37
b) so‘zning bo‘g‘in-tovush,
tovush-harf tahlilini bilishi, so‘zdagi
tovushlarning izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni so‘z va bo‘g‘inga
ajrata olishi;
v) kesma harf va bo‘g‘inlardan so‘z tuza olishi va o‘qishi;
g) 2-3-4 bo‘g‘inli so‘zlarni yaxlit, adabiy-orfoepik talaffuz bilan o‘qishi;
d) gaplarni ohangiga rioya qilib o‘qishi;
e) o‘zi o‘qigan matnning mazmunini tushunib, ongli o‘qishi;
yo) o‘qigan matn mazmunini savollar asosida
soddagina qilib qayta
hikoyalab berishi;
j) o‘qigan matnga sarlavha topa olishi;
z) to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qish malakalariga ega bo‘lishi.
Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi kichik
va bosh yozma harflarni
to‘g‘ri
shakllantirish, harflarni to‘g‘ri ulash, alifbeda o‘qigan bo‘g‘in, so‘z va
gaplarni
namunaga qarab yozish, harf, bo‘g‘in, so‘z, gap diktantlarini yozish
ko‘nikmasini shakllantirish, izohli, saylanma, ko‘ruv, ta’limiy
diktant yoza
olishlariga erishish, umuman, grafik malakani shakllantirishdir. Savod o‘rgatish
jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 2-3
qismi yozuvga ajratilsa, 20
tagacha so‘z yoza olishlari talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: