N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


Yozuv darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Yozuv darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish.
Yozuv darslarida ham 
o‘quvchilar nutqini o‘stirish, fikrlashga o‘rgatish asosiy vazifalardan 
hisoblanadi. Yozuvga o‘rgatishning dastlabki kunlaridanoq bolalarning o‘z 
fikrini yozma ifodalashi muhim ekanligini, u insonlarning aloqaga kirishuvida 
muhim vositaligini tushunishlariga erishish lozim. Buning uchun o‘quvchilar 
yozadigan birinchi so‘z ularning jonli nutqidan yoki o‘zlari tuzgan gapdan 
olinishi kerak. Bu jarayonda ko‘chirib yozish va diktant ijodiy yozuvdan so‘ng 
o‘tkaziladi. Bu yozma mashq turlarining ongli bajarilishini, o‘quvchilarning 
bilish faolligini ta’minlaydi. Masalan, bolalar o‘qish darsida “Alifbe” da 
berilgan rasmga qarab gap yoki hikoya tuzadilar, yozuv darsida esa o‘sha gap 
yoki hikoyadagi ma’lum bir so‘zni yozadilar. Bu ular uchun ijodiy yozuv - 
inshodir. Keyinchalik o‘quvchilar alohida so‘z yozishdan kichik-kichik gaplarni 
yozishga o‘tadilar. 
O‘quvchilar gap yoki hikoyani og‘zaki ravishda erkin tuza oladilar, lekin 
ammo yozish uchun o‘rganilmagan harf bo‘lmagan so‘zni tanlashda 
qiynaladilar. Bu jarayonda o‘qituvchi yordam berishi va yozuvni kuzatib borishi 
lozim. 
Ijodiy yozuv mashqini doimo izchil ravishda o‘tkazib, asta-sekin 
murakkablashtirib borish kerak. Bunday mashqlar o‘quvchilarni insho va bayon 
yozishga tayyorlaydi, o‘z fikrlarini mustaqil ravishda yozma bayon qilishga 
o‘rgatadi. 
Yozuv darslarida yuqoridagi kabi mashqlar o‘quvchilarning yozma nutqini 
og‘zaki nutqi bilan bog‘liq holda o‘stirishni ta’minlaydi. 


57 
Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozuv darslari. 
O‘qish va yozuv 
darslariga qo‘yiladigan talablar
.
Dars ta’limning asosiy shakli hisoblanadi. 
Analitik-sintetik tovush metodi asosida olib boriladigan savod o‘rgatish darslari 
xilma-xil bo‘lishi, o‘quvchilarni zeriktirmasligi va charchatib qo‘ymasligi kerak. 
Savod o‘rgatish davridagi o‘qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim 
turlari uchun umumiy bo‘lgan asosiy talablar mavjud: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin