarur: 
a) hamma tovushlarni tanishi va har qanday holatda to‘g‘ri talaffuz qilishi; 


37 
b) so‘zning bo‘g‘in-tovush, tovush-harf tahlilini bilishi, so‘zdagi 
tovushlarning izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni so‘z va bo‘g‘inga 
ajrata olishi; 
v) kesma harf va bo‘g‘inlardan so‘z tuza olishi va o‘qishi; 
g) 2-3-4 bo‘g‘inli so‘zlarni yaxlit, adabiy-orfoepik talaffuz bilan o‘qishi; 
d) gaplarni ohangiga rioya qilib o‘qishi; 
e) o‘zi o‘qigan matnning mazmunini tushunib, ongli o‘qishi; 
yo) o‘qigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta 
hikoyalab berishi; 
j) o‘qigan matnga sarlavha topa olishi; 
z) to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qish malakalariga ega bo‘lishi. 
Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi kichik va bosh yozma harflarni 
to‘g‘ri shakllantirish, harflarni to‘g‘ri ulash, alifbeda o‘qigan bo‘g‘in, so‘z va 
gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bo‘g‘in, so‘z, gap diktantlarini yozish 
ko‘nikmasini shakllantirish, izohli, saylanma, ko‘ruv, ta’limiy diktant yoza 
olishlariga erishish, umuman, grafik malakani shakllantirishdir. Savod o‘rgatish 
jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 2-3 qismi yozuvga ajratilsa, 20 
tagacha so‘z yoza olishlari talab qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin