N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

o‘qish darsida
asosiy ish turlari 
quyidagilardir: 
1. O‘rganiladigan yangi tovushli so‘zni (shu tovush so‘z boshida, o‘rtasida, 
oxirida kelgan so‘zni) bo‘g‘in-tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish. 
Bunda yangi tovush ajratiladigan so‘zni o‘quvchilar rasm asosida o‘zlari tuzgan 
gaplar ichidan oladilar. Tovushni ajratishda shu so‘zning chizmasi-modeliga 
asoslanadilar. Tovushlarni eshitish, talaffuz qilish, ularning artikulyastiyasi 
(nutq organlarining tovush chiqarishdagi ishi) ustida mashq qilinadi. 
2. Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi. Bo‘g‘inlar o‘qitiladi. 
3. So‘zlarni avval xattaxtadan, keyin “Alifbe”dan o‘qish. Harf 
bo‘g‘inlaridan harf terish kartonida so‘z, so‘z birikmasi, gap tuzish va ularni 
o‘qish, so‘z ma’nosi ustida ishlash. 
4. Matnni o‘qish va tahlil qilish, uni qayta o‘qish, rasmning matnga 
bog‘liqligini belgilash. 


42 
5. Nutq o‘stirish: lug‘atni boyitish, so‘z birikmasi, gap, bog‘lanishli hikoya 
tuzish. 
6. Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo‘yish, yangi o‘rganilgan 
tovushning unli yoki undosh ekanligini aniqlash, yangi harfni ilgari 
o‘rganilganlar bilan qiyoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash va 
hokazo.
7. O‘rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovush ajratiladi, yangi 
harf bilan tanishtirish mashqidan tashqari barcha ish turlaridan foydalaniladi
shuningdek, qo‘shimcha so‘zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o‘qish va 
tahlil qilishga, ko‘rgazma vositalar bilan ishlashga (harfni terish kartoni, magnit 
doskasi, sirli mato, rasmlar va boshq.) nutq o‘stirishga, o‘yinlar va qiziqarli 
materiallarga, 
ilgari 
o‘rganilgan 
tovushlar 
va 
harflarni 
takrorlab 
mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, tarqatma materiallardan ham 
foydalaniladi. 
8. Birinchi uchragan so‘zlar bilan ishlash: ochiq bo‘g‘inda dastlab undosh, 
keyin esa unli o‘qiladi, yopiq bo‘g‘inda esa unli bilan tugagan ochiq bo‘g‘inni 
o‘qib, keyingi undosh o‘qiladi va so‘zni yaxlit o‘qishga o‘rgatiladi. Yangi so‘z 
urg‘usi qo‘yilgan holda beriladi, bu uni o‘qishga, bo‘g‘inlab o‘qishdek sintetik 
o‘qishga (so‘zni butunligicha o‘qishga) yordam beradi. Bunda yangi so‘zni 
xattaxtada katta bosma harflar bilan yozish, o‘quvchilarga o‘qitish tavsiya 
qilinadi. So‘z shivirlash bilan o‘qiladi, kesma harf bo‘g‘in bilan yoziladi. 
9. Syujetli (rasmning asosiy mazmunini aks ettiradigan) rasmga qarab 
o‘qituvchi yordamida, uning yo‘llovchi savollari asosida hikoya tuzish, undan 
gapni ajratish va analiz qilish. 
Yangi bo‘g‘in, so‘z tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli mato 
kabilarning va yangi so‘zni xattaxtada va daftarda “yasash”ning ahamiyati juda 
katta. O‘qish uchun xilma-xil bosma materiallardan qanchalik ko‘p bo‘lsa, 
ulardan turli xil mashqlar tuzishda foydalanilsa, o‘qish shunchalik ongli, 
qiziqarli bo‘ladi, malaka puxta shakllantiriladi. 


43 
Bola endigina o‘qiy boshlagan bosqichda ularni qatorni yo‘qotmaslikka, 
shuningdek, so‘zdagi keyingi harfni, keyingi so‘zni yo‘qotmaslikka o‘rgatish 
juda muhimdir. Bu vazifani savod o‘rgatishning boshlang‘ich bosqichida 
xatcho‘p 
(o‘qiyotgan betni belgilab qo‘yish uchun kitob ichiga solib 
qo‘yiladigan qog‘oz yoki lentacha) 
va tayoqcha bajaradi. O‘qilayotgan qatorni 
kuzatib borish ko‘nikmasiga sinf o‘quvchilaridan o‘rtog‘ining xatosini 
to‘g‘rilashni talab qilish yo‘li bilan ham erishiladi. O‘quvchilar bu talabni 
qizg‘anib bajaradilar, shu yo‘l bilan ularning darsga, o‘qishga e’tibori jalb 
etiladi. 
Demak, o‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish, ularning o‘qish sur’atini oshirish, 
ifodali va ongli o‘qish elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o‘qish 
darslarining muhim vazifalari hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin